Главная » Полезные советы

Полезные советы


Sifatli jinsi shim qanday tanlanadi?


Uzoq vaqtlargacha jinsilar asosan Amerika kovboylari – oltin izlovchilar va fermerlarning kiyimi bo‘lib hisoblangan. O‘tgan yarim asr davomida jinsilar liboslarimizning asosiy qismiga aylandi. Maqolamizda sifatli jinsilarni tanlashda nimalarga e’tibor qaratish lozimligi to‘g‘risida aytmoqchimiz.

Gazlama

Sifatli jinsilarni tanlash matosini tanlashdan boshlanadi. Klassik paxta matolar qalin, g‘adir-budir va og‘irroq bo‘ladi.

To‘qilishi unchalik bilinmaydigan, teskari tomoni ham ustki tomoni kabi bo‘yalgan matoli jinsilar sifatsiz hisoblanadi. Klassik jinsi matolari tarkibi 100% paxtadan iborat bo‘ladi. Lekin oxirgi vaqtlarda unga 2—7% elastin qo‘shiladigan bo‘ldi. Elastin matoning cho‘zilish xususiyatini oshiradi.

Aksessuarlar

Jinsilarning furnitura, etiketka, o‘ziga xos tikilishiga qarab sifatli yoki sifatsizligini bilib olsa bo‘ladi. Sifatli jinsilar furniturasi – zanjirsimon yopqichdan tortib tugmasigacha metalldan ishlangan bo‘ladi.

Sifatli jinsilar yorliqlari har doim qalin matodan, undagi yozuvlar esa kashta kabi tikilgan bo‘ladi.

O‘lcham

Agar gazlama sifati va furniturasi joyida bo‘lsa jinsini kiyib ko‘rishingiz mumkin. Ishlab chiqaruvchi firmalar turiga qarab jinsilar o‘lchamlari ham turlicha bo‘ladi. Shuning uchun jinsini o‘lchab ko‘rmasdan turib tanlash qiyin.

Manba: “Mir24.tv”


Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 07.03.2017 | 274 |


Tabiiy yo‘llar bilan immunitetni oshirish mumkinmi?


Immunitet organizmning kasal yuqtirmasligi va kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyatidir. Immunitetni ko‘tarish esa salomatlikni mustahkamlashning bir usuli hisoblanadi. Xo‘sh, immunitetni tabiiy yo‘llar bilan ko‘tarish mumkinmi?

Har kuni bir vaqtda uxlashga yoting

Soat nechida ekanligidan qat’i nazar har kuni bir xil vaqtda uxlashga o‘rganish lozim, bu tez uyquga ketib, to‘liq dam olish imkonini beradi.

Agar uxlashga ertaroq yoki kechroq yotsangiz, organizm ritmlar o‘zgarishiga moslasha olmaydi, natijada uyqu yuzaki bo‘ladi. Sutkada kamida 8 soatni uyquga bag‘ishlash lozim, zero organizm qayta tiklanishi uchun aynan shuncha vaqt zarur.

Kunni bir piyola choy bilan boshlang

Yapon olimlari tadqiqotlari shuni ko‘rsatdiki, ko‘k yoki qora choyda mavjud moddalar shamollash virusi bilan samarali kurashishga qodir ekan. Kuniga 2—3 piyola choy yetarli.

Shamollashning ilk belgilari paydo bo‘lishi bilan chora ko‘ring

Bunda xalq tabobatidan foydalanish mumkin. Maydalangan mayiz va yong‘oqqa asal hamda limon sharbati qo‘shib, aralashtiring. Ushbu aralashmani shamollashning ilk alomatlarini seza boshlashingiz bilan kuniga uch marta 1 osh qoshiqdan iste’mol qiling.

Bundan tashqari, na’matak qaynatmasiga asal qo‘shib, ichib turish ham shamollagan vaqtda katta samara beradi.

