Главная » Полезные советы

Полезные советы


Xotirani yaxshilashning 5 ta sinalgan usuli


Biror narsani eslashga qiynalib qolayotgan yoki gapirmoqchi bo‘lganlaringiz esingizdan chiqib ketayotgan bo‘lsa, bu xotirani mustahkamlash vaqti kelganidan darak beradi.

Boshqotirmalarni yeching

Matematikaga va mantiqqa oid masalalarni yeching, krossvordlarni toping, she’r va qo‘shiqlarni yodlang. Miyangizni kun davomida mashq qildiring.

To‘g‘ri ovqatlaning

Organizmdagi hamma jarayonlar bizning yegan ovqatimizga bog‘liq. Miyani qo‘llab-quvvatlash uchun bir kunda 5 mahal oz-ozdan yeb turish kerak. Eng yaxshisi Omega-3 yog‘ kislotasiga, glikemik indeksi past uglevodlarga va antioksidantlarga boy bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini tanlaganingiz ma’qul.

Sport bilan shug‘ullaning

Sayr va mashq qilish miya faoliyatiga ijobiy ta’sir qiladi. O‘zingizga yoqadigan va organizmingizga mos keladigan mashqlarni tanlab oling. Biroz vaqtdan so‘ng, kayfiyatingiz ko‘tarilib, xotirangiz yaxshilana boshlaganini sezasiz.

Asablaringizni bo‘shashtiring

O‘z-o‘zini idora qilishni, stress va asab zo‘riqishini bartaraf etishni o‘rganish lozim. Agar siz doimiy stress holatida yursangiz, xotirangiz ham kuchsizlana boshlaydi.

Yangisini sinab ko‘ring

Yangi narsalarni o‘rganish miyada yangi neyronli aloqalarni yaratishga yordam beradi. Bu esa uning esda saqlash qobiliyatini rivojlantiradi.


Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 08.03.2017 | 284 |


Har doim modada bo‘ladigan 5 xil sumka


Agar siz qimmatbaho va did bilan kiyingan bo‘lsangiz-u, sumkangiz o‘zingizga mos tushmasa, bu holat ko‘rinishingizga putur yetkazadi. Hammaning didi har xil bo‘lsa-da, uslubning amal qilish lozim bo‘lgan va belgilangan qoidalari mavjud. Bu qoidalarga amal qilsangiz mukammal qiyofaga ega bo‘la olasiz.

Shunday qilib, biz har bir ayol kishining garderobida bo‘lishi kerak bo‘lgan 5 xil uslubdagi sumkalarni tanladik.

1. Odmi sumka. Qora yoki och jigarrangli, keng va qulay bo‘lgan ish sumka – sizning eng sodiq yo‘ldoshingiz hisoblanadi.

2. Uzun tasmali, unchalik katta bo‘lmagan va to‘g‘ri burchakli sumka. Dam olish kunlari uchun mukammal variant. Uni yelkangizga tashlab, bir piyola qahva ustida bemalol dugonalaringiz bilan yozishishingiz mumkin.

3. Kechalar uchun klatch. Qora, qizil yoki kumushrang klatch – kecha libosini mukammal ravishda to‘ldirib turadi.

4. Kundalik-sport uslubidagi sumka. Bunday sumkalarni mashq zallariga borishda, bolalar bilan shahar tashqarisiga chiqishda ishlatishingiz mumkin.

5. Ryukzak. Agar siz uni sayohatchilar va maktab o‘quvchilari uchun mos keladi deb o‘ylasangiz xato qilasiz. Oxirgi mavsum davomida bu sumkalar liboslarning ajralmas qismi bo‘lib qoldi.

Sizga-chi, qaysi biri yoqdi?


Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 08.03.2017 | 258 |


Ayollarning ko‘p gapirishi sababi nimada?


Sir emaski, ayollar gaplashishni yaxshi ko‘rishadi. So‘nggi tadqiqotlar ayollarning bir kunda besh soat g‘iybat qilishlarini ko‘rsatdi. Erkaklarning asosiy qismi esa ko‘p gapiradigan ayollarni yoqtirmaydi. Aytish joizki, ularning har ikkalasi ham o‘zicha haq.

Erkaklar biron narsa haqida o‘ylab olish uchun biroz vaqt yolg‘iz qolishga harakat qiladi. Ayollar esa, aksincha, fikr almashish yoki shunchaki hamdardlik tilaklarini eshitish maqsadida o‘z muammolarini dugonasi, onasi, opa-singillari yoki tanishlari bilan bo‘lishishni afzal ko‘radi.

