Полезные советы

Pekinlik ko‘rinmas odam, “Avatar” uchun asos bo‘lgan Xitoy manzarasi, qora choy ichmaydigan choyxo‘rlar, ovqatlanish so‘ngida tortiladigan guruch — maqolada Xitoy haqidagi ana shunday kutilmagan faktlar bilan tanishasiz.
Pekinda ko‘rinmas odam yashaydi
Lyu Bolin — Pekindagi 798-art tumanning eng mashhur rezidentlaridan. 43 yoshli rassom o‘z fotografik shohasarlari bilan tanilgan, ushbu fotosuratlarda u shunday grim qilinganki, atrof-muhit fonida to‘liq yo‘qolib ketgan.
Obrazlarni uning o‘zi yaratadi, bo‘yoq va grimni esa unga yordamchilari surib qo‘yadi, buning uchun u bo‘lg‘usi kadr joyida o‘n soatlab qimirlamay turishiga to‘g‘ri keladi. Lyuning so‘zlariga ko‘ra, shu tariqa u kundalik yugur-yugurlar ortida ko‘rinmay ketadigan oddiy odamning hayotiga jamoatchilik diqatini qaratishga urinadi.
“Avatar” filmi Xitoyda yaratilgan
G‘arb kinojamiyatining katta qismi shov-shuvli “Avatar” 3D filmidagi manzaralar film yaratuvchilari tomonidan “nol”dan boshlab chizilgan yoki rejissor Jeyms Kemeronning tushida ayon bo‘lgan, va faqat kompyuter grafikasi yordamida suratga olingan, deb o‘ylaydi.
Aslida esa Pandora manzaralari Xitoyning Xunan provinsiyasidagi kvars va qumtoshdan hosil bo‘lgan ustunlari bilan taniqli Chjanszyasze tabiat bog‘idan ko‘chirilgan.
Xitoyliklar deyarli qora choy ichmaydi
Buning ustiga, Xitoyda u qora emas, qizil deb ataladi, uning qizg‘ish-karamel rangini hisobga
...
Читать дальше »
Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 04.03.2017 | 215 | | Mukammal pressga ega bo‘lish uchun ko‘pchilik bekorga harakat qiladi. Hech narsa, ertalabki yugurishlar ham, hatto mashq qilish zallarida doimiy shug‘ullanish ham yordam qilmayotganidan shikoyat qiladi.
Haqiqatan ham, mukammal qorin muskullarga qanday qilib erishish mumkin? Hamma gap, ma’lum bir nozik tomonlariga to‘g‘ri yondashishni bilish zarurligidadir.
Xohlaganini yeyish
Parhezning elementar qoidalariga rioya qilmasangiz hech qachon chiniqtirilgan muskullarga ega bo‘la olmaysiz. Hatto yugurish yo‘lakchasi siz uchun ertalabki zaruriy ajralmas qismga aylangan bo‘lsa ham kun davomida iste’mol qilgan yog‘li ovqat va ichkilik natijasida butun urinishlaringiz bekor ketadi.
Muskullar uchun oziq-ovqatlar
Ko‘pchilik ishlab chiqaruvchilar o‘zlarning oziq-ovqatlarini muskullarni chiniqtirishga yordam berishi to‘g‘risida noto‘g‘ri reklama qiladi. Lekin, ming afsuski mukammal muskullar uchun muntazam ravishda shug‘ullanishdan boshqa hech narsa yordam berolmaydi.
Tez takrorlashlar
Jadallik hech qachon qorin muskullarini ishlatish garovi bo‘lmagan. Muskullar uchun har qanday mashqlarni uzluksiz ravishda va shoshilmasdan bajarish zarur.
Tanaffus qilib turish kerak
Ba’zi sportchilar mashqlarni ikki-uch kunda bir marta qilish kerak deb hisoblaydi. Ya’ni, tanaffussiz natija bo‘lmaydi deyishadi. Bu noto‘g‘ri, muskullarni har kuni mashqlarni almashtirgan holda ishlatsang
...
