Главная » Полезные советы

Полезные советы


Boshni har kuni yuvish kerakmi?


Biz siz bilan har kuni yuvish sochlarga qanday ta’sir qilishi va bosh terisi sog‘lom bo‘lishi uchun bu tadbirni qanday tarzda amalga oshirish to‘g‘risida gaplashib olmoqchimiz.

Bizning sochlarimizni va bosh terisini yog‘ bezlari ishlab chiqaradigan sebum himoya qiladi. U bakteriyalarga qarshi to‘siq bo‘lib xizmat qiladi, terini namlaydi va tashqi ta’sirlardan saqlaydi. Agar siz sochlaringizni haddan tashqari tez-tez yuvsangiz, terining himoya qatlamini yo‘qotasiz, bu bilan bakteriyalarga va qazg‘oqqa yo‘l ochgan bo‘lasiz. Shuningdek sochlarning rangi xiralashadi, shampun tarkibidagi moddalar ta’sirida ularning tuzilishi buziladi.

Nima, endi boshni umuman yuvmaslik kerakmi? Kir sochlar chiroyli ko‘rinmaydi, yoqimsiz hid chiqaradi. Bu jarayonda bir muvozanatni topish uchun bir nechta mezonlarga qarab yo‘nalishni belgilab olishimiz kerak.

Soch turlari

Agar sochlaringiz ancha qalin va jingalak bo‘lsa, ular quruq yoki normal xilga kiradi, siz ularni 3—4 kunda bir marta yuvishingiz mumkin.

Agar sochlaringiz ingichka bo‘lsa, ular kechga borib kirdek ko‘rinib qoladi, chunki ajralib chiqqan yog‘lar sochlarning ildizidan to uchigacha oson tarqaladi. Bu holat yog‘li sochlarda yuz beradi. Bunday sochlarni kun osha yuving, ikkinchi kun esa quruq shampundan foydalaning.

Mehnat faoliyati

To‘g‘ri, agar siz sport bilan shug‘ullansangiz vaziyat o‘zgaradi. Boshni mashqlardan keyin darrov yuvish yaxshiroq, ... Читать дальше »


Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 21.04.2017 | 312 |


Uy sharoitida yuz rangini yaxshilaymiz


Qish faslida yorug‘lik ta’siri yetishmasligidan va isitilgan xonalarda yetarlicha qurib ulgurgan yuz terisi och kulrang tusga kiradi. Qanday qilib terini toza va porlab turadigan ko‘rinishga keltirish to‘g‘risida aytmoqchimiz.

Shakar

Shakar — nafaqat shirin ta’m beruvchi, balki ajoyib tozalovchi vosita ham hisoblanadi. Iliq suvga biroz shakar va yuz uchun krem solib aralashtiring. Aralashma bilan yuzingiz terisini tozalasangiz, u ipakdek mayin va rangi chiroyli bo‘ladi.

Yogurt

Tabiiy yogurtdan yuz uchun niqob sifatida ham foydalanishingiz mumkin. U terini tetiklashtiradi va unga sog‘lom ko‘rinish baxsh etadi.

Kamroq miqdordagi yogurtni bir choy qoshiq suv bilan aralashtiring va yuzingizga surib qo‘ying. 20—30 daqiqadan so‘ng niqobni iliq suvda yuvib tashlang.

Bodring

Bu sabzavot teri bilan bog‘liq muammolarda, shu jumladan yuz rangini yaxshilashda ham yordam beradi.

Terining porlab turishi uchun 1 choy qoshiq bodring sharbatini 1 choy qoshiq limon sharbati bilan aralashtiring, aralashmani yuzingizga suring va to‘liq singib ketguncha qoldiring. Keyin suv bilan yuving.

Asal

Asalli niqoblar yuz terisi rangini normal holga keltirishga yordam beradi. Bir xil miqdordagi asal va quruq sutga bir tomchi limon sharbati solib aralashtiring. Aralashmani yuzingizga suring va qurigandan so‘ng iliq suvda yuving.

