Главная » 2017 » Июнь » 15

Turli xil yormalardan mazali bo‘tqa tayyorlash sirlari


  • 23.02.2017
  • 267
  • 0
Nonushtada bo‘tqa yeyish kerakligi bizga bolalikdan o‘rgatib kelinadi. Bolalar bog‘chasida bo‘tqa yeyaverib joniga tegib ketgani uchun ko‘pchilik kattalar uni yoqtirishmaydi. To‘g‘ri tayyorlangan bo‘tqa mazali ta’mi bilan kayfiyatni ko‘taradi va kun davomida zarur bo‘ladigan energiya bilan ham ta’minlaydi.

Grechka bo‘tqasi

Grechka bo‘tqasini qaynatishdan oldin qozonda biroz qizdiring va o‘simlik yog‘i qo‘shing. Qaynash jarayonida qozon qopqog‘ini yopib qo‘ying.
Manniy bo‘tqasi

Manniy bo‘tqasini pishirishda 1 litr suyuqlikka 6 osh qoshiq yorma soling. Suyuqlik sifatida kamida yarmiga yoki hammasiga sut ishlatsangiz bo‘tqa shirinroq chiqadi.
Suli yormasidan bo‘tqa

Suli yormasidan bo‘tqa tayyorlashda birinchidan, yormani suv yoki sutdan 2 baravar kam miqdorda oling. Ikkinchidan, boshqa masalliqlarni faqat sovugandan keyin qo‘shing. Uchinchidan, qancha ko‘p qaynatsangiz shuncha mazali bo‘ladi.
Arpa yormasidan bo‘tqa

Tayyorlashdan oldin yormani ivitib qo‘ying, chunki u uzoq vaqt qaynatiladi. 2 litr suvga 1 piyola yorma solinadi. Tuz va saryog‘ bo‘tqa tayyor bo‘lgandan so‘ng qo‘shiladi.
Bu haqda “Daryo” nashri xabar beradi.

Всего комментариев: 0
avatar
Правила чата
Пользователи онлайн
Мини-чат
+Мини-чат
0
Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0