Полезные советы

Ovoz kishiga tavsif berishning eng muhim jihatlaridan biridir. Suhbatdoshimiz nima haqida va qanday so‘zlayotganligiga, o‘zimiz istamagan holda, doim e’tibor qaratamiz va tegishli xulosalar chiqaramiz. Xushohang ovoz va aniq talaffuz har doim yaxshi taassurot uyg‘otadi. Biroq tabiatan bunday xislatlarga ega bo‘lmagan kishilarga quyidagi mashqlar yordam beradi.
Ovozingiz juda past bo‘lsa Qo‘lingizni qorningiz ustiga qo‘ying. Jahlingiz haddan ortiq chiqqan vaqtni eslang. Istalgan matnni qo‘lingizni qorningizga qo‘ygan holda talaffuz qilishga harakat qiling. Tovushlar aynan qorin sohasidan chiqishiga e’tibor qarating. Ichingizdagi nafratni chiqarib yuboring. Mashqni bir necha marta takrorlagandan so‘ng nutqingiz rasmiyligi yo‘qolib, samimiyroq jaranglay boshlaydi.
Agar ovoz tomoqqa “tiqilib” qolsa Tomoqni ozod qilib, asosiy vazifani lablar va diafragmaga o‘tkazuvchi mashq bajaring. “Kyu-iks” bo‘g‘inlarini talaffuz qiling: “kyu” talaffuz qilinganda lablar aylana shaklga kirsa, “iks”ni ochiq tabassum bilan ifodalang. Mashqni 30 marta takrorlang, shundan so‘ng uning foydasiga ishonch hosil qilish uchun kichikroq nutqni talaffuz qilib ko‘ring. Bunday mashqdan so‘ng ommaviy chiqishlarda ovoz paychalari kamroq toladi.
Agar ovoz jarangdor bo‘lmasa 5—10 daqiqa istalgan matnni undosh tovushlarsiz baland ovozda o‘qing. Shundan so‘ng uni unli tovushlarsiz qayta o‘qing. Tez orada ovozingiz jarangdorlikka ega bo‘ladi.
A
...
Читать дальше »
Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 09.02.2017 | 253 | | Mashhur aktyor Vin Dizel sport bilan shug‘ullanish maksimal darajada foyda keltirishi uchun quyidagi tavsiyalarni beradi:
1. Har bir mushakka e’tibor
Vin Dizel uchun negiz – bu har xil turdagi mashqlar aralashmasi. Tananing har bir qismiga turlicha yondashish mushaklarning nomutanosib ravishda rivojlanishini bartaraf qilishga yordam beradi.
2. Shok terapiyasi
Vin Dizel mashqlari falsafasi juda oddiy — o‘zingga “jahannam” yarat. Mashqlarga bo‘lgan bunday munosabat bir vaqtning o‘zida vaznni kamaytirishga va mushaklar massasini orttirishga yordam beradi.
3. Xotirjam bo‘l
Dizelning maslahati: tinchlan, sarosimaga tushma. Imkoniyating boricha bajar va albatta o‘zingga dam olishga imkon ber.
4. Lazzat ol
“O‘zingga yoqqan ishni bajar va bu senga og‘ir mehnat bo‘lib ko‘rinmaydi”, — deydi Vin Dizel. Agar sizga mashqlarning nimasidir yoqmayotgan bo‘lsa buni har doim o‘zgartirish mumkin. Lekin mukammal ko‘rinishdagi mashqlar topilishi bilan harakat qilish zarur.
5. G‘alabaga hozirlan
Maqsad tomon olg‘a yursang — g‘alabaga erishasan. Shuning uchun agar bajargan mashqlaringiz zerikarli bo‘lsa ham baribir siz kuni bilan divanda o‘tirganlardan kuchlisiz.
Manba: Men’s Health Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 09.02.2017 | 219 | | Ertalab kerakli miqdorda va sog‘lom ovqatlanish organizmning kun davomida to‘g‘ri faoliyat ko‘rsatishiga sharoit yaratib beradi. Lekin bunday nonushta uchun kerakli oziq-ovqat mahsulotlarini tanlay bilish ham juda muhim ahamiyatga ega.
Biz sizga sog‘lom nonushta uchun kerak bo‘ladigan oziq-ovqat mahsulotlari to‘g‘risida ma’lumot bermoqchimiz.
Suli yormasi
Suli yormasi omega-3 yog‘ kislotasi, foli kislota va kaliyga juda boy. Uning tarkibida boshqa yormalarga qaraganda kletchatkalar ko‘proq bo‘lgani sababli nonushta uchun eng yaxshi mahsulot hisoblanadi.
Bug‘doy nishi
2 osh qoshiq bug‘doy nishi organizmga bir sutkada talab qilinadigan E vitaminining 15 foizini va foli kislotaning 10 foizini yetkazib beradi.
