Полезные советы

Ko‘pchilik o‘ziga-o‘zi sport bilan shug‘ullanishga yoki chekishni tashlashga yoki yaxshiroq ish topishga va shunga o‘xshash va’dalar beradi. Lekin, vaqt o‘tishi bilan va’dalar bajarilmasdan unutilib ketadi. Agar siz haqiqatan ham maqsadingizga erishishni xohlasangiz, bu maqolamiz yordam beradi deb umid qilamiz.
Bitta maqsadni tanlang
Qisqa vaqt ichida mukammallikka erishish uchun o‘zingizga talablaringizni uzundan-uzoq ro‘yxat qilganingizni tushunsa bo‘ladi. Lekin bu maqsadlaringizning hammasini bir yo‘la emas, bittalab va tartib bilan amalga oshiring. Vazifalarni bo‘lakchalarga ajrating
Aytaylik, siz ozishni xohlaysiz. Oldingizda turgan: taomnomani o‘zgartirish, sevimli ovqatlaringizdan voz kechish va jismoniy faollikni oshirish vazifalarini navbati bilan bajarishingiz lozim bo‘ladi. Natijalar bilan o‘rtoqlashing
Maqsadingizni birorta yaqin kishingizga aytsangiz, muvaffaqiyatga erishish osonlashadi. Boshqa odam oldidagi burch motivatsiyani, eshitilgan maqtov esa o‘zidan qoniqish hissini oshiradi. Tirishqoqlikni kuchaytiring
Agar va’dani bajara olmasangiz, irodangiz kuchsizligi bilan o‘zingizni oqlamoqchi bo‘lasiz, albatta. Lekin, ma’lum bo‘lishicha, irodani chiniqtirish yo‘llari ham bor ekan. Maqsadingizga erishishni chinakamiga xohlasangiz tirishqoqlikni kuchaytiring. Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 23.02.2017 | 215 | | Kichik odatlarni bajarish bir-necha daqiqa vaqtingizni olsa ham yashash tarzingizni yaxshi tomonga o‘zgartirishga katta yordam beradi.
Bugundan boshlab hayotga tatbiq etishingiz lozim bo‘lgan 10 ta oddiy va samarali qoidalarni havola etamiz:
1. Tunda uxlashdan oldin o‘zingizga “meni ertalab soat _ da uyg‘ot” degan buyruq bering. Ertalab budilnik jiringlamasdan avval uyg‘onishingiz aniq.
2. Agar bu ish bermasa, qo‘l telefoniga turish vaqtini belgilang va karovatingizdan uzoqroq joyga qo‘ying. Jiringlagan telefonni o‘chirish uchun joyingizdan turishga majbur bo‘lasiz va tamoman uyg‘onasiz.
3. Ertalab uyqudan turganingizdan keyin bir piyola suv iching.
4. Tishingizni tozalagandan so‘ng oynaga kulib qarang va “seni yaxshi ko‘raman” deb ayting.
5. Ko‘proq piyoda yuring. Bu sizga yaxshilab o‘ylashga va muammolarni hal etish yo‘llarini topishga yordam beradi.
6. Agar kayfiyatingiz yomon bo‘lsa va sizga nimadir yetishmayotgandek tuyulsa, shukur qiling. Darrov yengil tortasiz.
7. Sokin joyda o‘tiring va 10—20 daqiqa davomida hech narsani o‘ylamasdan, diqqatingizni faqat nafas olish va nafas chiqarishga qarating.
8. Birinchi navbatda eng muhim ishlarni bajaring. Ishga kirishishdan oldin qilinadigan ishlarning birinchi darajalilarini aniqlab oling va eng asosiysidan boshlang.
9. Har kuni kimnidir maqtang. Chin ko‘ngildan aytilgan bu maqtov sizda “baxt gormonl
...
Читать дальше »
Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 23.02.2017 | 243 | | Nonushtada bo‘tqa yeyish kerakligi bizga bolalikdan o‘rgatib kelinadi. Bolalar bog‘chasida bo‘tqa yeyaverib joniga tegib ketgani uchun ko‘pchilik kattalar uni yoqtirishmaydi. To‘g‘ri tayyorlangan bo‘tqa mazali ta’mi bilan kayfiyatni ko‘taradi va kun davomida zarur bo‘ladigan energiya bilan ham ta’minlaydi.
Grechka bo‘tqasi
Grechka bo‘tqasini qaynatishdan oldin qozonda biroz qizdiring va o‘simlik yog‘i qo‘shing. Qaynash jarayonida qozon qopqog‘ini yopib qo‘ying. Manniy bo‘tqasi
Manniy bo‘tqasini pishirishda 1 litr suyuqlikka 6 osh qoshiq yorma soling. Suyuqlik sifatida kamida yarmiga yoki hammasiga sut ishlatsangiz bo‘tqa shirinroq chiqadi. Suli yormasidan bo‘tqa
Suli yormasidan bo‘tqa tayyorlashda birinchidan, yormani suv yoki sutdan 2 baravar kam miqdorda oling. Ikkinchidan, boshqa masalliqlarni faqat sovugandan keyin qo‘shing. Uchinchidan, qancha ko‘p qaynatsangiz shuncha mazali bo‘ladi. Arpa yormasidan bo‘tqa
Tayyorlashdan oldin yormani ivitib qo‘ying, chunki u uzoq vaqt qaynatiladi. 2 litr suvga 1 piyola yorma solinadi. Tuz va saryog‘ bo‘tqa tayyor bo‘lgandan so‘ng qo‘shiladi. Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 23.02.2017 | 266 | | |
Пользователи онлайн
−Мини-чат +Мини-чат
0
Онлайн всего: 1 Гостей: 1 Пользователей: 0
|