Полезные советы

Ijtimoiy tarmoqlar bir necha yil ichidayoq hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Ular muloqot uchun universal maydon bo‘lib tuyuladi. “Do‘stlar toping, muloqot qiling, lahzalar bilan bo‘lishing”, — deya ular bizni o‘ziga tortadi. Ammo siz ijtimoiy tarmoqlarga haddan tashqari moyillik qanday salbiy oqibatlarga olib kelishini ham bilib qo‘yishingiz kerak.
Siz o‘z sahifangizni tekshirmasdan tura olmaysiz
Agar xabar kelgan bo‘lsa-chi? Zudlik bilan “layk” qo‘yish kerak bo‘lgan postni joylashgan bo‘lsa-chi? Aslida siz bunday deb o‘ylamaysiz. Siz shunchaki sahifani tekshirasiz, chunki bunday qilmasdan tura olmaysiz.
Tadqiqotchilar tomonidan so‘ralgan foydalanuvchilarning 80 foizi o‘z sahifalarini sutkasiga kamida bir marta tekshirmasdan tura olmasligini ma’lum qildi. Ijtimoiy tarmoqlarga psixologik o‘chlik kashandaning sigaretaga moyilligidan kam emas.
Ijtimoiy tarmoqlar sizni rashk qilishga undaydi
Hatto buning uchun sabab bo‘lmaganida ham. So‘rovlar natijalariga ko‘ra, odamlarning ko‘pchiligi ijtimoiy tarmoqlarda o‘z er yoki xotinlarini kuzatadi. So‘rov ishtirokchilarining 35 foizi ijtimoiy tarmoqlar orqali kelib chiqqan rashk oxir-oqibat asossiz bo‘lib chiqqanini tan oldi. Mana yana bir qayg‘uli statistika: Facebook AQShdagi har beshta ajrimning bittasiga, Buyuk Britaniyada — har uchta ajrimning bittasiga sababchi bo‘lgan.
Ijtimoiy tarmoqlar sizni baxtsiz qilishi mumkin
Ko‘pchilik
...
Читать дальше »
Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 09.04.2017 | 262 | | Hali ham buyumlaringizni cho‘ntagingizda olib yurasizmi? O‘z didingizga mos qulay sumka tanlash vaqti keldi!
Ryukzak
Shahar ryukzagi — ko‘cha modasi afsonasi. Qulay va sig‘imdor, ammo afsuski, eng universal emas. U sport, kundalik va militari uslubidagi qiyofalarga birdek mos tushadi, biroq ish bo‘yicha uchrashuvga uni taqib kela olmaysiz. Shunday bo‘lsa-da, qolgan vaziyatlarda u qo‘llarni bo‘sh tutib, o‘zingiz bilan barcha kerakli (va keraksiz) buyumlarni olib yurish imkonini beradi.
Messenjer
Yoki pochtachi sumkasi. Qulay va zamonaviy messenjer sizga nafaqat sumka sifatida, balki qiyofangizning yorqin aksenti sifatida ham xizmat qiladi. Ushbu sumkaning modellari xilma-xil bo‘lib, ular orasidan sport uslubidan boshqa har qanday qiyofa uchun variant topa olasiz.
Portfel
Vaqt orqali sinalgan klassika. Ish uslubi uchun mukammal variant. Agar siz kostyumlar tarafdori bo‘lsangiz, aynan portfel sizning sodiq yo‘ldoshingizga aylanishi kerak. U kundalik foydalanish uchun mos tushadi, ichidagi bo‘limlari qulay qilib tashkillashtirilgan, ko‘pchilik modellarda hatto noutbuk uchun ham joy bor.
Diplomat
Diplomat — eng talabchan aksessuar. Bekam-ko‘st kostyum, yarqirab turgan tufli, mukammal rubashka — bu diplomatli qiyofa uchun tayanch minimum. Faqatgin
...
Читать дальше »
Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 09.04.2017 | 250 | | |
Пользователи онлайн
−Мини-чат +Мини-чат
0
Онлайн всего: 1 Гостей: 1 Пользователей: 0
|