Полезные советы

Sizning baxtli hayotingiz, unumdorlik va ishdagi muvaffaqiyatlar diqqatni nazorat qilish va yo‘naltirish qobiliyatingiz bilan chambarchas bog‘langan.
Diqqat-e’tiboringizni bekorga sarflamasdan, uni o‘zingiz uchun muhim bo‘lgan ishlarga yo‘naltirishning uch usuli to‘g‘risida aytmoqchimiz.
1.Ongli ravishda meditatsiya qilish Meditatsiya qilish stressni kamaytiradi, tanani bo‘shashtirishga va sizni barcha chalg‘ituvchi omillardan uzoqlashishga yordam beradi. Hammasi juda oddiy: siz o‘tirasiz va diqqatingizni biron-bir narsaga qaratasiz, ko‘pincha o‘zingizning nafas olishingizga.
2. Bir vazifalilik Ko‘p vazifalilik unchalik samarali emas, ayniqsa gap aqliy mehnat haqida borganda. Bundan tashqari u miyaga zarar keltiradi. Siz har gal diqqatingizni bir ishdan boshqasiga qaratganingizda, miya ortiqcha stressni boshdan kechiradi, diqqatni yangi vazifaga qaratish qobiliyati esa pasayadi.
Bir vazifalilik unumliroq ishlashga yordam beradi va diqqatni bir narsaga uzoqroq qaratishga o‘rgatadi. U samarasiga ko‘ra meditatsiyaga o‘xshaydi: siz qancha ko‘proq mashq qilsangiz, shuncha yaxshiroq bajarasiz, diqqatingizni kerakli ishga ongli ravishda yo‘naltirish shuncha oson bo‘ladi.
3. Muntazam ravishda uzoqlashish Ijtimoiy tarmoqlarga kirish uchun telefonni olishda sizning ongingiz har keyingi takrorlanishlarda mustahkamlanib boradigan odatlar halqasini hosil qiladi.
Aynan shuning uchun raqamli m
...
Читать дальше »
Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 13.01.2018 | 141 | | Dam olish kunlari yaxshilab dam olish, vaqtichog‘lik qilish va hatto vaqtingizni foydali ishlarga sarflash uchun sizda hamma imkoniyatlar mavjud.
Tug‘ilgan shahringizni yaxshiroq o‘rganish Dam olish kunlari — shahar bo‘ylab ekskursiyaga chiqish, o‘lkashunoslik muzeyiga borish yoki o‘zingizga notanish bo‘lgan ko‘chalarda sayr qilish uchun juda yaxshi imkoniyat hisoblanadi.
Do‘stlarni to‘plash Sovuq paytlari har doim qor ostida yoki shamolda sayr qilish hammaga ham yoqavermaydi. Bundan chiqish yo‘li — hech qanday sabab va bahonalarsiz uyingizda do‘stlaringizni yig‘ish.
Eski buyumlarni ajratish va sotish Ko‘pchiligimizning uyimizda chang bosgan keraksiz eski buyumlar to‘planib qoladi. Bu buyumlarni muhtoj kishilarga tarqatish yoki internet orqali sotish mumkin. Dam olish kunlari shu ishlar bilan shug‘ullanish uchun juda mos keladi.
Fotosessiya uyushtirish Bir umrlik esdalik bo‘lib qolishi uchun hayotingizning yoqimli lahzalarini rasmga tushirishga harakat qiling.
Biron-bir o‘ziga xos taom tayyorlash Biroz murakkabroq, ajoyib taomni tanlang va tayyorlashni boshlang. Taomni restorandagidek bezang, shamlarni yoqing. Dam olish kunlari — har doim siz bilan birga bo‘ladigan bayram hisoblanadi.
6. Bolalar bilan birga vaqt o‘tkazish Bolalar bilan birga yangi multfilm ko‘rish uchun kinoteatrga, bolalar teatriga, zooparkka, planetariyga yoki muzeyga borishingiz mumkin. <
...
Читать дальше »
Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 13.01.2018 | 131 | | Tanish vaziyat: ona dam olishni (biroz ishlashni, qahva ichishni) juda xohlaydi, lekin bola unga yopishib oladi va birga o‘ynashni talab qiladi. Biz bolani kattalar ishtirokisiz mashg‘ul qiladigan bir nechta usullarni to‘pladik.
