Главная » Полезные советы

Полезные советы


Dunyoning Eng Qimmat Atirlari


Aytishlaricha, haqiqiy atir uzoq vaqtlar davomida ko‘plab kishilarning og‘ir mehnatlari evaziga yaratilgani uchun arzon bo‘lishi mumkin emas ekan.

Lekin shunday atirlar borki, baholari aqlga sig‘mas darajada yuqori. Shunday qilib, dunyodagi eng qimmat atirlar bilan tanishing.

5-o‘rin: Clive Christian No.1

Mashhur britanoyalik dizayner Klayv Kristian tomonidan yaratilgan atir uch karat javohir bilan bezatilgan ajoyib billur idishi bilan ajralib turadi. Har yili bu kamyob atirdan 1000 nusxa ishlab chiqariladi. 30 ml miqdordagi bu atirning bahosi 5500 dollarni tashkil qiladi.

4-o‘rin: Royal Arms Diamond Edition Perfume

Londondagi Floris uyi qirolicha Yelizaveta II ning javohir yubileyi sharafiga o‘ziga xos atir chiqardi. Atir har biri 20-asr boshlarida yaratilgan va javohir bilan bezatilgan 18 karatli tilla zanjirli 6 ta noyob shishalarga solingan. Bu atirning narxi 23 000 AQSh dollarini tashkil qiladi.

3-o‘rin: Guerlain Idylle Baccarat — Lux Edition

Bunday atir uchun Ora Ito kompaniyasi ko‘z yoshi shaklidagi noyob tillaga o‘ralgan billur idish ishlab chiqardi. Atir solingan bu idishning narxi 40 ming AQSh dollaridan iborat.

2-o‘rin: Clive Christian Imperial Majesty

Noyob parfyumeriya aralashmasi yuqori sifatli tog‘ billuridan yasalgan idishlarga solingan. Shishaning bo‘yniga 18 karatli tilla folga yopishtirilgan va qopqog‘i 5 karatli javohirdan yasalgan. Bu atirn ... Читать дальше »


Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 14.02.2017 | 303 |


Samalyotda Uchish Qiyinchiliklarini Yengish Yo'llari


Agar siz hech qachon samolyotda uchmagan bo‘lsangiz va bu voqea salbiy oqibatlarsiz kechishini xohlasangiz, sizga bu borada bir necha maslahatlar bermoqchimiz.

Uchish oldidan

Uchish oldidan asablarni tinchlantirish uchun to‘yib uxlab olish maqsadga muvofiqdir.

Tomirlaringiz bilan bog‘liq muammolar bo‘lsa yaxshisi, uchish oldidan shifokor bilan maslahatlashganingiz ma’qul.

Uchish oldidan gazli ichimliklar ichmaslikka harakat qiling. Uchish paytida esa iloji boricha ko‘proq suyuqlik iching.
Qahva yoki choy asab tizimiga nojo‘ya va xavotir hissini uyg‘otuvchi ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga ega bo‘lgani uchun uchish paytida ichish tavsiya qilinmaydi.

Uchish paytida

Oyoq kiyimni yeching. Oyoq kaftlarini massaj qiling. Har soatda o‘rindiqdan turing va harakatlaning.

Boshga va bo‘yinga qulaylik to‘g‘dirish uchun maxsus yostiqchadan foydalaning.

Agar uchish va qo‘ndirish paytlarida quloqlaringiz bitib qolsa maxsus konfetlardan shiming.

Bu maslahatlarimiz yordamida siz yo‘lni qiyinchiliklarsiz uchib o‘tasiz va kuchga to‘lgan holda yaxshi kayfiyat bilan manzilingizga yetasiz deb umid qilamiz.


Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 14.02.2017 | 497 |


Vaqtni Rejalashtirishni 3 Siri


Texnikaning jadal sur’atlarda taraqqiy etishi hayotimizning ancha qulay va yengil kechishiga sabab bo‘lmoqda. Ilgari haftalar davomida qilishga ulgurolmagan ishni hozir daqiqalarda bajarishimiz mumkin. Shunday ekan, vaqtimizni nimaga sarflayapmiz va bugungi kunda nima sababdan bizga vaqt yetishmaydi?

Vaqtdan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin? Hamma narsani o‘z vaqtida qilishga ulgurish uchun qanday yo‘l tutish kerak?

