Главная » Полезные советы

Полезные советы


Bosh oshpazdan 5 ta pazandalik maslahati


Bugun sizga Live Kitchen pazandalik studiyasi oshpazining tezroq va mazaliroq tayyorlashga yordam beruvchi bir necha sirlarini oshkor qilmoqchimiz.

1. Pomidorning po‘stini pichoq bilan oling

Ba’zan retseptlar uchun po‘sti olingan pomidorlar talab qilinadi. Ayniqsa qaylalar yoki pyure-sho‘rvalar masalasiga kelganda: po‘stloq tarkibni o‘zgartiradi yoki bundan ham yomonrog‘i taxir qiladi va ta’mini buzadi. Uni olib tashlash uchun pichoq va biroz epchillik kerak bo‘ladi.

Pichoqni o‘tkirlang. Po‘stlog‘i oson olinishi uchun u o‘tkir bo‘lishi kerak.
Pomidorlarni tayyorlang. Ularni yuving va sochiqcha bilan artib quriting.
Pomidorlarni bo‘laklarga ajrating. Ularni ishlov beruvchi taxta ustiga po‘stini pastga qilib qo‘ying.
Ehtiyotlik bilan, etiga tegizmasdan po‘stini kesing. Keyin urug‘larini olib tashlang.
2. Qiymaga sariyog‘ qo‘shing

Yog‘ bo‘tqani va kotletlarni ham buzmaydi. Bu masalliq tufayli ular shirador va mazali chiqadi.

Bir bo‘lak sariyog‘ oling. 1 kg qiymaga 100 g yog‘ qo‘shish kerakligini hisobga oling.
Yog‘ bo‘lagini yirik qirg‘ichda qiring.
Yog‘ni qiymaga qo‘shing va aralashtiring.
3. Ziravorlarni tovada qovurib oling

Taomlarga quruq o‘tlar va ziravorlar qo‘shuvchilar uchun maslahat. Bevosita tayyorlash oldidan xushbo‘y hidini kuchaytirish uchun ularni quruq tovada qovuring.

4. Tayyorlash oldidan shampinyonlarni yuvmang

... Читать дальше »


Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 18.06.2017 | 255 |


Qanday holatdagi sabzavot va mevalar foydaliroq: yangi uzilganlarimi yoki muzlatilganlari?


Odatda biz yangi terilgan sabzavotlar, mevalar va rezavor mevalarni afzal ko‘ramiz. Bizga muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida foydali mikroelementlar kamaygandek bo‘lib ko‘rinadi. Bu haqiqatan ham shundaymi yoki yo‘qligini ko‘rib chiqamiz.

Oziq-ovqatlarning ta’mini va yangiligini saqlab qolish uchun ko‘pchilik muzlatishga urinib ko‘rdi. Birinchi bo‘lib XX asr boshlarida kashfiyotchi Klarens Byordsay bunga erishishga muvaffaq bo‘ldi.

Bugungi kunda muzlatishdan oldin sabzavotlar ustidan qaynoq suv quyiladi. Oziq-ovqatlar haroratning bunday tarzda o‘zgarishi natijasida tarkibidagi ba’zi foydali elementlarni yo‘qotadi.

Lekin shuni esda tuting:

Yangi oziq-ovqatlarga hech qanday ishlov berilmasa ham ular tarkibidagi ozuqaviy moddalarning bir qismidan ajraladi.

Masalan, yashil no‘xat terilganidan keyin 24–48 soat davomida tarkibidagi C vitaminining deyarli yarmini yo‘qotadi.

Kaliforniya Universiteti xodimlari muzlatilgan va yangi sabzavotlar tarkibidagi ozuqaviy moddalarni o‘zaro solishtirib ko‘rdi, lekin hech qanday jiddiy farq topa olmadi.

Masalan muzlatilgan makkajo‘xori, qorag‘at va qo‘zoqli loviyalarda C vitamini yangi uzilganlariga qaraganda ko‘proq ekanligi aniqlandi. Shuningdek, muzlatilgan brokkoli tarkibida B2 vitamini ko‘proq saqlanar ekan.

Olimlar boshqa tadqiqotlar doirasida muzlatilgan va yangi terilgan oziq-ovqatlar tarkibidagi kletchatkalar, magniy, rux, ... Читать дальше »


Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 18.06.2017 | 323 |


Biznes-g‘oya: chiqindini qayta ishlashdan daromad qilish yo‘llari


Qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash investitsiya kiritish uchun eng maqbul biznes turlaridan biri hisoblanadi. Bu bozordagi nisbatan erkin soha, chunki chiqindilarni qayta ishlovchi korxonalar O‘zbekistonda unchalik ko‘p emas, deb yozadi “Kommersant.uz”.

Bu biznes yuqori rentabelli bo‘lib, misol uchun, bir kilogramm plastik chiqindisidan 0,8 kilogramm ikkilamchi xomashyoni olish mumkin.

O‘zbekistonda har kuni 13 tonnadan ortiq qattiq maishiy chiqindi to‘planadi. Ulardan bor-yo‘g‘i 14 foizga yaqini qayta ishlanadi. Bunga 137 ta tashkilot jalb etilgan. Chiqindilardan foydali va kam uchraydigan materiallarni olishning o‘zi 22,2 million dollarga baholanmoqda.