Dukkakli donlarni ajratish Mayda narsalarni ajratib olish juda foydali, qiziqarli va maroqli. Boshida mashg‘ulotni bola bu mayda va silliq donlarni tatib ko‘rmasligiga ishonch hosil qilish uchun bir-ikki marta u bilan birga bajarib ko‘ring.
Qisqa audioertaklar tinglash Bu usul eshitishni biladigan va yaxshi ko‘radigan bolalarga mos keladi. Agar sizda ertakning rangdor rasmli kitobchasi va audio-treki bo‘lsa yanada yaxshiroq bo‘lar edi. Bu mashg‘ulot sizga o‘z ishlaringiz bilan 20 daqiqagacha shug‘ullanish imkonini beradi.
Xamir bilan o‘ynash Xamir haqiqiy yoki tuzli bo‘lishi mumkin. Asosiysi, bu xamir stolga yoki polga tekis qilib yoyilishiga tayyor bo‘ling.
Oshxonadagi idish-tovoqlar bilan o‘ynash Bolalar buni juda yaxshi ko‘radi – lekin sizning asablaringiz uchun oson bo‘lmaydi. Variant sifatida, har xil kattalikdagi bir nechta plastik idishlar va yog‘och kurakchalar sotib olsangiz ham bo‘ladi.
Chizish Bu yerda ba’zi tayyorgarliklar talab qilinadi. Poli oson yuviladigan, devorlariga esa yetish qiyinroq bo‘lgan xonani tanlash lozim bo‘ladi. Polga kleyonka to‘shaladi, uning ustiga bir-ikki varaq vatman qog‘ozi qo‘yiladi (ular skotch yordamida polga yopi
...
Читать дальше »
Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 13.01.2018 | 114 | | Bugun sizga Live Kitchen pazandalik studiyasi oshpazining tezroq va mazaliroq tayyorlashga yordam beruvchi bir necha sirlarini oshkor qilmoqchimiz.
1. Pomidorning po‘stini pichoq bilan oling
Ba’zan retseptlar uchun po‘sti olingan pomidorlar talab qilinadi. Ayniqsa qaylalar yoki pyure-sho‘rvalar masalasiga kelganda: po‘stloq tarkibni o‘zgartiradi yoki bundan ham yomonrog‘i taxir qiladi va ta’mini buzadi. Uni olib tashlash uchun pichoq va biroz epchillik kerak bo‘ladi.
Pichoqni o‘tkirlang. Po‘stlog‘i oson olinishi uchun u o‘tkir bo‘lishi kerak. Pomidorlarni tayyorlang. Ularni yuving va sochiqcha bilan artib quriting. Pomidorlarni bo‘laklarga ajrating. Ularni ishlov beruvchi taxta ustiga po‘stini pastga qilib qo‘ying. Ehtiyotlik bilan, etiga tegizmasdan po‘stini kesing. Keyin urug‘larini olib tashlang. 2. Qiymaga sariyog‘ qo‘shing
Yog‘ bo‘tqani va kotletlarni ham buzmaydi. Bu masalliq tufayli ular shirador va mazali chiqadi.
Bir bo‘lak sariyog‘ oling. 1 kg qiymaga 100 g yog‘ qo‘shish kerakligini hisobga oling. Yog‘ bo‘lagini yirik qirg‘ichda qiring. Yog‘ni qiymaga qo‘shing va aralashtiring. 3. Ziravorlarni tovada qovurib oling
Taomlarga quruq o‘tlar va ziravorlar qo‘shuvchilar uchun maslahat. Bevosita tayyorlash oldidan xushbo‘y hidini kuchaytirish uchun ularni quruq tovada qovuring.
4. Tayyorlash oldidan shampinyonlarni yuvmang
...
Читать дальше »
Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 18.06.2017 | 255 | | Odatda biz yangi terilgan sabzavotlar, mevalar va rezavor mevalarni afzal ko‘ramiz. Bizga muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida foydali mikroelementlar kamaygandek bo‘lib ko‘rinadi. Bu haqiqatan ham shundaymi yoki yo‘qligini ko‘rib chiqamiz.