Kunni rejalashtira olish juda muhim

Boshida, yaxshisi qog‘ozga yozib olganingiz ma’qul. Kunni soatlarga bo‘lib chiqing. Kun davomida qiladigan ishlaringizni yaxshilab aniqlab oling. Aniq rejani tuzib bo‘lganingizdan so‘ng unga amal qilishga harakat qiling. Albatta, boshida ancha qiyin bo‘ladi, lekin vaqt o‘tishi bilan ishlaringizni reja asosida bajarishga odatlanib qolasiz.

Ishlarni keyinga surmang

Ko‘pincha biz hozir qilinishi kerak bo‘lgan ishni ertaga yoki keyinga qoldiramiz. Lekin shuni unutmaslik lozimki, bu ishni ertami-kechmi baribir bajarishga to‘g‘ri keladi.

Hammasini o‘zingiz bajarmaslikka harakat qiling

Ba’zilar ishning sifatsiz bajarilishidan qo‘rqib boshqalarga yuklatishni ep ko‘rmaydi va hammasini o‘zlari qiladi. Natijada bu ishni o‘z vaqtida bajara olmaydi. Yordamchi sifatida olisdan turib xizmat ko‘rsatadigan mutaxassislardan foydalanishingiz mumkin.

Manba: “Cluber.com”


Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 14.02.2017 | 154 |


Ideal Smuzi Tayyorlash Qoidalari


Oxirgi yillarda smuzi — maydalangan sabvazot, mevalarga sut, yogurt va myusli qo‘shilgan ichimlik juda ommalashdi. Ajoyib ta’mga ega bo‘lgan ichimlikni tayyorlash ham qiyin emas: sevimli mevalaringizni blenderga joylab, muz va sut qo‘shasiz, so‘ngra ko‘pirtirasiz. Biroq ichimlik nafaqat mazali, balki foydali ham bo‘lishi uchun muayyan qoidalarga amal qilish lozim.

Shoshilmaslik

To‘g‘ri, smuzi juda tez tayyor bo‘ladi, biroq bu uni uch soniyada tayyorlash kerakligini anglatmaydi. Optimal variant — jarayon uchun 1—2 daqiqa sarflash.

Quyultirgich qo‘shing

Smuzi juda suyuq bo‘lmasligi lozim. Kremsifat tarkibga erishish uchun ichimlikka quyultirgich qo‘shing. Etli mevalar — shaftoli, o‘rik, banan kabilar bu vazifani ajoyib tarzda uddalaydi.

Shakar qancha kam qo‘shilsa shuncha yaxshi

Ideal smuzi uchun shakar qo‘shmang. Reza mevalar, muzlatilgan banan va xurmo ichimlikni shakarsiz ham shirin qiladi. Agar ichimlik juda shirin chiqqan bo‘lsa, unga limon yoki laym sharbati qo‘shish orqali xatolikni to‘g‘rilash mumkin.

Juda ko‘p masalliq qo‘shmang

Blenderga bir vaqtning o‘zida barcha foydali mahsulotlarni solish istagi bo‘lsa ham, uch yoki to‘rt xil mahsulotdan foydalanishni tavsiya etamiz. Aks holda uning ta’mi g‘alati chiqishi mumkin, ayniqsa sabzavotlar qo‘shilganda.

Xom mevalar qo‘shmang

Xom mevani iste’mol qilishni istamaysiz, shunday emasmi? Shuning uchu ... Читать дальше »


Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 14.02.2017 | 362 |


Tabiiy Makiyaj Qoidalari


Tabiiy go‘zallik — oxirgi mavsum trendi. Kosmetika vositalarining qalin qatlami kamchiliklarni yashirsa-da, barcha ayollarni bir xil ko‘rsatib qo‘yadi.

Tabiiy makiyaj — bu yengil make up bo‘lib, sizning afzalliklaringizga urg‘u beradi va deyarli sezilmaydi. Tabiiy makiyajni qanday hosil qilish mumkin?

Asosiysi, yuz rangi tiniq bo‘lishi lozim. Ko‘z ostidagi qora aylanalarni va teridagi kichik kamchiliklarni korrektor yordamida ko‘zdan yashiring. Ozgina BB krem suring. Teriga bir necha qavat tonal vositasi surish tavsiya etilmaydi.