Agar ayolni o‘zi kabilar bilan suhbatlashish imkoniyatidan mahrum qilsangiz, uni nafaqat dalda, kuch, hissiy yengillashishdan, balki o‘z shaxsiyatining bir qismidan ayirgan bo‘lasiz. Natijada u jazavali va asabiy bo‘lib qolishi mumkin.

Erkaklarning asosiy qismi ko‘p gapiradigan ayollarni yoqtirmaydi. Buning sababi shundaki, erkaklar miyasi ayollar odatda almashadigan katta hajmdagi axborotni qabul qilishga qodir emas.

Minglab yillar davomida ayollar g‘iybati erkaklar kulgusi nishoni bo‘lib kelgan. Gap shundaki, ayollar bosh miyasining har ikkala yarim sharida ikkita nutq markazi mavjud. Erkaklarda esa, nutq zonasi qat’iy belgilanmagan bo‘lib, butun chap yarim shar ushbu funksiya uchun javob beradi. Shuning uchun ham, bolalikda qizlar til mahorati bo‘yicha o‘g‘il bolalardan ancha o‘zib ketadi. Ular esa, o‘z navbatida, fizika va matematikada shubhasiz iqtidorliroq bo‘ladi.

Bundan ... Читать дальше »


Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 08.03.2017 | 265 |


Havoni tozalashda eng yaxshi samara beradigan xona gullari


Xona ichidagi havoni toza tutishda tuvakda o‘stiriladigan xonaki gullarning roli katta. Quyida havoni tozalashda eng yaxshi samara beradigan o‘simliklarni keltirib o‘tamiz.

Shefflera (Schefflera yoki soyabonli daraxt), ayniqsa, chekiladigan xonalar uchun mos tushadi. U tamaki tutunida bo‘ladigan nikotin va qatronni o‘ziga singdirib oladi va uning ta’sirini kesadi.

Tillarang ssindapsus (Epipremnum aureum yoki potos) havoni benzoldan forig‘ qiladi. Keng barglar ushbu moddani katta miqdorda singdirib oladi. U juda tez o‘sadi, biroq uni tez-tez sug‘orish shart emas.

Dratsena (Dracaena) formaldegidni zararsizlantiradi. Bu o‘simlik lak, yelim va yog‘och qirindisidan yasalgan jihozlar ajratadigan formaldegidning zaharli gazlarini yo‘q qiladi.

Xlorofitum (Chlorophytum yoki gultoj) (mashinalar ajratadigan) ishlangan gazlarni samarali tarzda o‘ziga yutadi. Shu tufayli u pastki qavatlarda yashaydigan kishilar uchun juda zarurdir.

Nafis xamedoreya (Chamaedorea elegans yoki xona palmasi) havoni namlantiradi va plastmassa ajratadigan moddalarni filtrlaydi.

Pechakgul (Hedera helix) va benjamina fikusi (Ficus benjamina) havoni tozalash bo‘yicha rekordchilar hisoblanadi.

Ular formaldegid, banzol va ammiak kabi ko‘plab zaharli moddalarni singdirib oladi. Fikus, shuningdek, havodan changni bartaraf etadi.


Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 08.03.2017 | 433 |


Stomatitdan xalos bo‘lish yo‘llari


Stomatit odatda qandaydir jiddiy kasalliklarning belgisi hisoblanmaydi, ammo u favqulodda og‘riq va noqulaylikni keltirib chiqarishi mumkin. Stomatit og‘izdagi kichik hamda chuqur bo‘lmagan yaralar bo‘lib, ular ko‘pincha labning ichki qismida yoki milklar atrofida paydo bo‘ladi.

Stomatitni uy sharoitida qanday davolash mumkin?

Choy xaltachalari
Qora choy biriktiradigan teri oshlovchi moddalarga ega, ular yaralarga tinchlantiruvchi ta’sir o‘tkazadi. Moychechakli choy ham yarali hududni og‘riqsizlantirishga yordam beradi. Buning uchun choy xaltachasini ho‘llab, uni 10 daqiqaga yaraga qo‘yib turing.

Asal
Asal qadimdan o‘zining bakteriya va zamburug‘larga qarshi xususiyatlari bilan mashhur. Asalning davolovchi xususiyatlari shunchalik ko‘pki, ushbu shirinlikning ma’lum turlari yara va jarohatlarni davolashda ham qo‘llaniladi.

Aloe vera
Agar uyingizda tuvakda aloe vera o‘stirsangiz, uning bitta bargini kesib olib, sharbatini suvga qo‘shing va ushbu aralashma bilan og‘zingizni chaying. Bu o‘simlik tabiiy antibakterial va shamollashga qarshi vosita bo‘lib, u bilan og‘izni chayish orqali yarani tozalash va og‘riqni yo‘q qilish mumkin. Bundan tashqari, aloe B, C guruhidagi vitaminlar va aminokislotalarga boy.