Oziq-ovqatlarning ta’mini va yangiligini saqlab qolish uchun ko‘pchilik muzlatishga urinib ko‘rdi. Birinchi bo‘lib XX asr boshlarida kashfiyotchi Klarens Byordsay bunga erishishga muvaffaq bo‘ldi.
Bugungi kunda muzlatishdan oldin sabzavotlar ustidan qaynoq suv quyiladi. Oziq-ovqatlar haroratning bunday tarzda o‘zgarishi natijasida tarkibidagi ba’zi foydali elementlarni yo‘qotadi.
Lekin shuni esda tuting:
Yangi oziq-ovqatlarga hech qanday ishlov berilmasa ham ular tarkibidagi ozuqaviy moddalarning bir qismidan ajraladi.
Masalan, yashil no‘xat terilganidan keyin 24–48 soat davomida tarkibidagi C vitaminining deyarli yarmini yo‘qotadi.
Kaliforniya Universiteti xodimlari muzlatilgan va yangi sabzavotlar tarkibidagi ozuqaviy moddalarni o‘zaro solishtirib ko‘rdi, lekin hech qanday jiddiy farq topa olmadi.
Masalan muzlatilgan makkajo‘xori, qorag‘at va qo‘zoqli loviyalarda C vitamini yangi uzilganlariga qaraganda ko‘proq ekanligi aniqlandi. Shuningdek, muzlatilgan brokkoli tarkibida B2 vitamini ko‘proq saqlanar ekan.
Olimlar boshqa tadqiqotlar doirasida muzlatilgan va yangi terilgan oziq-ovqatlar tarkibidagi kletchatkalar, magniy, rux,
...
Читать дальше »
Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 18.06.2017 | 322 | | Qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash investitsiya kiritish uchun eng maqbul biznes turlaridan biri hisoblanadi. Bu bozordagi nisbatan erkin soha, chunki chiqindilarni qayta ishlovchi korxonalar O‘zbekistonda unchalik ko‘p emas, deb yozadi “Kommersant.uz”.
Bu biznes yuqori rentabelli bo‘lib, misol uchun, bir kilogramm plastik chiqindisidan 0,8 kilogramm ikkilamchi xomashyoni olish mumkin.
O‘zbekistonda har kuni 13 tonnadan ortiq qattiq maishiy chiqindi to‘planadi. Ulardan bor-yo‘g‘i 14 foizga yaqini qayta ishlanadi. Bunga 137 ta tashkilot jalb etilgan. Chiqindilardan foydali va kam uchraydigan materiallarni olishning o‘zi 22,2 million dollarga baholanmoqda.
Chiqindidan nimalar hosil qilinadi?
Plastik
Rang bo‘yicha ajratilib, turli yot buyumlar va iflosgarchilikdan tozalanadi, xom ashyo presslanadi. Shundan so‘ng maydalanib, bug‘ qozonida ishlov beriladi, u yerda iflosgarchiliklar qoldiqlari yo‘qotiladi. Keyingi bosqich chayish va sayqallash. Natijada turli rangdagi va sifatdagi granulalarga ega bo‘lamiz. Ulardan esa chelaklar, yashiklar, cherepitsa, bruschatka va boshqa buyumlar ishlab chiqariladi.
Qog‘oz
Qog‘oz suvga tushirilib, undan yot buyumlar tozalanadi. Shundan so‘ng qog‘ozga termomexanik qayta ishlov beriladi. Aralashma yupqa tozalashdan o‘tadi va elak orqali filtrlanadi. Undan esa hojatxona qog‘ozi, karton, qadoqlash uchun material, MDF, DVP va paketlar ishlab chiqariladi.
...
Читать дальше »
Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 18.06.2017 | 520 | | Ko‘pchilik qizlarni saqlash muddati o‘tgan krem yoki lab bo‘yog‘idan foydalansa nima bo‘ladi, degan savol qiziqtiradi.
