Uy sharoitida yuz rangini yaxshilaymiz
Qish faslida yorug‘lik ta’siri yetishmasligidan va isitilgan xonalarda yetarlicha qurib ulgurgan yuz terisi och kulrang tusga kiradi. Qanday qilib terini toza va porlab turadigan ko‘rinishga keltirish to‘g‘risida aytmoqchimiz. Shakar Shakar — nafaqat shirin ta’m beruvchi, balki ajoyib tozalovchi vosita ham hisoblanadi. Iliq suvga biroz shakar va yuz uchun krem solib aralashtiring. Aralashma bilan yuzingiz terisini tozalasangiz, u ipakdek mayin va rangi chiroyli bo‘ladi. Yogurt Tabiiy yogurtdan yuz uchun niqob sifatida ham foydalanishingiz mumkin. U terini tetiklashtiradi va unga sog‘lom ko‘rinish baxsh etadi. Kamroq miqdordagi yogurtni bir choy qoshiq suv bilan aralashtiring va yuzingizga surib qo‘ying. 20—30 daqiqadan so‘ng niqobni iliq suvda yuvib tashlang. Bodring Bu sabzavot teri bilan bog‘liq muammolarda, shu jumladan yuz rangini yaxshilashda ham yordam beradi. Terining porlab turishi uchun 1 choy qoshiq bodring sharbatini 1 choy qoshiq limon sharbati bilan aralashtiring, aralashmani yuzingizga suring va to‘liq singib ketguncha qoldiring. Keyin suv bilan yuving. Asal Asalli niqoblar yuz terisi rangini normal holga keltirishga yordam beradi. Bir xil miqdordagi asal va quruq sutga bir tomchi limon sharbati solib aralashtiring. Aralashmani yuzingizga suring va qurigandan so‘ng iliq suvda yuving. Manba: “Anysports.tv”
|
Bu haqda “Daryo” nashri xabar beradi.
Пользователи онлайн
−Мини-чат +Мини-чат
0
Онлайн всего: 1 Гостей: 1 Пользователей: 0
|