Полезные советы

Pilates — amerikalik sport mutaxassisi Yozef Pilates tomonidan gospitalda davolanayotgan yarador askarlar reabilitatsiyasi uchun ishlab chiqilgan mashqlar majmui. Ushbu mashqlar korset rolini bajaruvchi va tananing normal joylashuvini mahkamlovchi muskullarni mustahkamlaydi. Fizioterapevtlar ushbu tizimni umurtqa pog‘onasi shikastlanishini boshidan kechirgan odamlarga reabilitatsiya dasturi sifatida tavsiya qiladi. Pilates, shuningdek, homilador ayollarga ham tavsiya etiladi, chunki u tug‘ruqdan avval ham, keyin ham muhim rolni bajaruvchi bel va qorin mushaklarini sezilarli ravishda mustahkamlaydi.
Kompleks yondashuv
Pilatesda ketma-ketlik bilan barcha muskullarga ishlov beriladi, shuningdek, kuch va cho‘zilish mashqlari uyg‘unlashtiriladi. Mashg‘ulotlar sog‘lomlashtiruvchi ta’sirga ega: organizmning barcha tizimlari ahvolini yaxshilaydi, stressni yo‘qotadi, tanadagi og‘riqlardan xalos etadi, uyquni normallashtiradi, travma oqibatlarini bartaraf etadi. Albatta, pilates qomatni ham to‘g‘rilaydi, ortiqcha vaznga qarshi kurashadi. Barchaga mos keladi
Pilates bilan jinsi, yoshi, jismoniy tayyorgarlik darajasidan qat’i nazar, barcha shug‘ullanishi mumkin. Bilimdon pilates murabbiyi birinchi navbatda mashg‘ulotga yangi kelgan kishining salomatligi va tanasining o‘ziga xos jihatlarini hisobga oladi, so‘ng shunga mos dastur tuzadi. Koordinatsiyani yaxshilaydi
Sezilarli natijalarga erishish uchun pilates to‘g‘ri va chuq
...
Читать дальше »
Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 22.02.2017 | 360 | | Qahva dunyo bo‘yicha eng sevimli ichimliklardan biri hisoblanadi. Lekin qahvaning foydasiga ba’zilar e’tiroz bildiradi. Agar siz ham qahvaning foydali xususiyatlariga shubha bilan qarasangiz, bu maqolamiz siz uchun.
Qahva bolalarga to‘g‘ri kelmaydi
Olimlar tomonidan o‘tkazilgan ko‘plab tadqiqotlar bu ichimlikni me’yorida iste’mol qilish sog‘liqqa hech qanday zarar yetkazmasligini isbotladi. Qahva organizmni suvsizlantiradi
Haqiqatan ham qahva tarkibidagi kofein kuchli siydik haydovchi vosita hisoblanadi. Lekin qahva ichimligi ham asosan suvdan tashkil topganligini ko‘pchilik o‘ylamaydi. Qahva hushyor torttiradi
Qahva uyquni qochiradi va tetiklashtiradi, lekin mastlikni tarqatmaydi. Espressoda kofein oddiy qahvadagidan ko‘ra ko‘proq
Haqiqatan ham espressoda kofein miqdori ko‘proq bo‘ladi. Lekin, odatda espresso 25–35 ml hajmli ya’ni oddiy qahva idishlaridan 2-3 baravar kichkina idishlarda ichiladi. Shunga ko‘ra, iste’mol qilinayotgan espresso va oddiy qahva ichimliklarining miqdorini hisobga olganda ikkala hol uchun ham kofein bir xil tushadi.
Manba: “Lifehacker.ru” Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 22.02.2017 | 215 | | Ko‘pchilik tish pastasining tishlarni tozalashdan ham boshqa foydali xususiyatlarga ega ekanligini bilmasa kerak. Maqolamizda sizga bu xususiyatlar to‘g‘risida aytmoqchimiz.