Ochilgandan keyingi saqlash muddati
Ko‘pchilik kosmetika vositalari qutisi ustida maxsus belgi bor — ochiq banka tasviri, uning ichida esa raqam va M harfi. Raqam vosita ochilgandan keyin necha oy foydalanish mumkinligini bildiradi. Albatta, bu qat’iy qoida bo‘lmasa ham, har holda bu muddatni hisobga olish foydali.
Mahsulot buzilganini qanday aniqlash mumkin?
Agar mahsulotning rangi, tuzilishi yoki hidi o‘zgargan bo‘lsa va terida yoqimsiz holat sezilsa yoki uning usti mog‘orlagan bo‘lsa demak bu uni tashlash vaqti kelganining belgisi bo‘ladi.
Qurib qolgan tushni suvda eritishga urinmang, uni darrov tashlab yuboring. Suv — bakteriyalar rivojlanishi uchun mukammal muhit hisoblanadi.
Kosmetikadan qancha vaqt foydalanish mumkin?
Mutaxassislar kosmetika vositalarining saqlanish muddati to‘g‘risida quyidagi tavsiyalarni beradilar:
Dekorativ kosmetika vositalari
Tush va podvodka — 3–4 oy. Suyuq yoki kremli tonal asoslar va konsilerlar — 6 oydan bir yilgacha. Upalar (yog‘upa, bronzerlar, tenlar) — 2–3 yil. Pomadalar, qalamlar va lab uchun yaltiroqlar — 2–3 yil. Parvarishlash vositalari
Toniklar — 6 oydan bir yilgacha. Namlantiruvchi kremlar va zardoblar — 6 oydan bir yilgacha. Tozalovchi vositalar
...
Читать дальше »
Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 18.06.2017 | 373 | | Hurfikrli qarashlar, yolg‘izlikni va tungi yashash tarzini sevish. Bular va boshqa xususiyatlar siz boshqalardan ko‘ra aqlliroq ekanligingiz haqida aytishi mumkin.
Yolg‘izlikni sevish
Evolyutsion psixolog Satosi Kanadzavaning yana bir kashfiyoti: aqlli kishilar do‘stlari bilan kamroq uchrashsalar o‘zlarini baxtliroq his qiladilar. Shunisi qiziqki, ko‘pchilik kishilar uchun hammasi aksincha: ular oshnalari bilan qancha tez-tez muloqot qilib tursa, o‘zlarini shuncha yaxshi his qilishadi.
Bunday qarama-qarshi haqiqatning sababi yaqqol ko‘rinib turibdi. Aql-idroki yuqori bo‘lgan odamning fikri ko‘proq murakkab vazifalar va loyihalarga qaratilgan, do‘stona o‘tirishlar esa ularni faqat chalg‘itadi.
Tungi yashash tarzi
Oldingi banddagidek, Kanadzavaning faraz qilishicha, aqlli kishilarning kun tartibi oldindan qabul qilingan kun tartibidan tubdan farq qiladi. Ya’ni, bizning ajdodlarimiz sutkaning yorug‘ vaqtlaridan unumli foydalanishga harakat qilishgan va qorong‘i tushishi bilan uxlashga yotishgan, hozir esa yuqori aql-idrok sohiblari bunday odatga amal qilmaydilar.
Ruhshunoslar tomonidan olingan ma’lumotlar bu fikrning to‘g‘riligini tasdiqlaydi. Kechroq uxlaydigan va turadigan kishilar erta turuvchilarga qaraganda aqlliroq bo‘ladilar.
Ishonishga moyillik
2014-yilda e’lon qilingan tadqiqotlar yuksak aql-idrok odamlarga ishonish qobiliyati bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi. Bu yerda
...
Читать дальше »
Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 18.06.2017 | 323 | | Maqolada sifatli portret suratlar va selfilar tushirish bo‘yicha asosiy sirlarni ochib beramiz. Bu maslahatlardan foydalansangiz, Instagram’dagi fotosuratlaringiz yanada ko‘proq “layk” to‘playdi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nuridan qoching
Aks holda, yuzingizda soyalar paydo bo‘lib, suratni buzadi. Suratga tushish uchun eng yaxshi sharoit — bulutli kun. Agar quyosh charaqlab turgan bo‘lsa, soyada suratga oling.
