Главная » Полезные советы

Полезные советы


O'rganish Uchun Eng Oson Bo'lgan Tillar


Agar siz qo‘shimcha til o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, grammatikasi oson bo‘lgan tillardan boshlang. Maqolamizda o‘rganish osonroq bo‘lgan tillar to‘g‘risida aytmoqchimiz.

Ingliz tili

Ingliz tili eng oddiy hisoblanadi. Shuningdek, ingliz tili sizga biroz bo‘lsa-da tanish. Chunki maktabda va institutda bu tilni kamroq bo‘lsa ham o‘rgangan bo‘lsangiz kerak. Yoki bu tilda qo‘shiqlar eshitgansiz.

Fransuz tili

Fransuz tilidagi ko‘pchilik so‘zlar inglizchaga o‘xshaydi. Shuningdek, bu til juda mashhur va ko‘p joylarda qo‘llaniladi.

Ispan tili

Ispan tilini o‘rganish juda oson. U ingliz tiliga juda o‘xshaydi va qanday talaffuz qilinsa shunday yoziladi.

Italyan tili

Bu til ham ispan tili kabi juda oddiy va lotin tillaridan kelib chiqqani uchun ko‘pchilikka tanish.


Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 03.03.2017 | 295 |


Egizaklar Jumbog'i. Egizaklar Tug'ulishini Qanday Aniqlash Mumkin


Egizaklar tug‘ilishi – bu juda kamdan-kam yuz beradigan hodisa bo‘lib, egizaklar yangi tug‘ilganlarning bor-yo‘g‘i 2 foizini tashkil qiladi.

Ko‘p homilali homiladorlik har xil bo‘ladi. Bunday homiladorlik natijasida tug‘ilgan hamma bolalar ham biri-biriga o‘xshash bo‘lavermaydi. Egizaklar bir tuxumli yoki ikki tuxumli bo‘lishi mumkin.

Ikki tuxumli egizaklar o‘zaro xuddi aka-uka va opa-singillar kabi o‘xshash bo‘ladi.

Bir tuxumli egizaklar esa bir-biriga shunchalik o‘xshash bo‘ladiki, ba’zan o‘z onalari ham ajrata olmaydi.

Ikki tuxumli egizaklarga homilador bo‘lish ehtimoli

Yosh kattalashgan sari organizmda gormonlar ko‘proq ishlab chiqarila boshlaydi. Shuning uchun 35—39 yoshdagi ayollarning ikki tuxumli homilador bo‘lish ehtimoli ko‘proq.

Gormonlar ishlab chiqarilishi faqat yoshga bog‘liq bo‘lmaydi. Egizaklarga homilador bo‘lishning eng yaxshi vaqti – bahor fasli hisoblanadi.

Nasldan-naslga o‘tish ham egizaklar tug‘ilishida katta ahamiyatga ega.

Manba: “Medportal.ru”


Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 03.03.2017 | 410 |


Ovqatlangandan Kegin Nimalar Qilish Mumkin Emas ?


gar siz hali ham ovqatdan keyin choy ichish sayr qilish kabi hazm qilishga yordam beradi deb o‘ylasangiz xato qilasiz. Bu maqolamizda ovqatlanishdan keyin nimalar qilish mumkin emasligi to‘g‘risida aytmoqchimiz.

Sport va sayr qilish

Aslini olganda ovqatdan keyin sayr qilish me’daning sustlashishiga olib keladi.

Yaxshisi, ovqatlanishdan yarim soat oldin sport bilan shug‘ullanish va yarim soatdan so‘ng esa sayr qilgan ma’qulroqdir.

Choy va mevalar

Choylar (shu jumladan ko‘k choy ham) tarkibidagi kislotalar organizmda temirning hazm bo‘lishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ovqat hazm qilish jarayoni buzilmasligi uchun mevalarni ham ovqatlanish vaqtidan boshqa alohida vaqtlarda yeyish tavsiya qilinadi.

Chekish

Tamaki tarkibidagi nikotin ichaklarni qo‘zg‘atish belgilarini paydo qiladi, hatto yo‘g‘on ichak saratonini ham keltirib chiqarishi mumkin.

Nosog‘lom uyqu

Tushlikdan yoki kechki ovqatdan so‘ng yonboshlab olish zararli, chunki hazm qiluvchi shiraning oshqozondan qayta qizilo‘ngachga o‘tishi zarda qaynashiga sabab bo‘ladi.

Cho‘milish

Kechki ovqatdan so‘ng darrov vanna qabul qilish mumkin emas.


Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 03.03.2017 | 413 |


Nima Uchun Ba'zilar Transportda Chayqalishdan Behuzur Bo'ladi ?


Ko‘pchiligimizda ba’zan transportlar chayqalishi natijasida ko‘ngil behuzur bo‘lish hollari yuz beradi.

Bunday nuqsonga har xil yoshdagi va jinsdagi ko‘plab kishilar duchor bo‘lishadi. Inson vestibulyar organi barqarorligi bolalikdan shakllana boshlaydi. Bunda albatta, genetik moyillik ham katta ahamiyatga egadir.

Ba’zi taxminlarga ko‘ra, tanani bolalikdan chiniqtirish va ma’lum zo‘riqishlarga o‘rgatish katta yoshga yetganda bunday qiyinchiliklarni oson yengishga yordam berishi mumkin ekan.

Bunday hollarda dori-darmonlardan ko‘ra oddiy xalqona usullar, masalan yalpizli konfet yoki limon tilimidan foydalanish mumkin. Bu usul biroz bo‘lsa-da organizmni yoqimsiz holatdan chalg‘itadi.

Agar imkoniyat bo‘lsa, noxush holat o‘tib ketguncha yoyilgan o‘tirg‘ichda yotish ham samarali natija berishi mumkin.


Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 03.03.2017 | 174 |


Londondagi Modalar Haftaligi Trendlari


Bu gal dizaynerlar qanday yangiliklar tayyorlashdi ekan? Bizning maqolamiz modalar namoyishining eng aktual trendlari haqida.

Oversize kiyimlar

Ko‘rinishdan, oversize uslubidagi kiyimlar uzoq vaqt modada qoladiganga o‘xshaydi.

Katta hajmli va keng turadigan ustki kiyimlar sovuq kunlarda ko‘p qavatli qiyofa uchun mos keladi. Kuz faslida esa uni tugmalari ochilgan holda kiyish mumkin.

Qo‘y junidan qilingan kiyimlar

Dizaynerlar bundan keyin qo‘yning yumshoq va uzun junlaridan tayyorlangan shuba, yoqa, sharf yoki palto yenglariga e’tibor qaratishni maslahat berishmoqda.

Qavilgan paltolar

Kelasi qishning sovuq kunlari uchun ko‘rpa kabi o‘ransa bo‘ladigan qavilgan paltolarni tanlashingiz mumkin. Bunday paltolarni oddiy shimlar yoki ko‘ylak va etiklar bilan birga kiyish mumkin.

Yirik ziraklar

Dizaynerlar bunday katta ziraklarni shubalar, katta hajmli sviterlar va trikotaj ko‘ylaklar bilan taqishni maslahat berishadi.

Wonderzine materiallari asosida


Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 03.03.2017 | 269 |


Stressdan Xalos Etuvchi Oziq-Ovqat Mahsulotlari


Olimlar tomonidan aniqlanishicha, ma’lum bir oziq-ovqatlar kelib tushishi natijasida organizmda sodir bo‘ladigan kimyoviy jarayonlar asablar zo‘riqishining biroz bo‘lsa-da kamayishiga va yoqimli hissiyot uyg‘onishiga sabab bo‘lar ekan.

Rezavor mevalar

Qorag‘at (chernika) – organizmga ko‘plab usullar bilan ijobiy ta’sir o‘tkazuvchi antioksidant. Qulupnay, malina va maymunjonlar stressga qarshi kurashishda samaradorligi o‘z isbotini topgan C vitaminlariga juda boydir.

Tekshirishlar natijasiga ko‘ra, hayajonli chiqishlar oldidan bunday mevalarni yeyish oqibatida stress gormoni ishlab chiqarilishi biroz kamayishi ma’lum bo‘ldi. Hatto, bunday samara muzlatilgan rezavor mevalarda ham kuzatilgan.

Moychechakli choy

Tinchlantiruvchi choylarning organizmga shifobaxsh ta’sirini yaxshi biladiganlar uni uxlashdan oldin ichadi. Moychechak choyi ham xuddi shunday shifobaxsh xususiyatga egadir.

Sarimsoq

Sarimsoqdagi kimyoviy birlashmalardan biri hisoblangan allitsinlar yurak xastaliklari, saraton va virusli infeksiyalarning oldini olishga yordam beradi.

Ko‘k choy

Ko‘k choy tarkibida miya faoliyatining samaradorligini va uning stress bilan kurashish manbalarini oshirish xususiyatiga ega bo‘lgan aminokislotalar mavjud.

Manba: “Weekend.ru”


Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 03.03.2017 | 213 |




Правила чата
Пользователи онлайн
Мини-чат
+Мини-чат
0
Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0