Полезные советы

Agar siz hali ham oshxonadagi eng zararli narsa mayonez deb o‘ylasangiz, xato qilasiz.
Antibakterial yuvish vositasi
Qo‘llarni va idishlarni yuvish uchun antibakterial vosita sotib olish eng oqilona qarorga o‘xshaydi. Lekin olimlar buni ma’qullamaydilar. Ularning fikricha, agar inson organizmiga bunga o‘xshash vositalar tarkibining asosini tashkil qiluvchi triklozan antibiotigining juda kam miqdorda bo‘lsa ham tushishi homiladorlik asoratlari va endokrin tizimi muammolariga olib keladi, shuningdek u immun qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Yog‘och taxtalar
Arizona Universiteti mikrobiologlari ishlov beruvchi yog‘och taxtalar ko‘plab mikroorganizmlarning manbai degan xulosaga kelishdi. Ularning aytishicha, mikroblar to‘dasi ovqatdan zaharlanishni keltirib chiqarmasa ham toshmalar, vazn yig‘ilishi va allergik reaksiyalarga sabab bo‘lishi mumkin ekan.
Yorilgan va singan idishlar
Yorilgan yoki singan idishlarda ovqat yeyish xavfli hisoblanadi. Agar sirlangan qozon yoki chinni idishning yuqori qavati zararlangan bo‘lsa, bu idish tayyorlangan material oziq-ovqat mahsulotlari bilan kimyoviy reaksiyaga kirishishi mumkin.
Suvenirlar
Sovutgich ustidagi magnitlar, har xil o‘yinchoq haykalchalar va chet eldan keltirilgan mayda-chuydalar oshxonaga shinamli
...
Читать дальше »
Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 20.04.2017 | 307 | | |
Пользователи онлайн
−Мини-чат +Мини-чат
0
Онлайн всего: 1 Гостей: 1 Пользователей: 0
|