Xromlangan buyumlar
Oshxona va vannaxonadagi xromlangan buyumlarni tish pastasi bilan tozalasangiz yaltirab ketadi. Suv chiqadigan teshiklar
Vannaxonadagi rakovinaning suv chiqadigan teshiklarini ham ozroq tish pastasi yordamida tozalasangiz yoqimsiz hidlar ketadi. Qoraygan kumush
Qorayib qolgan kumushdan ishlangan buyumlarni tish pastasi bilan yumshoq sochiq yordamida tozalasangiz bo‘ladi. Tozalab bo‘lganingizdan so‘ng quruq sochiq bilan artib tashlang. Dazmol tagi
Dazmol tagida paydo bo‘lgan qatlamlarni ham xuddi kumush buyumlar kabi tozalasangiz bo‘ladi. Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 22.02.2017 | 181 | | Ko‘pchilik ayollar uchun kiyimlarni dazmol qilish eng qiyin ishlardan biri hisoblanadi. Bu maqolamizda sizga erkaklar ko‘ylagini 5 daqiqa ichida benuqson dazmollash haqida aytmoqchimiz.
Suvni ayamang
Kiyim nam bo‘lsa dazmollash jarayonini ancha osonlashtiradi. Dazmollash paytida dazmolni bug‘ rejimiga qo‘yish esingizdan chiqmasin. Qismlarga bo‘ling
Dazmollashni quyidagi tartibda amalga oshirishni tavsiya qilamiz
1. Yelka qismi
O‘ng tomonini taxta burchagiga qo‘yib torting va dazmolni qattiq bosib dazmollang. Chap tomoniga ham xuddi shu usulni takrorlang.
2. Yoqa
Yuza tomonini pastga qilib taxta ustiga qo‘ying va dazmollang.
3. Old qismining o‘ng tomoni
Taxta burchagini ko‘ylakning yelka ichiga qo‘yib torting va dazmolni qattiq bosib dazmollang. Dazmolni tugmalar ustidan emas, tugmalar orasiga qo‘ying.
4. Orqa tomoni
O‘ng tomonini taxtadan osiltiring va orqa tomonini dazmollang.
5. Old qismining chap tomoni
Old qismining chap tomoni ham xuddi o‘ng tomoni kabi dazmollanadi.
6. Yeng
Taxta ustiga bir yengini qo‘ying va qo‘lingiz bilan yaxshilab to‘g‘rilang, keyin dazmollang. Yeng manjetlari ham xuddi yoqa kabi ichkaridan dazmollanadi.
Manba: Men’s Health Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 22.02.2017 | 196 | | Ertalab soat 9 dan kech soat 6 gacha ishlaydiganlar o‘zining shaxsiy hayoti uchun deyarli vaqt ajrata olmaydi. Lekin ertalabki mashqlar hayotingiz uchun juda muhim ahamiyatga egadir. Nima uchun? Bu savolga javobni maqolamizdan topasiz.
Ertalabki mashqlarning foydasi shundaki, odamning energiya saviyasi va motivatsiyasining avj olishi ertalab soat 8 gacha yuz berar ekan. Bu vaqtdan tanangiz uchun unumli foydalansangiz, tez orada eng qiyin vazifalarni ham osonlik bilan bajara boshlaganingizni tushunib yetasiz. Metabolizm
Ertalabdan jiddiy vazifani olgan organizm hamma almashish jarayonlarini tezlashtirib yuboradi. Grafik nazorati
Mashqlarni ertalab ertaroq bajarsangiz, kechgacha o‘zingizni yengil his qilasiz. Intizom
Erta turishga odatlanish sizni hayotning boshqa sohalarida ham intizomga o‘rgatadi. Faqat bunga odatlanish uchun bir-ikki hafta chidashingizga to‘g‘ri keladi. Ajoyib uyqu
Ertalabki mashqlar tunda yaxshi uxlashga ham yordam beradi.
Manba: Internet tarmog‘i materiallari Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 22.02.2017 | 330 | | Ba’zan hayotda hech narsadan xursand bo‘la olmay qolamiz. Asabiylashish, xafagarchilik, tushkunlik doimiy hamrohga aylanadi. Bunday sharoitda tabiiy antidepressant mahsulotlar yordamga keladi. Bunday mahsulotlar organizmda baxt garmoni deb ataluvchi serotonin va noripinefrin miqdorini oshiradi.
