O‘z-o‘zingizga bergan va’dalarni qanday bajarish mumkin?
Ko‘pchilik o‘ziga-o‘zi sport bilan shug‘ullanishga yoki chekishni tashlashga yoki yaxshiroq ish topishga va shunga o‘xshash va’dalar beradi. Lekin, vaqt o‘tishi bilan va’dalar bajarilmasdan unutilib ketadi. Agar siz haqiqatan ham maqsadingizga erishishni xohlasangiz, bu maqolamiz yordam beradi deb umid qilamiz. Bitta maqsadni tanlang Qisqa vaqt ichida mukammallikka erishish uchun o‘zingizga talablaringizni uzundan-uzoq ro‘yxat qilganingizni tushunsa bo‘ladi. Lekin bu maqsadlaringizning hammasini bir yo‘la emas, bittalab va tartib bilan amalga oshiring. Vazifalarni bo‘lakchalarga ajrating Aytaylik, siz ozishni xohlaysiz. Oldingizda turgan: taomnomani o‘zgartirish, sevimli ovqatlaringizdan voz kechish va jismoniy faollikni oshirish vazifalarini navbati bilan bajarishingiz lozim bo‘ladi. Natijalar bilan o‘rtoqlashing Maqsadingizni birorta yaqin kishingizga aytsangiz, muvaffaqiyatga erishish osonlashadi. Boshqa odam oldidagi burch motivatsiyani, eshitilgan maqtov esa o‘zidan qoniqish hissini oshiradi. Tirishqoqlikni kuchaytiring Agar va’dani bajara olmasangiz, irodangiz kuchsizligi bilan o‘zingizni oqlamoqchi bo‘lasiz, albatta. Lekin, ma’lum bo‘lishicha, irodani chiniqtirish yo‘llari ham bor ekan. Maqsadingizga erishishni chinakamiga xohlasangiz tirishqoqlikni kuchaytiring.
|
Bu haqda “Daryo” nashri xabar beradi.
Пользователи онлайн
−Мини-чат +Мини-чат
0
Онлайн всего: 1 Гостей: 1 Пользователей: 0
|