Tish pastasining siz bilmagan xususiyatlari
Ko‘pchilik tish pastasining tishlarni tozalashdan ham boshqa foydali xususiyatlarga ega ekanligini bilmasa kerak. Maqolamizda sizga bu xususiyatlar to‘g‘risida aytmoqchimiz. Xromlangan buyumlar Oshxona va vannaxonadagi xromlangan buyumlarni tish pastasi bilan tozalasangiz yaltirab ketadi. Suv chiqadigan teshiklar Vannaxonadagi rakovinaning suv chiqadigan teshiklarini ham ozroq tish pastasi yordamida tozalasangiz yoqimsiz hidlar ketadi. Qoraygan kumush Qorayib qolgan kumushdan ishlangan buyumlarni tish pastasi bilan yumshoq sochiq yordamida tozalasangiz bo‘ladi. Tozalab bo‘lganingizdan so‘ng quruq sochiq bilan artib tashlang. Dazmol tagi Dazmol tagida paydo bo‘lgan qatlamlarni ham xuddi kumush buyumlar kabi tozalasangiz bo‘ladi.
|
Bu haqda “Daryo” nashri xabar beradi.
Пользователи онлайн
−Мини-чат +Мини-чат
0
Онлайн всего: 1 Гостей: 1 Пользователей: 0
|