Ana shunday kayfiyatni ko‘taruvchi mahsulotlardan biri shokoladdir. Uning xushbo‘y hidi g‘azablanishni kamaytirib, tarkibidagi feniletilamin baxt gormoni — endorfin ishlab chiqarilishiga sabab bo‘ladi.
Organizmdagi stressga qarshi kurashishda bodom ham yordam beradi. Tarkibidagi magniy tufayli asab tizimi har qanday ruhiy zo‘riqishga qarshi tura oladi. Shuningdek, undagi Ye vitamini stressni yuzaga keltiruvchi erkin radikallarni neytrallashtiradi, B2 vitamini esa serotonin ishlab chiqarilishiga turtki bo‘ladi.
Dengiz mahsulotlari vitaminlarga boy bo‘lib, tarkibidagi oqsil, fosfor va sink antidepressant samaraga ega. Losos balig‘i omega-3 yog‘ kislotalariga boy bo‘lib, organizmni stressdan xalos etishga yordam beradi.
Brokolli butun organizmni tozalash, toksin va kanserogenlarni neytrallashtirib, gormonal balansni tiklaydi, stress vaziyatlarda tinchlanishga yordam beradi.
Bizni yoshlikdan sut ichishga majburlashadi va to‘g‘ri qilishadi! Har kuni sut ichish nafaqat tish va suyaklarni kalsiy bilan ta’minlaydi, balki stress garmonlari ishlab chiqarilishiga ham to‘sqinlik qiladi.
Shuningdek, doim yaxshi kayfiyatda
...
Читать дальше »
Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 22.02.2017 | 193 | | Suyaklar sog‘lom bo‘lishi uchun tarkibida kalsiy moddasi bo‘lgan ovqatlar yeyish zarurligi bizga bolalikdan ma’lum. Lekin, suyaklar mustahkamligi faqat kalsiy moddasigagina bog‘liq emas. Bu maqolamizda suyaklar mustahkamligini ta’minlovchi 5 ta eng foydali mahsulotlar to‘g‘risida aytmoqchimiz.
Sardina
Sardina baliqlari tarkibidagi sog‘lom omega-3 yog‘lari suyak to‘qimasini yo‘qotish jarayonini sekinlashtiradi. Shuningdek, bu baliq tarkibida kalsiy moddasining organizm uchun foydali xususiyatlarini oshiruvchi D vitamini ham mavjud. Ismaloq
Yashil bargli sabzavotlar, shu jumladan ismaloq ham kalsiyning tabiiy manbasi hisoblanadi. Ismaloq tarkibida aynan suyak uchun foydali bo‘lgan ozuqa moddalar – magniy, K vitamini, С vitamini va fitonutriyentlar mavjud. Yong‘oqlar
Yong‘oqlar guruhiga kiruvchi pista, bodom va yong‘oqlar suyaklar mustahkamligini ta’minlovchi katta miqdorda magniy, kalsiy, omega-3 yog‘lari va B6 vitaminlaridan tashkil topgan. Tuxum
Suyaklar uchun muhim hisoblanuvchi kalsiy va D vitaminlari manbalaridan yana biri tovuq tuxumidir. Qora olxo‘ri qoqi
Qora olxo‘ri qoqi tarkibida yosh o‘tishi bilan organizmda yuz beradigan suyak to‘qimasini yo‘qotish jarayonini sekinlashtiruvchi antioksidantlarning bir turi – polifenollar mavjud. Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 22.02.2017 | 426 | | Yapon ayollari haqiqatdan ham kunchiqar mamlakat mo‘jizalaridan biri hisoblanadi: ular o‘ttiz yoshda 17 yosh, ellikda esa o‘ttiz yoshga kirgandek ko‘rinadi. Kimlardir yapon ayollarining tiniq yuzlarini tabiat tuhfasi deb atasa, yana kimlardir bu alohida parvarish natijasi deb hisoblaydi.
Albatta genetika masalasida bahslashib bo‘lmaydi, biroq yapon ayollari doim yosh va tetik ko‘rinishga yordam beruvchi bir qator go‘zallik taomillariga ega.