Boshqa tish pastasidan foydalanib ko‘ring
Stomatit paydo bo‘lganida shifokorlar tish pastasini natriy laurilsulfati — ko‘pik hosil qiluvchi modda bo‘lmagan boshqasiga almashtirishni tavsi ... Читать дальше »


Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 08.03.2017 | 293 |


Quruq mevalarning foydali xususiyatlari


Quruq mevada yangi uzilgan mevaning barcha foydali xususiyatlari saqlanib qoladi. Shu tariqa, bizda foydali moddalardan nafaqat yozda, balki yil bo‘yi ham bahramand bo‘lish imkoni bor.

Papayya shakarlangan mevasi (sukat) butun organizmni mustahkamlab, oqsillar almashinuvini tezlashtiradi.

Quritilgan xurmo (finik) ish qobiliyatimizni oshiradi, shuningdek, qo‘shimcha foydali moddalarga ega bo‘lgani tufayli, shamollash va bosh og‘rishida og‘riqni qoldiruvchi vosita sifatida qo‘llanilishi mumkin. B5, E, H kabi vitaminlarga juda boy bo‘lgan holda, xurmo qoqi immun tizimini mustahkamlaydi hamda qishni faol va xushchaqchaq tarzda o‘tkazishda yordam beradi.

Quritilgan nok ichak faoliyatiga ijobiy ta’sir o‘tkazadi, organizmdan toksinlar va og‘ir metallarni chiqarib tashlaydi.

O‘rik turshagi kaliyning tengsiz manbaidir; yurakka yaxshi ta’sir qiladi va onkologik kasalliklar profilaktikasi uchun ajoyib vosita hisoblanadi.

Quritilgan anjir qalqonsimon bez faoliyatini normallashtiradi, organizmdan parazitlar chiqib ketishi uchun imkon yaratadi. U saraton hujayralari rivojlanishi oldini oladi, terini vitamin va mikroelementlar bilan ta’minlaydi.

Olxo‘ri qoqi — oshqozon-ichak yo‘li faoliyatini yaxshilashda ajoyib vositadir, u qabziyatdan xalos qiladi va ovqat hazm qilish jarayonini tartibga soladi. Shuningdek, gipertoniyadan azob chekadigan, yurak va jigar bilan bog‘liq muammolari bo‘lgan kishilar uchun ham ayni mu ... Читать дальше »


Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 08.03.2017 | 259 |


Qulay oshxona uchun 5 tavsiya


Oshxonadagi kichkina o‘zgarishlar ham uning qulayroq bo‘lishiga yordam beradi. Xo‘sh, buning uchun nimalar qilish mumkin?

Oshxona uchun chidamli “fartuklar”

Bo‘yalgan, g‘ishtli va panelli oshxona “fartuklar”i juda chiroyli ko‘rinsa ham yig‘ishtirish va tozalash ishlari boshlagandan so‘ng oshxona uchun haqiqatan ham chidamliroq “fartuklar” zarur bo‘lishini anglab yetasiz. Keramik plita, toblangan shisha yoki zanglamaydigan metall panellar bunga juda mos tushadi.

Chiqindi muammosi

Oshxona o‘rtasidagi katta chiqindi idishi juda yoqimsiz ko‘rinadi. Chiqindi idishi uchun eng mosi rakovina ostidagi joy hisoblanadi. Foydalanish oson bo‘lishi uchun idishni eshikning ichkari tomoniga osib qo‘ysa ham bo‘ladi.

Eng asosiysi — qulaylik

Ko‘pchilik internetda ko‘rsatilgan oshxonalarga juda havas qiladi. Lekin tabiiy marmardan qilingan stol usti, sovunli toshdan yasalgan rakovina, yog‘och pol kabi jihozlar juda nafis ko‘rinsa ham oshxona tozaligini saqlashda qiyinchilik tug‘diradi. Yaxshisi, ko‘rinishi o‘rtacha bo‘lsa ham o‘zingizga qulay bo‘lgan sharoit yaratganingiz ma’qul.

Kulrangni tanlang

Stol usti qora rangda bo‘lishi chiroyli ko‘rinsa ham, uni mukammal tozalikda tutish juda qiyin. Stol usti uchun eng yaxshi variant kulrang hisoblanadi.

Ixcham moyka

Moykani tanlashga aql bilan yondashish lozim. Birinchi navbatda materialning xossalariga e’tibor bering. Ba’zi ... Читать дальше »


Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 08.03.2017 | 300 |




Правила чата
Пользователи онлайн
Мини-чат
+Мини-чат
0
Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0