Suyaklarni mustahkamlovchi 5 ta muhim mahsulot
Suyaklar sog‘lom bo‘lishi uchun tarkibida kalsiy moddasi bo‘lgan ovqatlar yeyish zarurligi bizga bolalikdan ma’lum. Lekin, suyaklar mustahkamligi faqat kalsiy moddasigagina bog‘liq emas. Bu maqolamizda suyaklar mustahkamligini ta’minlovchi 5 ta eng foydali mahsulotlar to‘g‘risida aytmoqchimiz. Sardina Sardina baliqlari tarkibidagi sog‘lom omega-3 yog‘lari suyak to‘qimasini yo‘qotish jarayonini sekinlashtiradi. Shuningdek, bu baliq tarkibida kalsiy moddasining organizm uchun foydali xususiyatlarini oshiruvchi D vitamini ham mavjud. Ismaloq Yashil bargli sabzavotlar, shu jumladan ismaloq ham kalsiyning tabiiy manbasi hisoblanadi. Ismaloq tarkibida aynan suyak uchun foydali bo‘lgan ozuqa moddalar – magniy, K vitamini, С vitamini va fitonutriyentlar mavjud. Yong‘oqlar Yong‘oqlar guruhiga kiruvchi pista, bodom va yong‘oqlar suyaklar mustahkamligini ta’minlovchi katta miqdorda magniy, kalsiy, omega-3 yog‘lari va B6 vitaminlaridan tashkil topgan. Tuxum Suyaklar uchun muhim hisoblanuvchi kalsiy va D vitaminlari manbalaridan yana biri tovuq tuxumidir. Qora olxo‘ri qoqi Qora olxo‘ri qoqi tarkibida yosh o‘tishi bilan organizmda yuz beradigan suyak to‘qimasini yo‘qotish jarayonini sekinlashtiruvchi antioksidantlarning bir turi – polifenollar mavjud.
|
Bu haqda “Daryo” nashri xabar beradi.
Пользователи онлайн
−Мини-чат +Мини-чат
0
Онлайн всего: 1 Гостей: 1 Пользователей: 0
|