Oziq-ovqatlarni tejashni nimadan boshlash kerak?
Agar siz tez-tez eskirgan mevalarni, mog‘orlagan pishloqni va qotgan nonlarni tashlashga majbur bo‘lsangiz – bu xaridlaringizni qisqartirish va tejashning ayni vaqti kelganining belgisi hisoblanadi. Kundalik iste’molingiz rejasini tuzing Do‘konga chiqishdan oldin, bir haftalik ovqatlanish rejasini tuzishga harakat qiling. Mahsulotlarni rejaga asosan sotib olsangiz, do‘kondan to‘g‘ri kelgan narsalarni olishga majbur bo‘lmaysiz. Ro‘yxat tuzing Va unga rioya qiling. Bu siz iste’mol qilayotgan ovqatlar miqdorini baholashga yordam beradi. Shuningdek, bu usul shirinliklar joylashgan bo‘lim yonidan bemalol o‘tib ketishga yordam beradi. Sizga qancha yeguliklar kerak bo‘lishini biling Haddan tashqari ko‘p pishirish – yaxshi variant emas. Keragidan ortiqcha yeguliklarni sotib olish natijasida siz tashlanadigan ovqatlar sonini ko‘paytirasiz. Saqlanish muddatini esingizda tuting Tez buziladigan mahsulotlarning ishlab chiqarilgan vaqtini tekshiring. Uyda ularni joylashtirishda o‘rami yuzasiga saqlash muddatini katta qilib yozib qo‘ying. Shu yo‘l bilan siz ularning tez buzilmaslik imkonini oshirgan bo‘lasiz
|
Bu haqda “Daryo” nashri xabar beradi.
Пользователи онлайн
−Мини-чат +Мини-чат
0
Онлайн всего: 1 Гостей: 1 Пользователей: 0
|