Britaniya Muzeyini Borib Ko'rish Uchun 5 Sabab
Britaniya muzeyi (The British Museum) — Buyuk Britaniya bosh tarixiy-arxeologik muzeyi dunyodagi eng ko‘p tashrif buyuriladigan badiiy muzeylar orasida 2-o‘rinda turadi. Agar siz Britaniya muzeyiga borib qolgan bo‘lsangiz, albatta ko‘rishingiz zarur bo‘lgan bir necha joylar bor. Rozetta toshi Rozett toshi — qadimgi Misr yozuvini o‘qishga yordam bergan va ko‘rinishi uncha ahamiyatli bo‘lmagan granit plita. Parfenon haykallari Muzeyning 18-zalida 1801-yil graf Eljin tomonidan Afinadan keltirilgan Eljin bo‘rtma naqshlari deb nomlanuvchi haykallar va bo‘rtma naqshlar joylashgan. Soatlar zali Britaniya muzeyining 44-zali yonidan kirmay o‘tib ketolmaysiz. Turlicha va har xil o‘lchamdagi juda ko‘plab soatlarning jarangi, chiqqillashi va bong o‘rishi beixtiyor e’tiboringizni tortadi. Satton-Xu xazinasi 1938-yil Satton-Xu qo‘rg‘onida topilgan bu xazina Britaniya hududining eng ahamiyatli arxeologik topilmalaridan biri hisoblanadi. Lindoulik odam Cheshir grafligidagi Lindou torf botqog‘ida 1984-yil torf qazib olishda mukammal tarzda saqlangan odam jasadi topildi. Keyinchalik tekshirishlarda bu odam eramizning 20—90-yillarida o‘lganligi ma’lum bo‘ldi.
|
Bu haqda “Daryo” nashri xabar beradi.
Пользователи онлайн
−Мини-чат +Мини-чат
0
Онлайн всего: 1 Гостей: 1 Пользователей: 0
|