Главная » Полезные советы

Полезные советы


Mazali pishiriqlar tayyorlash borasida maslahatlar


Yumshoq va mazali qilib pishirish – bu har qanday bekaning mahorat cho‘qqisi hisoblanadi. Uyda pishiriladigan pishiriqlar har doim yaxshi chiqishi uchun pishirishning ba’zi sirlari va maslahatlaridan foydalaning.

1.Xamir qorishdan oldin unni elakdan o‘tkazish zarur – bu uni kislorod bilan boyitadi va yumshatadi.

2.Yog‘ va shirinlik qo‘shilgan xamir tayyorlash uchun saryog‘ni bir xil zichlikda qilib qorishtirish, oshirilgan xamir uchun esa – qaymoq quyuqligida eritish lozim.

3.Oshirilgan xamir yumshoq va yengil chiqishi uchun unga qaynatilgan kartoshkani sovitib, mayda qirg‘ichda maydalab (1 kg unga 2—3 dona o‘rtacha kattalikdagi kartoshka) qo‘shish kerak.

4.Qovurilgan pirojkalar uchun tayyorlanadigan oshirilgan xamir pishiriqlar xamiriga qaraganda yumshoqroq tayyorlanadi.

5.Oshirilgan xamirni qorishdan oldin qo‘shilgan aromatik moddalar uning mazasini va hidini yaxshilashga yordam beradi: 2 piyola unga bitta apelsin yoki yarimta limon qobig‘i, 2—3 dona maydalangan kardamon mevasi,1—2 gramm vanilli shakar.

6.Agar siz mayizli xamir tayyorlayotgan bo‘lsangiz, avvalo mayizni issiq suvda yuvib undan keyin un sepsangiz mayizlar xamir ichida bir xilda joylashadi.

7.Pirog tayyor bo‘lganligini bilish uchun unga tish kovlagich tiqib tekshirib ko‘ring. Agar u quruq bo‘lsa pirogni olishingiz mumkin.

8.Pishiriqning sifatini uning og‘irligidan aniqlash mumkin: qancha yengil bo‘lsa, shunc ... Читать дальше »


Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 14.03.2017 | 376 |


Dunyodagi eng noyob va qimmatbaho tangalar


Maqolada dunyoning eng yirik auksionlari ma’lumotlariga ko‘ra ayni paytda eng qimmatbaho bo‘lgan tangalarni to‘pladik.

Beshinchi o‘rinda “Qirolicha Yelizaveta II” tilla tangasi joylashgan, u bugungi kunda eng yirik tanga hisoblanadi. Uning og‘irligi roppa-rosa 100 kilogrammga teng, shuning 99,999 foizini oltin tashkil etadi. “Qirolicha Yelizaveta II” Kanadaning Qirollik tanga saroyi tomonidan bosib chiqarilgan. Avstriyaning Doroteum auksion uyida ushbu tanga 4 million dollarga sotilgan.

1804-yilda shaxsan Siam qiroli uchun kumush Yubiley tangasi chiqarilgan. U “Tangalar qiroli” deb atalgan, numizmatika ishqibozi bo‘lgan qirolning kolleksiyasida munosib o‘rin topishga muvaffaq bo‘ldi. Qimmatbaholigi jihatidan dunyoda to‘rtinchi bo‘lgan tanga 2001-yilda xususiy kolleksioner tomonidan sotib olindi, u Siam qirolining butun kolleksiyasini 4,14 million dollarga xarid qildi.

Uchinchi o‘rindagi Edvard III — o‘rta asrlarga xos oltin florin 1343—1344-yillarda muomalada bo‘lgan. Uning nominal qiymati — 6 shilling. Spink auksionida tanga 6,8 million dollarga sotilgan.

Reytingning ikkinchi pog‘onasida 1933-yilda zarb qilingan Ikki boshli Sen-Goden burguti joylashgan. Tarixchilar so‘zlariga ko‘ra, ushbu tanga XX asr boshlariga ham, bugungi kunga ham xos bo‘lgan o‘zaro bog‘liq global iqtisodiyotga qarshi kurash ramzi hisoblanadi. Tanga auksionda 7,59 million dollarga sotilgan.

Ayni paytda dunyodagi eng qimmatbaho tanga — “Yoyi ... Читать дальше »


Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 14.03.2017 | 503 |


Uy ishlarini 2 marta tezroq bajarishda uy bekalariga maslahatlar


Uy yumushlarini qisqa vaqt ichida bajarib ulgurmoqchimisiz? Unda maslahatlarimizga quloq tuting!