Yetarlicha suv iching

Organizmning katta qismi suvdan iborat bo‘lganligi tufayli, u har k ... Читать дальше »


Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 07.03.2017 | 291 |


Semirishga olib keladigan oziq-ovqatlar


Ba’zilar oziq-ovqat mahsulotlarining xususiyatlariga yaxshi e’tibor bermasdan sotib olaveradi. Qaysi mahsulotlar semirishga va qaysilari ozishga yordam berishini ko‘pchilik bilmaydi. Biz semirishga olib keladigan oziq-ovqatlarning ba’zi turlari bilan tanishtiramiz.

Quruq nonushtalar

Ertalab siz yeydigan sog‘lom va tez tayyor bo‘ladigan bo‘tqa yoki yormalar deb ataluvchi nonushta tarkibi semirishga yordam beradigan shakar va tozalangan uglevodlarlardan tashkil topgan. Bunday nonushtadan keyin ko‘p o‘tmay yana qorningiz ochganini his qilasiz.

Butundonli non

Boshoqli donlardan qilingan har qanday non, unga “butundonli” deb yozilgan bo‘lsa ham sizning parhezingiz uchun zararli hisoblanadi.

Myusli

Myusli tarkibi to‘liq tabiiy mahsulotlardan iborat bo‘lsagina foydali va parhezli hisoblanadi. Hozirda myusli tarkibiga ko‘plab shakar, yog‘lar qo‘shiladi va nonushta uchun yetarli bo‘lgan miqdorni oshirishadi.

Yog‘sizlantirilgan yogurt

Yogurt sog‘lom ovqat hisoblanadi va bu haqiqatan ham shunday. Lekin yog‘sizlantirilgan yogurt emas. Gap shundaki, mahsulot hamma zararli yog‘lardan tozalangandan so‘ng, uning ta’mi yeb bo‘lmaydigan darajada yomonlashadi. Ishlab chiqaruvchilar bu muammoni bartaraf etish uchun har xil ta’m beruvchi qo‘shimchalar aralashtiradi.

Salatlar

Sabzavotlar – parhezda odamning eng birinchi do‘sti hisoblanadi. Lekin ularning faqat o‘zini ye ... Читать дальше »


Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 07.03.2017 | 312 |


Kundalik ish kiyimlari borasida maslahatlar


Agar siz ofisda ishlasangiz va dress-kod boshqa uslublarni sinab ko‘rishga yo‘l qoldirmaydi deb o‘ylasangiz – bu maqolamiz aynan siz uchun. Biz siz uchun eng aktual bo‘lgan qarorlarni tanladik.

Uzunligi 7/8 bo‘lgan shimlar

Bu kiyim sizning rasmiy qiyofangizni ta’kidlaydi va kun bo‘yi o‘zingizni qulay his qilishingizga yordam beradi.

Qalam yubka

Qalam yubka yaxshi turishini xohlasangiz tikuvchiga olib boring va belingizga yopishib turadigan qilib tikdiring.

Oq bluzka

Bu yerda eng asosiysi — kun oxirida bluzka pala-partish va shalvirab qolmasligi uchun hech qanday burma va hoshiyalarsiz bo‘lishi. Bu kundalik kiyimni yubkalar bilan ham, shimlar bilan ham kiyish mumkin.

Beldan yuqori turadigan shimlar

Qalin jun gazlamadan tikilgan keng shimlar kundalik qiyofangizni o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz har doim qo‘l keladi.

Qora lodochka tufli

Agar sizga har kuni poshnali tufli kiyishga to‘g‘ri keladigan bo‘lsa, o‘zingizga qulayini tanlang.

Baletkalar

Tuflingiz qanchalik qulay bo‘lsa ham, baribir biror kun undan ham qulayrog‘iga almashtirishni xohlab qolishingiz ehtimoldan xoli emas. Shuning uchun har doim stolingiz tagida bir-ikki juft baletkalar zaxirada turishi maqsadga muvofiqdir.

Kokteyl uchun ko‘ylak

Qora, to‘q ko‘k va kulrang tusidagi oddiy kokteyl uchun ko‘ylaklar har qanday vaziyatda ham chiroyli ko‘rin ... Читать дальше »


Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 07.03.2017 | 331 |


Achchiq oziq-ovqatlar foydalimi?