Chiqindidan nimalar hosil qilinadi?

Plastik

Rang bo‘yicha ajratilib, turli yot buyumlar va iflosgarchilikdan tozalanadi, xom ashyo presslanadi. Shundan so‘ng maydalanib, bug‘ qozonida ishlov beriladi, u yerda iflosgarchiliklar qoldiqlari yo‘qotiladi. Keyingi bosqich chayish va sayqallash. Natijada turli rangdagi va sifatdagi granulalarga ega bo‘lamiz. Ulardan esa chelaklar, yashiklar, cherepitsa, bruschatka va boshqa buyumlar ishlab chiqariladi.

Qog‘oz

Qog‘oz suvga tushirilib, undan yot buyumlar tozalanadi. Shundan so‘ng qog‘ozga termomexanik qayta ishlov beriladi. Aralashma yupqa tozalashdan o‘tadi va elak orqali filtrlanadi. Undan esa hojatxona qog‘ozi, karton, qadoqlash uchun material, MDF, DVP va paketlar ishlab chiqariladi. ... Читать дальше »


Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 18.06.2017 | 521 |


Muddati o‘tgan kosmetika vositalaridan foydalanish mumkinmi?


Ko‘pchilik qizlarni saqlash muddati o‘tgan krem yoki lab bo‘yog‘idan foydalansa nima bo‘ladi, degan savol qiziqtiradi.

Ochilgandan keyingi saqlash muddati

Ko‘pchilik kosmetika vositalari qutisi ustida maxsus belgi bor — ochiq banka tasviri, uning ichida esa raqam va M harfi. Raqam vosita ochilgandan keyin necha oy foydalanish mumkinligini bildiradi. Albatta, bu qat’iy qoida bo‘lmasa ham, har holda bu muddatni hisobga olish foydali.

Mahsulot buzilganini qanday aniqlash mumkin?

Agar mahsulotning rangi, tuzilishi yoki hidi o‘zgargan bo‘lsa va terida yoqimsiz holat sezilsa yoki uning usti mog‘orlagan bo‘lsa demak bu uni tashlash vaqti kelganining belgisi bo‘ladi.

Qurib qolgan tushni suvda eritishga urinmang, uni darrov tashlab yuboring. Suv — bakteriyalar rivojlanishi uchun mukammal muhit hisoblanadi.

Kosmetikadan qancha vaqt foydalanish mumkin?

Mutaxassislar kosmetika vositalarining saqlanish muddati to‘g‘risida quyidagi tavsiyalarni beradilar:

Dekorativ kosmetika vositalari

Tush va podvodka — 3–4 oy.
Suyuq yoki kremli tonal asoslar va konsilerlar — 6 oydan bir yilgacha.
Upalar (yog‘upa, bronzerlar, tenlar) — 2–3 yil.
Pomadalar, qalamlar va lab uchun yaltiroqlar — 2–3 yil.
Parvarishlash vositalari

Toniklar — 6 oydan bir yilgacha.
Namlantiruvchi kremlar va zardoblar — 6 oydan bir yilgacha.
Tozalovchi vositalar ... Читать дальше »


Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 18.06.2017 | 374 |


Yuksak aql-idrokning kutilmagan 3 belgisi


Hurfikrli qarashlar, yolg‘izlikni va tungi yashash tarzini sevish. Bular va boshqa xususiyatlar siz boshqalardan ko‘ra aqlliroq ekanligingiz haqida aytishi mumkin.

Yolg‘izlikni sevish

Evolyutsion psixolog Satosi Kanadzavaning yana bir kashfiyoti: aqlli kishilar do‘stlari bilan kamroq uchrashsalar o‘zlarini baxtliroq his qiladilar. Shunisi qiziqki, ko‘pchilik kishilar uchun hammasi aksincha: ular oshnalari bilan qancha tez-tez muloqot qilib tursa, o‘zlarini shuncha yaxshi his qilishadi.

Bunday qarama-qarshi haqiqatning sababi yaqqol ko‘rinib turibdi. Aql-idroki yuqori bo‘lgan odamning fikri ko‘proq murakkab vazifalar va loyihalarga qaratilgan, do‘stona o‘tirishlar esa ularni faqat chalg‘itadi.

Tungi yashash tarzi

Oldingi banddagidek, Kanadzavaning faraz qilishicha, aqlli kishilarning kun tartibi oldindan qabul qilingan kun tartibidan tubdan farq qiladi. Ya’ni, bizning ajdodlarimiz sutkaning yorug‘ vaqtlaridan unumli foydalanishga harakat qilishgan va qorong‘i tushishi bilan uxlashga yotishgan, hozir esa yuqori aql-idrok sohiblari bunday odatga amal qilmaydilar.

Ruhshunoslar tomonidan olingan ma’lumotlar bu fikrning to‘g‘riligini tasdiqlaydi. Kechroq uxlaydigan va turadigan kishilar erta turuvchilarga qaraganda aqlliroq bo‘ladilar.

Ishonishga moyillik

2014-yilda e’lon qilingan tadqiqotlar yuksak aql-idrok odamlarga ishonish qobiliyati bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi. Bu yerda ... Читать дальше »


Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 18.06.2017 | 324 |




Правила чата
Пользователи онлайн
Мини-чат
+Мини-чат
0
Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0