Banan
Banan – tarkibi sog‘lom uglevodlardan tashkil topgan va to‘yish hissini uzoq vaqt saqlashga yordam beruvchi rezistent kraxmalining manbalaridan biri hisoblanadi.
Tuxum
Tuxum eng foydali oqsil manbaidir. 2—3 dona qaynatilgan tuxum ertalabdan sizga kerakli bo‘lgan aminokislotalarni yetkazib beradi.
Qulupnay
Bir piyola qulupnay tarkibida organizmga bir kunda talab qilinadigan C vitamini, ko‘p miqdorda foli kislota va kletchatkalar mavjud.
Kivi
Bu meva tarkibi katta miqdorda C vitamini, kaliy va kletchatkadan tashkil topgan. Shuningdek, kivi hazm qilishda juda foydali. Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 09.02.2017 | 194 | | Xonadonga joylashishni rejalashtirishda mayda-chuydalargacha hisobga olish zarur bo‘ladi. Bu mebellarning joylashish tartibiga ham tegishlidir.
To‘siqlarsiz joylashtiring
Mebellarni joylashtirishda ko‘rinishi bir-biri bilan mos tushishidan tashqari, o‘tish joyini to‘sib qolmasligiga ham e’tibor bering.
Mehmonxonadagi jurnal stolchasini divanga o‘tirishda xalal bermaydigan qilib joylashtiring.
Kirish zonasi qulay bo‘lsin
Uyga kirishda yoqimli kayfiyat uyg‘otuvchi manbalardan biri – hamma jihozlari o‘z joyini topib joylashtirilgan dahliz hisoblanadi.
Ustki kiyimlarni ham, oyoq kiyimlarini ham joyiga qo‘yishda hech narsaning xalal bermasligi albatta juda yoqimli.
Televizorga yaqin o‘tirmang
Dam olish xonasi uchun eng zarur jihozlar – divan va televizor hisoblanadi. O‘rtacha kattalikdagi (35—40 dyuym) ekranli televizorlar uchun ularning orasi 1,8 metrdan kam bo‘lmasligi kerak. Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 09.02.2017 | 128 | | Britaniya muzeyi (The British Museum) — Buyuk Britaniya bosh tarixiy-arxeologik muzeyi dunyodagi eng ko‘p tashrif buyuriladigan badiiy muzeylar orasida 2-o‘rinda turadi.
Agar siz Britaniya muzeyiga borib qolgan bo‘lsangiz, albatta ko‘rishingiz zarur bo‘lgan bir necha joylar bor.
Rozetta toshi
Rozett toshi — qadimgi Misr yozuvini o‘qishga yordam bergan va ko‘rinishi uncha ahamiyatli bo‘lmagan granit plita.
Parfenon haykallari
Muzeyning 18-zalida 1801-yil graf Eljin tomonidan Afinadan keltirilgan Eljin bo‘rtma naqshlari deb nomlanuvchi haykallar va bo‘rtma naqshlar joylashgan.
Soatlar zali
Britaniya muzeyining 44-zali yonidan kirmay o‘tib ketolmaysiz. Turlicha va har xil o‘lchamdagi juda ko‘plab soatlarning jarangi, chiqqillashi va bong o‘rishi beixtiyor e’tiboringizni tortadi.
Satton-Xu xazinasi
1938-yil Satton-Xu qo‘rg‘onida topilgan bu xazina Britaniya hududining eng ahamiyatli arxeologik topilmalaridan biri hisoblanadi.
Lindoulik odam
Cheshir grafligidagi Lindou torf botqog‘ida 1984-yil torf qazib olishda mukammal tarzda saqlangan odam jasadi topildi. Keyinchalik tekshirishlarda bu odam eramizning 20—90-yillarida o‘lganligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 09.02.2017 | 195 | | Britaniya muzeyi (The British Museum) — Buyuk Britaniya bosh tarixiy-arxeologik muzeyi dunyodagi eng ko‘p tashrif buyuriladigan badiiy muzeylar orasida 2-o‘rinda turadi.
Agar siz Britaniya muzeyiga borib qolgan bo‘lsangiz, albatta ko‘rishingiz zarur bo‘lgan bir necha joylar bor.
Rozetta toshi
Rozett toshi — qadimgi Misr yozuvini o‘qishga yordam bergan va ko‘rinishi uncha ahamiyatli bo‘lmagan granit plita.
Parfenon haykallari
Muzeyning 18-zalida 1801-yil graf Eljin tomonidan Afinadan keltirilgan Eljin bo‘rtma naqshlari deb nomlanuvchi haykallar va bo‘rtma naqshlar joylashgan.