Achchiq oziq-ovqatlar ko‘pgina foydali xususiyatlarga egadir. Birinchi navbatda ular jigarning sog‘lom faoliyati uchun juda katta ahamiyat kasb etadi. Jigar organizmni tashqi muhit va ovqatlar orqali kelib tushadigan zaharli moddalardan tozalashga yordam beradigan eng muhim a’zolardan biri hisoblanadi.

Achchiq sabzavotlar va o‘tlar tarkibidagi fitonutriyentlar xolesterin va yog‘larni chiqarishda, qonni tozalashda va gormonlarni muvozanatlashda jigarga yordam beradi.

Bundan tashqari, achchiq mahsulotlar ovqatlarning hazm qilinishiga va parchalanishiga yordam beradigan me’da shirasi ishlab chiqarilishini ta’minlaydi.

Bo‘linmagan achchiq o‘tlar ham vitaminlar va minerallarga juda boy bo‘ladi.

Masalan, rukkola tarkibi tiamin, riboflavin, B6 vitamini, pantoten kislota, rux va mis, tolalar, A, C, K vitaminlari, foli kislotalari, kalsiy, temir, magniy, fosfor, kaliy va marganets kabi elementlardan tashkil topgan.

Achchiq oziq-ovqatlar bemajollik va lanjlikni yengishga, salbiy xolesterin darajasini kamaytirishga va gormon bilan bog‘liq muammolarni hal etishga yordam beradi.

Siz, balki o‘zingiz bilmagan holda ko‘pgina achchiq oziq-ovqatlarni iste’mol qilayotgan bo‘lishingiz mumkin. Brokkoli karami, ismaloq, qoqi o‘ti, kakao kukuni, kinza va rukkola — eng ko‘p tarqalgan va eng foydali achchiq oziq-ovqatlar hisoblanadi.

Agar siz qahva, spirtli ichimliklar kabi achchiq ta’mlarga o‘ch bo‘lsangiz, de ... Читать дальше »


Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 07.03.2017 | 386 |


Ko‘zlarni asrashning 5 qoidasi


Ko‘rish qobiliyati, ko‘zlar salomatligi va go‘zalligini asrash uchun nima qilish kerak? Bu borada quyidagi qoidalarga rioya qilish tavsiya etiladi.

Ish joyini to‘g‘ri tashkil eting
Kompyuterda ishlash vaqtida xonaning yoritilish darajasi pastroq, xiraroq bo‘lishi kerak. Shuningdek Monitor yaqinida yorug‘lik manbai yoki yorqin yuzalar bo‘lmasligi kerak.

Har ikki soatda tanaffus qilib turing
Bunda ish joyingizni tark etish shart emas, bor-yo‘g‘i 1—2 daqiqaga ko‘zlarni yumish yoki 10 daqiqa davomida uzoqdagi obyektga tikilish kifoya.

Ko‘zlar uchun maxsus mashqlarni bajaring
Ularni muntazam ravishda — kuniga 1—2 martadan qilib turish maqsadga muvofiq.

Bunda boshni tik tutib, dastlab 1—2 daqiqa davomida nigohingizni navbat bilan tepaga, pastga, o‘ngga, chapga yo‘naltiring. So‘ng ko‘zlarni yumib va boshni to‘g‘ri tutib, turli shakllarni “chizgan” holda ko‘z soqqangizni aylantiring.

Keyingi mashqni bajarish uchun nigohingizni avval xonaning pastki chap burchagiga qadang, so‘ng yuqori o‘ng, pastki o‘ng va yuqori chap burchaklarga qarang hamda pastki chap burchakka qaytib keling. Shu tarzda “sakkiz” chizib, so‘ng uni teskari tartibda takrorlang.

Mashqlar so‘ngida ko‘zlarni 2—3 soniya mobaynida qattiq yuming.

Ovqatlanish ratsioningizga ko‘rish qobiliyatini tiklashga yordam beruvchi mahsulotlarni kiriting
Misol uchun, sabzidagi beta-karotin moddasi ko‘rish qobiliyatiga ... Читать дальше »


Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 07.03.2017 | 214 |




Правила чата
Пользователи онлайн
Мини-чат
+Мини-чат
0
Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0