Главная » 2017 » Июнь » 15

Britaniya Muzeyini Borib Ko'rish Uchun 5 Sabab


  • 09.02.2017
  • 181
  • 0
Britaniya muzeyi (The British Museum) — Buyuk Britaniya bosh tarixiy-arxeologik muzeyi dunyodagi eng ko‘p tashrif buyuriladigan badiiy muzeylar orasida 2-o‘rinda turadi.

Agar siz Britaniya muzeyiga borib qolgan bo‘lsangiz, albatta ko‘rishingiz zarur bo‘lgan bir necha joylar bor.

Rozetta toshi

Rozett toshi — qadimgi Misr yozuvini o‘qishga yordam bergan va ko‘rinishi uncha ahamiyatli bo‘lmagan granit plita.

Parfenon haykallari

Muzeyning 18-zalida 1801-yil graf Eljin tomonidan Afinadan keltirilgan Eljin bo‘rtma naqshlari deb nomlanuvchi haykallar va bo‘rtma naqshlar joylashgan.

Soatlar zali

Britaniya muzeyining 44-zali yonidan kirmay o‘tib ketolmaysiz. Turlicha va har xil o‘lchamdagi juda ko‘plab soatlarning jarangi, chiqqillashi va bong o‘rishi beixtiyor e’tiboringizni tortadi.

Satton-Xu xazinasi

1938-yil Satton-Xu qo‘rg‘onida topilgan bu xazina Britaniya hududining eng ahamiyatli arxeologik topilmalaridan biri hisoblanadi.

Lindoulik odam

Cheshir grafligidagi Lindou torf botqog‘ida 1984-yil torf qazib olishda mukammal tarzda saqlangan odam jasadi topildi. Keyinchalik tekshirishlarda bu odam eramizning 20—90-yillarida o‘lganligi ma’lum bo‘ldi.
Bu haqda “Daryo” nashri xabar beradi.

Всего комментариев: 0
avatar
Правила чата
Пользователи онлайн
Мини-чат
+Мини-чат
0
Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0