Mos bo‘lgan fonni toping
Fonning neytral yoki yorqin bo‘lishi o‘z didingizga havola. Asosiysi, orqa tomonda hech qanaqa tartibsizlik bo‘lmasligi kerak. Yaxshisi, ko‘chaga chiqing va daraxtlar yoki qiziqarli bino qarshisida suratga tushing.
Takrorlashdan cho‘chimang
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifangizda yangiliklar tasmasida chiqib keladigan suratlarni kuzatib boring. Noodatiy rakursdan olingan, qiziqarli foni bo‘lgan suratlarni ko‘z ostingizga olib qo‘ying va o‘zingizga yoqqan rasmlarni qayta yaratishga urinib ko‘ring.
Taymer qo‘ying
Sizni suratga tushirish uchun hech kim bo‘lmasa, ishni o‘z qo‘lingizga oling. Masalan, telefon kamerasini taymerga qo‘ying yoki maxsus pult sotib oling. Istisnoli holatlarda o‘tkinchilardan yordam so‘rang.
Ko‘p surat oling
Boshlovchilar uchun oltin qoida: qanchalik ko‘p bo‘lsa, shunchalik yaxshi. Iloji boricha ko‘proq surat tushiring, hatto bitta rakursdan bo‘lsa ham. Bu suratlarning
...
Читать дальше »
Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 17.06.2017 | 245 | | Juda oddiy narsalar, masalan kedalardagi teshikchalar va duxovka tagidagi qutilarning ham siz hatto o‘ylab ko‘rmagan o‘z vazifalari bor.
1.Sharob solingan idishlarning tagidagi chuqurlik
Butilkaning og‘zi tiqin bilan mahkamlanganda, tagida va devorlarida kuchli bosim paydo bo‘ladi. Idishning tagidagi chuqurlik uni bir xil taqsimlashga imkon beradi va shu sababli butilka yorilib ketmaydi.
2.Kedalar yonboshidagi teshikchalar
“Shamollatish uchun” degan javobdan tashqari boshqa taxminlar ham mavjud. Gap shundaki, Converse All Stars oyoq kiyimlari boshida basketbolchilar uchun ishlab chiqarilgan. Kedalar iplari bu qo‘shimcha teshikchalar orqali o‘tkazilib bog‘lanar edi. Shu tufayli oyoq kiyim mahkam turadi. 3.Spagetti uchun qoshiqdagi teshik Bu teshiklar qancha spagetti pishirishni o‘ylab boshingiz qotmasligi uchun qilingan. Uning ichiga qancha spagetti joylashsa, o‘sha bitta odam uchun mo‘ljallangan po
...
Читать дальше »
Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 17.06.2017 | 241 | | Biz sizning e’tiboringizga tayyorlash juda oson bo‘lgan, ta’mi esa haqiqiy Twix’dan ham mazali bo‘lgan shokolad retseptini havola qilmoqchimiz. Albatta tayyorlab ko‘ring!
Kerakli masalliqlar:
400 g sariyog‘ 2 stakan un yarim stakan shakar 2 banka quyultirilgan sut 300 g sutli shokolad
Tayyorlanishi:
1.Sariyog‘ (karamelli aralashma uchun biroz qismini qoldiring), un va shakarni blenderda aralashtiramiz. 2.Xamir uvalanuvchan chiqadi. Uni to‘g‘ri burchakli formaga joylashtiring, shibbalang, 180 darajagacha qizdirilgan duxovkaga qo‘ying. 20 daqiqa davomida pishiring. 3.Chuqur tovada karamelli aralashmani tayyorlaymiz. Buning uchun uning ichiga qolgan sariyog‘ni va 2 banka quyultirilgan sutni soling, o‘rtacha olovga qo‘ying va karamelli massa holatiga kelguncha qaynating. Bunga 20 daqiqaga yaqin vaqt ketadi. 4.Tayyor bo‘lgan korjlar ustiga karamelli aralashmani joylashtiramiz, tekislaymiz 5.Oxirgi ishimiz shokoladni tayyorlash bo‘ladi. Uni suvli hammomda eritamiz. Keyin bu shokoladni karamelli massa solingan korj ustiga quyamiz, yana tekislaymiz. 6.Uni sovutgichga qo‘yamiz va yaxshi soviguncha kutamiz. Xohlagan shaklda qilib kesamiz va dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha! Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 16.06.2017 | 288 | | Biz siz bilan har kuni yuvish sochlarga qanday ta’sir qilishi va bosh terisi sog‘lom bo‘lishi uchun bu tadbirni qanday tarzda amalga oshirish to‘g‘risida gaplashib olmoqchimiz.