Tozalash va namlantirish yaponcha teri parvarishining kalit so‘zlaridir. Quyida terini yapon ayollari kabi tozalashning bir nechta retseptini e’tiboringizga havola etamiz.
Massaj elementlariga ega tozalash
Tozalovchi vositani barmoqlarda yaxshilab isitib, yuzning beshta nuqtasiga surish kerak: yanoqlar, peshona, burun va iyak. So‘ngra har ikkala qo‘l barmoqlari bilan vositani iyakdan quloqlarga qarab taqsimlash. Kaft yordamida vositani burundan yanoqlar orqali quloqlarga va ko‘zning ichki burchaklaridan chakkaga qarab taqsimlash. Barmoqlar yordamida vositani burun uchidan qansharga, so‘ngra kaftlar bilan peshona o‘rtasidan har ikkala tomonga surish.
Yuzni chuqur tozalash
Yuzni yuvgandan so‘ng unga issiq suvda namlangan sochiqni qo‘yib turing va teri parlanishini kuting. Shundan so‘ng piling vositasini suring. Piling ustidan dush uchun shapkachani yuzingizga kiying. Nafas olish uchun teshikcha ochishni unutmang. Pilingni 10—15 daqiqa tutib tur
...
Читать дальше »
Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 22.02.2017 | 319 | | Yaqinda erkaklar kiyimlari modasi haftaligi bo‘lib o‘tdi va yaqinlashayotgan ikki mavsumda qanday uslubdagi liboslar trendda bo‘lishi aniqlandi.
Qopsimon jinsilar
Bunday keng jinsilarni katak chiziqli ko‘ylaklar bilan yoki hatto charm kurtka bilan ham kiyish mumkin. Belga yopishib turuvchi kiyimlar
Yangi trend ustki kiyimlarga tegishli – palto, plashlarga belbog‘ yoki kamar taqish aktual bo‘ldi. Bo‘yinbog‘lar
Erkaklarning bo‘yinbog‘ ro‘molchalari tamomila kundalik kiyiladigan kiyimlardan biriga aylandi. Zanjirlar
Metalldan yasalgan zanjirlar Palm Angels shousida belga qistirib qo‘yiladi, fransuzlar Etudes’i esa sviterlar bilan taqiladi. Beret
Avvaliga beretlar ayollar modalari ko‘rgazmasini to‘ldirgan bo‘lsa, endi esa erkaklar kiyimlari ko‘rgazmasiga ham yetib keldi. Vinil va laklangan charm
Laklangan borsetka (sumka) yoki vinil plash yorqin ko‘rinishi bilan eng zerikarli qiyofani ham jonlantirib yuboradi. Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 22.02.2017 | 497 | | Ba’zilarni nega buncha dangasa deb hech o‘ylaganmisiz? Ma’lum bo‘lishicha, dangasalik bizning genlarimizda bo‘lar ekan.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, ko‘pchilik sog‘lom bo‘lish uchun har kuni yarim soat jismoniy mashqlar bajarish bilan shug‘ullanar ekan.
Tadqiqotchilar past motivatsiyali kishilarni o‘rganish jarayonida dangasalikka moyillik genetik saviyasiga bog‘liq bo‘lishi mumkinligi bilan qiziqdi.
Tadqiqotchilar 17000 gen ichidan ba’zi odamlarning mashqlar uchun motivatsiya topolmaslik sabablarini tushuntirib beruvchi 36 genni izlab topdi. Endilikda esa “dangasa” genlarning bolalar va kattalar o‘rtasida semirib ketish kasalligining yuqori ko‘rsatkichlariga hissasi bor yoki yo‘qligini aniqlash rejalashtirildi.
Olimlar bu kashfiyot odamlar semirib ketishining yana bir sababini aniqlashda muhim qadam bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.
Lekin bizning fikrimizcha, genlaringiz nimaga moyil bo‘lishidan qat’iy nazar, buni o‘zgartirish o‘zingizning qo‘lingizda!
Manba: “Bienhealth.com” Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 22.02.2017 | 147 | | |
Пользователи онлайн
−Мини-чат +Мини-чат
0
Онлайн всего: 1 Гостей: 1 Пользователей: 0
|