Jigar rang tush qoraga qaraganda ko‘proq tabiiy ko‘rinadi. Uni keragidan ortiq surishning ham iloji yo‘q. Ko‘zning ichki burchaklari va pastki kipriklar chizig‘i ostiga surilgan yorug‘likni qaytaruvchi zarrachalarga ega badan rangidagi qalam qarashlaringizga joziba bag‘ishlaydi.

Qosh osti, peshona, yonoqlar va iyak sohasiga surilgan xaylayter yuzga sog‘lom yorqinlik beradi.

Lab bo‘yog‘i rangini lablaringiz rangiga yaqin bo‘lganini tanlang. Yuzingizga ozgina shaffof pudra suring — tabiiy makiyaj tayyor!

Tashqi ko‘rinishingiz faqat o‘zingizga xos ekanligini unutmang! Kimgadir o‘xshash uchun qavat-qavat makiyaj surish yaramaydi. Tabiiy go‘zallikka yengil urg‘u berishning o‘zi kifoya!


Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 14.02.2017 | 399 |


Zerikarli Qish Oqshomida Kayfiyatni Ko'taruvchi Komediyalar


Qish ob-havosi va sharoitiga bog‘liq bo‘lgan tushkun kayfiyatingizni qiziqarli kitoblar va kulgili komediyalar yordamida ko‘tarishingiz mumkin. Biz siz uchun har xil mavzudagi komediyalar variantlarini to‘pladik.

Qirol uchun gologramma (Hologram for the King)

“Gologramma” — biroz sevgi iztiroblari dramasi tasvirlangan yoqimli komediya.

“Badfe’l xonimlar” (Mother’s Day)

Onalarga bag‘ishlangan ta’sirchan komediya. Bosh rollarda Jennifer Eniston, Juliya Roberts, Keyt Xadson va Jeyson Sudeykis.

“Erkaklar nima to‘g‘risida gapiradi?”

Erkaklar suhbatining asosiy mavzusi – ayollar. Ular ayollarsiz umuman yashay olishmaydi!

“Qudalar”

Juda katta va ahil oila to‘g‘risidagi ajoyib zamonaviy komediyali serial.

“Don Verden” (Don Verdean)

Sem Rokuell ishtirok etgan omadsiz arxeolog to‘g‘risidagi sarguzasht komediya.

Xollerlar (The Hollars)

“Xollerlar” — Jon Krasinski suratga olgan kulgili oilaviy drama.


Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 14.02.2017 | 286 |


Televizor Tanlashda Adashmang


Televizor sotib olishdan oldin ba’zi maslahatlarga quloq tutishingizni tavsiya etamiz.

Narxlarni aniqlashtirib oling

Maxsus do‘konlarga borishda shuni esda tutingki, bu mavzu to‘g‘risidagi kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lmasangiz televizorning haqiqiy narxidan 2—3 baravar ko‘p mablag‘ sarflab qo‘yishingiz mumkin.

O‘lchamini belgilab oling

Sotib olmoqchi bo‘lgan yangi televizorni qayerga joylashtirmoqchi ekanligingizni aniq rejalashtiring. Bu joyni o‘lchang va shu o‘lchamlar bilan do‘konga boring.

Mosini tanlang

Hozirgi kunda eng ko‘p qo‘llaniladigan ekranlar Full HD modellari hisoblanadi. Ular yotiq yo‘nalish bo‘yicha 1920 piksel va tik yo‘nalish bo‘yicha 1080 piksel tasvirlardan tashkil topgan. Reklamalarda esa yangi 4K-televizorlarni ilgari surishga harakat qilishmoqda. Lekin bu televizorlarga tasvirlarni sifatli ravishda ko‘rsatishi uchun kamdan-kam uchraydigan qo‘shimcha 4K-kontent o‘rnatishga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun hali yetarlicha takomillashib ulgurmagan bu model uchun katta mablag‘ sarflashingizni tavsiya qilmaymiz.

Ranglar ko‘lamiga e’tibor qiling

Ekranlar bir xil texnologiyada ishlab chiqariladi. Bu texnologiya tasvirlarni barcha ranglar ko‘lami doirasida ko‘rsatishga yetarlicha asoslangan.

Yuqoridagilarni aniqlab olgan bo‘lsangiz, ishlab chiqaruvchi firmalarning internetdagi rasmiy saytlari orqali birorta variantni tanlashingiz va qo‘rqmasdan do‘ ... Читать дальше »


Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 14.02.2017 | 234 |




Правила чата
Пользователи онлайн
Мини-чат
+Мини-чат
0
Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0