Kiyimlarni dazmolsiz tekislash

Uni vannaxonaga ilib qo‘ying va xonani issiq suv yordamida bug‘ga to‘ldiring. Bug‘ kiyimdagi g‘ijimlarni tekislashga yordam beradi. Endi esa shamollating va kiyim quriguncha kuting.
Oyoq kiyimini tozalash

Qora yoki to‘q rangli charm oyoq kiyimini unchalik qimmat bo‘lmagan namlantiruvchi yoki oziqlantiruvchi krem yordamida yangidek qilish mumkin. Sport oyoq kiyimlarining oq rezinali qismini esa tish pastasi bilan oqartirsa bo‘ladi.
Duxovkani yog‘dan tozalash

Quyidagicha aralashma tayyorlang: ¼ piyola idish yuvadigan suyuqlik, yarim piyola osh sodasi, ¼ piyola perekis vodorod eritmasi, bitta limon po‘chog‘i maydasi, bir osh qoshiq sirka. Aralashmani duxovka ichiga bir tekis qilib suring va eshigini yopib qo‘ying. Kamida 4 soatdan keyin duxovka eshigini oching va ho‘l gubka bilan artib oling.
Sharikli ruchka izini ketkazish

Muammoli joyni lak tozalaydigan atsetonli suyuqlik yordamida ishqalab tozalash kifoya qiladi.
Tonal kremi dog‘ini tozalash

Yuvishdan oldin shu joyga soqol olishda ishlatiladigan ko‘pik suring va butunlay singib ketguncha qoldiring.
Uyga pokiza ko‘rinish berish

Oynalarni, eshik va derazalarni maxsus shisha tozalovchi sprey yordamida arting. Uyga yaltiragan oynalardan boshqa hech narsa bunday ko‘rinish berolmayd ... Читать дальше »


Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 14.03.2017 | 451 |


Oziq-ovqatlarni tejashni nimadan boshlash kerak?


Agar siz tez-tez eskirgan mevalarni, mog‘orlagan pishloqni va qotgan nonlarni tashlashga majbur bo‘lsangiz – bu xaridlaringizni qisqartirish va tejashning ayni vaqti kelganining belgisi hisoblanadi.

Kundalik iste’molingiz rejasini tuzing

Do‘konga chiqishdan oldin, bir haftalik ovqatlanish rejasini tuzishga harakat qiling. Mahsulotlarni rejaga asosan sotib olsangiz, do‘kondan to‘g‘ri kelgan narsalarni olishga majbur bo‘lmaysiz.

Ro‘yxat tuzing

Va unga rioya qiling. Bu siz iste’mol qilayotgan ovqatlar miqdorini baholashga yordam beradi. Shuningdek, bu usul shirinliklar joylashgan bo‘lim yonidan bemalol o‘tib ketishga yordam beradi.

Sizga qancha yeguliklar kerak bo‘lishini biling

Haddan tashqari ko‘p pishirish – yaxshi variant emas. Keragidan ortiqcha yeguliklarni sotib olish natijasida siz tashlanadigan ovqatlar sonini ko‘paytirasiz.

Saqlanish muddatini esingizda tuting

Tez buziladigan mahsulotlarning ishlab chiqarilgan vaqtini tekshiring. Uyda ularni joylashtirishda o‘rami yuzasiga saqlash muddatini katta qilib yozib qo‘ying. Shu yo‘l bilan siz ularning tez buzilmaslik imkonini oshirgan bo‘lasiz


Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 14.03.2017 | 432 |


Bolaning o‘ziga ishonishi uchun nima xalal beradi?


Ko‘pincha ota-onalar bolalarini o‘ziga ishonchi yo‘q, uyatchan, odamovi deb atashadi. Bularning hammasi o‘zlari bergan tarbiya mahsuli ekanligini o‘ylab ham ko‘rishmaydi. Agar siz bolangiz vazmin, o‘ziga va o‘z kuchiga ishongan bo‘lishini xohlasangiz – o‘zingizning muomalangizdan boshlang.

O‘ziga ishonch himoyalanish hissidan paydo bo‘la boshlaydi: agar bola og‘ir vaziyatlarda ota-onasi yordamga kelishini bilsa, uning o‘z kuchiga ishonishga o‘rganishi qiyin bo‘lmaydi.

Bunga nimalar xalal beradi?
Oshiqcha xavotirlik

Dunyodagi hamma narsadan (muammolar, omadsizlik, ayblash) qo‘rqadigan ota-onalar hech qachon o‘ziga ishonadigan odamni yetishtira olmaydi.
Qiyoslash tizimi

Haqiqiy o‘ziga ishongan kishilar boshqalarning yutug‘iga qarab emas, balki o‘z istaklari va imkoniyatlarini ishga solib muvaffaqiyat qozonadi. Boshqa bolalarga solishtirish bilan siz, birinchidan uning imkoniyatlarini shubha ostiga qo‘yasiz, ikkinchidan esa boshqalar sizga ko‘proq yoqishini ta’kidlagan bo‘lasiz.
Salbiy fikr

Agar bolangiz biror ishni boshlayotganda siz: “Bajara olmaysan” yoki “Uncha yaxshi chiqmadi”, – deb fikr bildirsangiz, hech qanday muvaffaqiyat to‘g‘risida gapirib o‘tirmasa ham bo‘ladi. Keling, bolalarga o‘z kuchini sinab ko‘rishga ruxsat beraylik va ular o‘zlari to‘g‘ri deb hisoblagan ishlarini bajarsin.

Manba: “Goodhouse.ru”


Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 14.03.2017 | 315 |




Правила чата
Пользователи онлайн
Мини-чат
+Мини-чат
0
Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0