Soatlar zali
Britaniya muzeyining 44-zali yonidan kirmay o‘tib ketolmaysiz. Turlicha va har xil o‘lchamdagi juda ko‘plab soatlarning jarangi, chiqqillashi va bong o‘rishi beixtiyor e’tiboringizni tortadi.
Satton-Xu xazinasi
1938-yil Satton-Xu qo‘rg‘onida topilgan bu xazina Britaniya hududining eng ahamiyatli arxeologik topilmalaridan biri hisoblanadi.
Lindoulik odam
Cheshir grafligidagi Lindou torf botqog‘ida 1984-yil torf qazib olishda mukammal tarzda saqlangan odam jasadi topildi. Keyinchalik tekshirishlarda bu odam eramizning 20—90-yillarida o‘lganligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 09.02.2017 | 180 | | Ikat naqshi milliy texnikasi nafaqat o‘zbek modasining rivoji, balki Oskar de la Renta, Nikolya Geskyer, Frida Janini kabi dizaynerlar ham o‘zbek mavzusiga murojaat qilganligi tufayli moda sahnalarida ommalashdi.
Mashhur beautopia internet blogeri bu trendni manikyur olamiga ham olib kirdi. Siz ham tirnoqlaringizda bunday maftunkor go‘zallikni yaratishga urinib ko‘rishingiz mumkin.
Bu texnikaning rang yechimlari turli-tuman bo‘lishi mumkin. Quyida uning eng oddiysi — uch xil rang ishtirokidagi variantini e’tiboringizga havola etamiz.
Bizga fon uchun oq, qora va naqsh chizish uchun to‘q sariq rangli laklar kerak bo‘ladi. Shuningdek, lak uchun mo‘ljallangan ingichka cho‘tkacha ham kerak.
Tirnoq yuzasiga ikki qavat fon — oq lak suramiz. Tanlangan dizayn bo‘yicha to‘q sariq rang bilan naqshlarni chizamiz. Qora lak bilan qora chiziqlarni hosil qilamiz. Ular ba’zan avvalgi qatlamni bekitishi ham mumkin. Ustidan yana biroz oq chiziqlar va “ichki qismiga” yana biroz to‘q sariq rang. Manikyur tayyor. Endi uni himoya qatlami bilan qoplash kerak, xolos. U tirnoq yuzasini silliqlash vazifasini ham bajaradi.
Mazkur dizaynning ustun jihatlari bir talay. Birinchidan uni hosil qilish uchun ko‘p tajriba talab etilmaydi, qisqa chiziqlarni har birimiz chiza olamiz. Ikkinchidan, rang uyg‘unligini makiyaj yoki libosimizga mos holda tanlashimiz mumkin. Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 08.02.2017 | 230 | | Ba’zan o‘zgarishni, rang bilan tajriba qilib, sochlarimiz rangini o‘zgartirishni istab qolamiz. O‘zgarish har doim qiziq, biroq sochlarni salonda bo‘yatish ma’lum mablag‘ sarflashni talab etadi. Shunda ularni mustaqil ravishda, uyda bo‘yash fikri paydo bo‘ladi. Bu jarayon bir qarashda juda osondek tuyulsa-da, muayyan qoidalarga amal qilibgina sochlarning tabiiy go‘zalligini buzib qo‘ymasdan, chiroyli rangga erishish mumkin.
Quyida eng yaxshi stilistlarning tavsiyalarini keltiramiz.
Sochlaringizni birinchi marta bo‘yayotgan bo‘lsangiz, bo‘yoqni butun boshingiz bo‘ylab suring. Keyinchalik esa o‘sib borishiga qarab, faqat ildizlariga surasiz.
Bo‘yoqni sochlaringizda ushlab turish vaqti qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomada ko‘rsatiladi. Odatda “30 daqiqadan 45 daqiqagacha” deb ko‘rsatiladi, demak oxirgi chorak soatda istagan rangingizga erishasiz. Jingalak soch sohibalari eng minimal vaqtni tanlashlari kerak, chunki bo‘yoq sochning g‘ovak qismlaridan juda tez o‘tadi. Bu tabiiy yoki sun’iy jingalak sochlarga birdek taalluqli.
Bo‘yoq komplektidagi konditsioner odatdagilardan pH darajasining pastligi bilan farqlanadi. Shuning uchun soch qoplamini silliqlashtirib, rangning uzoqroq saqlanishiga ko‘mak beradi.
Ba’zan hosil bo‘lgan rang ko‘nglingizdagidek chiqmasligi mumkin. Bunda vaziyatdan chiqishning eng to‘g‘ri yo‘li to‘qroq rangga bo‘yashdir. Agar me’yoridan oshib ketishidan cho‘chisangiz, yaxshisi salonga murojaat qiling. Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 08.02.2017 | 309 | | |
Пользователи онлайн
−Мини-чат +Мини-чат
0
Онлайн всего: 1 Гостей: 1 Пользователей: 0
|