Uyni ta’mirlashni boshlashdan oldin nima qilish kerak?
Uyning ichki qiyofasini o‘zgartirishning eng yaxshi yo‘li uni ta’mirlashdir. Ta’mir bilan bog‘liq bo‘lgan eng muhim savol – uni nimadan boshlash kerak? Ta’mir qilishda juda ko‘p kuch va mablag‘ talab etiladi. Ishchilarni yollash esa undan ham qimmatroq turadi. Shuning uchun, mablag‘ingizni tejashni istasangiz, yaxshisi ta’mirni o‘zingiz tashkillashtiring. Birinchi bo‘lib, natijasi qanday bo‘ladigan remontni xohlayotganingizni aniqlab oling va reja tuzishga kirishing. Uslubni tanlaymiz Rejaga asosan kvartirani qanday bezash uslubini ham aniqlab olish mumkin. Uslubga asosan remont uchun zarur bo‘ladigan materiallar ro‘yxatini tuzing. Materiallarni tanlash Tanlanadigan materiallar aniq bo‘lganidan so‘ng bajariladigan ishlarni va uning bahosini aniqlash oson bo‘ladi. Bahosi Tuzilgan ro‘yxatga asosan do‘konlardan narxlar to‘g‘risida ma’lumotlar olingandan so‘ng, nihoyat ta’mirning jami xarajatlari bahosini bilish mumkin. Shundan so‘ng mablag‘ingizga qarab ta’mirlash ishlarini boshlasangiz bo‘ladi.
|
Bu haqda “Daryo” nashri xabar beradi.
Пользователи онлайн
−Мини-чат +Мини-чат
0
Онлайн всего: 1 Гостей: 1 Пользователей: 0
|