Полезные советы

Mana bahor ham keldi, bu qishki zaiflikdan so‘ng qomatni formaga keltirish vaqti kelganini bildiradi. Bugungi maqolamiz qisqa muddatda mushaklarini chiniqtirishni xohlovchi erkaklarga bag‘ishlanadi.
To‘g‘ri ovqatlanish — chiroyli va kelishgan tananing negizi hisoblanadi. Mushak massasini to‘plashning asosiy qoidasi ovqatlanish kaloriyasini 20 foizga oshirishdan iboratdir.
Maqolamizda qomatni formaga keltirishda yordam beruvchi oziq-ovqat mahsulotlari bilan tanishasiz.
Grechka bo‘tqasi
Bu bo‘tqa tarkibida uglevodlar miqdori kam bo‘lsa-da, mushaklarni o‘stirishga yordam beradigan aminokislotalar juda ko‘p.
Tuxum
Mushaklarni tez o‘stirish uchun juda mos keladigan ajoyib nonushta hisoblanadi. Tuxumda mushak paylarini shikastlanishdan saqlaydigan ko‘plab oqsillar va D vitamini mavjud.
Tunets balig‘i
Bu baliq tarkibi oqsilga boy bo‘lgani sababli sportchilar uchun eng yaxshi ovqat hisoblanadi.
Papayya
Papayya tarkibida organizmga ovqatlar bilan birga kiruvchi oqsillarni tez parchalashga yordam beradigan noyob hisoblanuvchi papain moddasi mavjud.
Manba: Men’s Health Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 05.03.2017 | 287 | | Mushaklar qayta tiklanishi uchun qancha vaqt zarur bo‘ladi? Vazn yig‘ish uchun va ozish uchun sport mashqlarini haftada necha martadan bajargan maqbul?
Qanchalik tez-tez mashq qilish mumkin?
Tanadagi yog‘larni ketkazish uchun davomiy ammo nisbatan yengil kardiomashg‘ulotlarni haftasiga 4—5 marta o‘tkazish mumkin. Muskullarni o‘stirish maqsadidagi kuch mashg‘ulotlari esa qayta tiklanish uchun ko‘proq vaqt talab qilganligi sababli, ularni haftasiga 3—4 martadan bajargan ma’qul.
Muskullarning qayta tiklanish vaqti
Kichik va o‘rta muskul guruhlari (qo‘l, yelka, press) regeneratsiya uchun taxminan 48—60 soat talab qiladi. Tayanch mashqlarni bajarish hamda yirik muskul guruhlarini ishlatishdan keyin esa muskullar va markaziy asab tizimi to‘liq qayta tiklanishi uchun kamida 72 soat kerak bo‘ladi.
Faol qayta tiklanish
Kuch mashg‘ulotlari bajarilmaydigan kunlarda yengil kardiomashqlar (eshkak eshish trenajyori yoki ellipsoid) bajarish nafaqat qayta tiklanishni tezlashtiradi, balki muskullar relyefiga ham ijobiy ta’sir qiladi. Shuningdek, sauna yoki fitnes-klubning suv zonasiga tashrif ham foydali bo‘lishi mumkin.
Haftasiga necha marta mashq qilish kerak?
Xulosa qiladigan bo‘lsak, vazn yig‘ish uchun trenajyor zalida haftasiga 3—4 marta shug‘ullangan ma’qul. Yirik muskullar guruhining har biri 72 soatda bir martadan ko‘proq ishlatilmaydi — agar ko‘krak qismini dushanba kuni mashq qild
...
Читать дальше »
Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 05.03.2017 | 409 | | Hammaga ma’lumki, birov to‘g‘risidagi taassurot birinchi ko‘rishdayoq paydo bo‘ladi. Agar siz o‘ziga ishongan odam sifatida taassurot qoldirmoqchi bo‘lsangiz, sizning tanangiz ham bu taassurotga mos kelishi kerak. Tananing tili nima?
Tana tili — ruhiy kechinmalarimizni, fikrlarimiz va hissiyotlarimizni tanamiz qismlarining harakatlari orqali ifodalash.
Tana tili bo‘yicha mutaxassislar Lilian Glass, Patti Vud va Tonya Reymanlar yaxshi taassurot qoldirish uchun suhbat paytida o‘zini qanday tutish kerakligi to‘g‘risida hikoya qiladi.
Bemalol yuring
Xonaga qanday kirishingiz juda katta rol o‘ynaydi. Yelkalaringizni to‘g‘rilang va bo‘yningizni to‘g‘ri tuting. Yurishingiz yengil bo‘lishi kerak.
Qulay joylashing
Birinchi qiladigan ishingiz — o‘tirish, qaddingizni rostlash va stul suyanchig‘iga suyanish. Bu suhbatdoshingizga uning oldida siz ochiqcha va o‘zingizga ishongan ekanligingizni anglashga yordam beradi.
Harakatlaringizga e’tibor bering
Qo‘llaringizni nima qilishni bilmasangiz, stol ustiga qo‘ying. Bu bilan siz hatto hayajonli holatlarda ham o‘zingizni tuta olishingizni namoyish qilgan bo‘lasiz.
Chuqur nafas oling
Asablarni tinchlantirish yo‘llaridan biri — to‘g‘ri nafas olish.
Suhbat chog‘ida bosh irg‘iting
Suhbatdoshingizga uni diqqat bilan tinglayotganingizni va tushunayotganingizni bildirish juda muhim. Buning eng yaxs
...
Читать дальше »
Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 05.03.2017 | 325 | | |
Пользователи онлайн
−Мини-чат +Мини-чат
0
Онлайн всего: 1 Гостей: 1 Пользователей: 0
|