Bizning sochlarimizni va bosh terisini yog‘ bezlari ishlab chiqaradigan sebum himoya qiladi. U bakteriyalarga qarshi to‘siq bo‘lib xizmat qiladi, terini namlaydi va tashqi ta’sirlardan saqlaydi. Agar siz sochlaringizni haddan tashqari tez-tez yuvsangiz, terining himoya qatlamini yo‘qotasiz, bu bilan bakteriyalarga va qazg‘oqqa yo‘l ochgan bo‘lasiz. Shuningdek sochlarning rangi xiralashadi, shampun tarkibidagi moddalar ta’sirida ularning tuzilishi buziladi.
Nima, endi boshni umuman yuvmaslik kerakmi? Kir sochlar chiroyli ko‘rinmaydi, yoqimsiz hid chiqaradi. Bu jarayonda bir muvozanatni topish uchun bir nechta mezonlarga qarab yo‘nalishni belgilab olishimiz kerak.
Soch turlari
Agar sochlaringiz ancha qalin va jingalak bo‘lsa, ular quruq yoki normal xilga kiradi, siz ularni 3—4 kunda bir marta yuvishingiz mumkin.
Agar sochlaringiz ingichka bo‘lsa, ular kechga borib kirdek ko‘rinib qoladi, chunki ajralib chiqqan yog‘lar sochlarning ildizidan to uchigacha oson tarqaladi. Bu holat yog‘li sochlarda yuz beradi. Bunday sochlarni kun osha yuving, ikkinchi kun esa quruq shampundan foydalaning.
Mehnat faoliyati
To‘g‘ri, agar siz sport bilan shug‘ullansangiz vaziyat o‘zgaradi. Boshni mashqlardan keyin darrov yuvish yaxshiroq,
...
Читать дальше »
Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 21.04.2017 | 311 | | Qish faslida yorug‘lik ta’siri yetishmasligidan va isitilgan xonalarda yetarlicha qurib ulgurgan yuz terisi och kulrang tusga kiradi. Qanday qilib terini toza va porlab turadigan ko‘rinishga keltirish to‘g‘risida aytmoqchimiz.
Shakar
Shakar — nafaqat shirin ta’m beruvchi, balki ajoyib tozalovchi vosita ham hisoblanadi. Iliq suvga biroz shakar va yuz uchun krem solib aralashtiring. Aralashma bilan yuzingiz terisini tozalasangiz, u ipakdek mayin va rangi chiroyli bo‘ladi.
Yogurt
Tabiiy yogurtdan yuz uchun niqob sifatida ham foydalanishingiz mumkin. U terini tetiklashtiradi va unga sog‘lom ko‘rinish baxsh etadi.
Kamroq miqdordagi yogurtni bir choy qoshiq suv bilan aralashtiring va yuzingizga surib qo‘ying. 20—30 daqiqadan so‘ng niqobni iliq suvda yuvib tashlang.
Bodring
Bu sabzavot teri bilan bog‘liq muammolarda, shu jumladan yuz rangini yaxshilashda ham yordam beradi.
Terining porlab turishi uchun 1 choy qoshiq bodring sharbatini 1 choy qoshiq limon sharbati bilan aralashtiring, aralashmani yuzingizga suring va to‘liq singib ketguncha qoldiring. Keyin suv bilan yuving.
Asal
Asalli niqoblar yuz terisi rangini normal holga keltirishga yordam beradi. Bir xil miqdordagi asal va quruq sutga bir tomchi limon sharbati solib aralashtiring. Aralashmani yuzingizga suring va qurigandan so‘ng iliq suvda yuving.
Manba: “Anysports.tv” Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 21.04.2017 | 348 | |
Пользователи онлайн
−Мини-чат +Мини-чат
0
Онлайн всего: 1 Гостей: 1 Пользователей: 0
|