Manba: “Anysports.tv”


Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 21.04.2017 | 349 |


Allergiya to‘g‘risidagi eng mashhur uydirmalarni fosh qilamiz


Bahor – tabiat uyg‘onadigan, o‘simliklar gullaydigan va … allergiya ham ko‘payadigan fasl. Allergiya borasida xalqimiz ongiga turli xil fikrlar o‘rnashib qolgan. “Zararli maslahatlar” sog‘lig‘ingizga zarar keltirishini xohlamaysizmi? U holda ushbu maqolamiz siz uchun.

Allergiyani davolamasa ham bo‘ladi

Agar allergiya davolanmasa, u zo‘rayib ketishi va kelgusida nafas olish tizimining surunkali kasalliklariga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, davolanmagan allergiya ko‘p yillar davomida yashashni qiyinlashtirishi mumkin. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun pollinoz mavsumi boshlanmasdan oldin maxsus allergen immunoterapiya – allergen mikrodozalari bilan davolash bosqichi o‘tkazilishi maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

Allergiyaga yorqin va yirik gullar sabab bo‘ladi

Aslida esa yirik g‘unchalar juda kamdan-kam hollarda allergiyaga sabab bo‘ladi, chunki ular chang chiqarmaydi va deyarli hidi yo‘q. Lekin ularga guldastalarni bezatishda ishlatiladigan boshoqli o‘simliklar sabab bo‘lishi ham mumkin.

Uyda mukammal tozalik saqlanmasa, bolada allergiya paydo bo‘ladi

Uydagi changlarning zarari to‘g‘risida eshitgan ko‘pchilik ota-onalar iloji boricha uyni toza tutishga harakat qilishadi. Lekin, mukammal tozalikda yashaydigan kishilar allergik muammolarga ko‘proq duch kelishi haqida nazariya mavjud.

Toza havoda allergiya bilan kasallanish ehtimoli kamroq bo‘ladi

Allergiyaga moyil kishilarning yas ... Читать дальше »


Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 21.04.2017 | 296 |


Xitoydan keltiriladigan eng xavfli oziq-ovqatlar


Bundan o‘n yillar oldin “Xitoyda qilingan” degan yorliq kiyimlarning past sifatidan darak berar edi. Bugungi kunga kelib ko‘pchilik u yerdagi fabrikalarda ishlab chiqarilgan buyumlardan foydalanadi. Lekin oziq-ovqatlarga kelganda ishlar unchalik yaxshi emas – sifatsiz ovqatlardan zaharlanish xavfi ancha yuqori.

Baliq

Xitoy jahon bozoriga tonnalab baliq yetkazib beradi. Bu baliqlar oqova suvlarda yetishtiriladi. Ular duch kelgan narsalar, shu jumladan chiqindilar bilan ham oziqlanadilar. Ishlab chiqaruvchilar o‘sishni tezlashtirish uchun gormonlardan foydalanishdan ham toymaydilar.

Olma sharbati

Xitoy fermerlari zararkunandalar bilan kurashishda pestitsidlarni ayab o‘tirmaydilar. Hatto ular mahalliy hukumat tomonidan allaqachon taqiqlangan vositalardan ham foydalanadilar. Ishlab chiqaruvchilar bunday olma sharbati solingan idishlar yorlig‘ida faqat vitaminlar va sun’iy qo‘shimchalarni ko‘rsatishadi. Aslida esa ichimlik 200% pestitsidlarga to‘yintirilgandir.

Qo‘ziqorinlar

Qo‘ziqorinlar zaharlanish xavfi eng yuqori bo‘lgan oziq-ovqatlarga kiradi. Xitoy qo‘ziqorinlarida bu xavf geometrik progressiya shaklida o‘sib boradi.

Parranda

Ekspertlar Xitoy tovuqlarini xavfsiz deb hisoblasalar ham, faqat bunga sotib oluvchilar ishonishlari juda qiyin va mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini ma’qul ko‘radilar.

Manba: “Steaklovers.menu”


Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 21.04.2017 | 272 |




Правила чата
Пользователи онлайн
Мини-чат
+Мини-чат
0
Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0