Читать дальше »
Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 04.03.2017 | 237 | | Platsebo yoki davolash xususiyati bo‘lmasa-da organizmga ijobiy ta’sir qiluvchi moddalar haqida anchadan beri ma’lum. Platseboning samarasi psixoemotsional ta’sirga asoslangan.
Platsebo yurak urishi tezligini va qon bosimini, shuningdek bosh miyaning kimyoviy faolligini rag‘batlantirish xususiyatiga ega. U og‘riqlardan, depressiyadan, xavotirlik, charchash va hatto Parkinson kasalligining ba’zi belgilaridan qutulishga yordam beradi.
Tajribalar asosida aniqlanishicha, organizmning platseboga reaksiyasi uni qabul qilish usuliga bog‘liq. Shuningdek, platsebo faqat oldindan ma’lum bo‘lgan va kutilayotgan davolash samarasini beradi. Kutilayotgan ta’sir qancha yuqori bo‘lsa — platseboning ta’siri shuncha kuchli bo‘ladi. Platsebo ko‘pincha ekstravertlarga, xavotirlik darajasi yuqori bo‘lgan kishilarga, gumonsirash, o‘ziga ishonchsizlik holatlariga yaxshi ta’sir qiladi. Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 04.03.2017 | 205 | | Bizning maslahatlarimiz sizga mukammal qomatga ega bo‘lishingizda yordam beradi.
Har ikki haftada mashqlar rejimini o‘zgartiring
Florida universitetida o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, bir oyda ikki marta sport rejimini o‘zgartirgan kishilarning mashqlarga qiziqishi ortgani va yaxshi natijalarga erishgani ma’lum bo‘lgan.
Mashqlardan keyin yeng
Olimlarning aytishicha, nonushta payti emas, mashqlardan keyin ovqatlanish muhim hisoblanar ekan.
Mushaklarga e’tibor qarating
Mashqlarni bajarishda musiqa eshitishga yoki o‘y surishga chalg‘ish samaradorlikni pasaytiradi. Siz har bir harakatni, har bir mushaklar qisqarishini his qilishingiz va qanchalik kuchga to‘layotganingizni ko‘z oldingizga keltirishingiz zarur.
Mashqlaringizni qiyinlashtiring
Mashqlar muvaffaqiyatining siri — mumkin bo‘lganidan ham ko‘proq kuchni ishga solish.
Turnikda tortiling
Turnikda tortila olmasangiz ham, tik holatda osilib turishning o‘zi son va bel mushaklarini ishlashga majbur qiladi.
Manba: Men’s Health Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 04.03.2017 | 180 | | Uyning ichki qiyofasini o‘zgartirishning eng yaxshi yo‘li uni ta’mirlashdir. Ta’mir bilan bog‘liq bo‘lgan eng muhim savol – uni nimadan boshlash kerak?
Ta’mir qilishda juda ko‘p kuch va mablag‘ talab etiladi. Ishchilarni yollash esa undan ham qimmatroq turadi. Shuning uchun, mablag‘ingizni tejashni istasangiz, yaxshisi ta’mirni o‘zingiz tashkillashtiring.
Birinchi bo‘lib, natijasi qanday bo‘ladigan remontni xohlayotganingizni aniqlab oling va reja tuzishga kirishing.
Uslubni tanlaymiz
Rejaga asosan kvartirani qanday bezash uslubini ham aniqlab olish mumkin. Uslubga asosan remont uchun zarur bo‘ladigan materiallar ro‘yxatini tuzing.
Materiallarni tanlash
Tanlanadigan materiallar aniq bo‘lganidan so‘ng bajariladigan ishlarni va uning bahosini aniqlash oson bo‘ladi.
Bahosi
Tuzilgan ro‘yxatga asosan do‘konlardan narxlar to‘g‘risida ma’lumotlar olingandan so‘ng, nihoyat ta’mirning jami xarajatlari bahosini bilish mumkin.
Shundan so‘ng mablag‘ingizga qarab ta’mirlash ishlarini boshlasangiz bo‘ladi. Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 04.03.2017 | 243 | | |
Пользователи онлайн
−Мини-чат +Мини-чат
0
Онлайн всего: 1 Гостей: 1 Пользователей: 0
|