Главная » 2017 » Июнь » 15

Ideal Smuzi Tayyorlash Qoidalari


  • 14.02.2017
  • 363
  • 0
Oxirgi yillarda smuzi — maydalangan sabvazot, mevalarga sut, yogurt va myusli qo‘shilgan ichimlik juda ommalashdi. Ajoyib ta’mga ega bo‘lgan ichimlikni tayyorlash ham qiyin emas: sevimli mevalaringizni blenderga joylab, muz va sut qo‘shasiz, so‘ngra ko‘pirtirasiz. Biroq ichimlik nafaqat mazali, balki foydali ham bo‘lishi uchun muayyan qoidalarga amal qilish lozim.

Shoshilmaslik

To‘g‘ri, smuzi juda tez tayyor bo‘ladi, biroq bu uni uch soniyada tayyorlash kerakligini anglatmaydi. Optimal variant — jarayon uchun 1—2 daqiqa sarflash.

Quyultirgich qo‘shing

Smuzi juda suyuq bo‘lmasligi lozim. Kremsifat tarkibga erishish uchun ichimlikka quyultirgich qo‘shing. Etli mevalar — shaftoli, o‘rik, banan kabilar bu vazifani ajoyib tarzda uddalaydi.

Shakar qancha kam qo‘shilsa shuncha yaxshi

Ideal smuzi uchun shakar qo‘shmang. Reza mevalar, muzlatilgan banan va xurmo ichimlikni shakarsiz ham shirin qiladi. Agar ichimlik juda shirin chiqqan bo‘lsa, unga limon yoki laym sharbati qo‘shish orqali xatolikni to‘g‘rilash mumkin.

Juda ko‘p masalliq qo‘shmang

Blenderga bir vaqtning o‘zida barcha foydali mahsulotlarni solish istagi bo‘lsa ham, uch yoki to‘rt xil mahsulotdan foydalanishni tavsiya etamiz. Aks holda uning ta’mi g‘alati chiqishi mumkin, ayniqsa sabzavotlar qo‘shilganda.

Xom mevalar qo‘shmang

Xom mevani iste’mol qilishni istamaysiz, shunday emasmi? Shuning uchun uni smuziga ham qo‘shmang. Birinchidan, u yaxshi maydalanmaydi, ikkinchidan mazasi ham shirin chiqmaydi.

Tajriba qilib ko‘rishdan cho‘chimang!
Bu haqda “Daryo” nashri xabar beradi.

Всего комментариев: 0
avatar
Правила чата
Пользователи онлайн
Мини-чат
+Мини-чат
0
Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0