Главная » Полезные советы

Полезные советы


Smartfonning Zararlari: Haqiqatmi Yoki Uydirma ?


martfonlarning zarari haqida aytilayotgan gaplarning hammasiga ham ishonish kerak emas, ammo sevimli texnikamiz haqiqatda sababchi bo‘lishi mumkin bo‘lgan jismoniy kasalliklar ham mavjud. Ularni orttirib olish xavfi esa juda katta.

Ko‘z bilan bog‘liq muammolar

Ko‘z kompyuterga nisbatan smartfondan ko‘proq aziyat chekadi — kichik ekrandagi mayda harflarni nimqorong‘i metro vagonida o‘qishga urinish asoratsiz bo‘lmaydi. Natijada oftalmologlar “quruq ko‘z sindromi” deb ataydigan muammo yuzaga keladi, bunda ko‘z og‘rib, shilliq parda qurib ketadi, ko‘z oqi esa qizaradi.

Bel bilan bog‘liq muammolar

Smartfonlar qadni tik tutib turishimizga to‘sqinlik qiladi. Ko‘zni pastga — ekranga qaratib, siz boshingizni egasiz va natijada belga og‘irlikni ko‘paytirasiz. Pastga tushirilgan bosh miyaning qon bilan normal ta’minlanishiga to‘sqinlik qiladi, oqibatda esa qattiq charchash va besabab bosh og‘riqlaridan azob chekasiz.

Uyqu bilan bog‘liq muammolar

Smartfon doimiy ravishda tanangizni “nurlantirib turadi” — buni sezmasligingiz mumkin, lekin uning oqibatlarini sezmasdan qolmaysiz. Masalan, sizning uyqu va uyg‘oqlik sikllaringiz buziladi, natijada esa sizda uyqusizlik yuzaga keladi. Shuningdek, telefonni yoningizda olib yotsangiz ham, u uyqu bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradi: ekranning yuqori darajada yorqinligi miyaga hali ham kunduzgi vaqt davom etayotgani haqida yolg‘on xabar yuboradi, natijada melato ... Читать дальше »


Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 01.03.2017 | 222 |


Oziq-Ovqat Mahsulotlari Haqida Olimlar Fosh Qilib Bo'lgan Uydirmalar


Ovqatlar to‘g‘risida qanchalik yanglish fikrlar bo‘lmagan deysiz. Biz oziq-ovqat mahsulotlari to‘g‘risida eng hayratlanarli yolg‘onlarni to‘pladik.

Uydirma: yong‘oqda onkologik kasalliklarini keltirib chiqaruvchi zaharli moddalari bo‘lgan karnaygul geni yashar ekan.

Birinchidan, gen (DNK molekulasining bir qismi) zaharli bo‘lishi mumkin emas. Ikkinchidan, yong‘oqda qanday genetik modifikatsiya borligi to‘g‘risida hech qanday tasdiqlangan ma’lumotlar yo‘q.

Uydirma: go‘sht zararli, hayvonlardan olingan oqsil – saratonni keltirib chiqaruvchi vosita.

Sut va boshqa hayvon oqsillarining zarari to‘g‘risida ilmiy ma’lumotlar yo‘q. Faqat, olim Kolin Kempbell tomonidan kalamushlarning saraton rivojlanishiga moyil nasllarida o‘tkazilgan tekshirish natijalari mavjud.

Uydirma: palma yog‘i zararli, ayniqsa qizdirilganda.

Bu yog‘ni saryog‘ning o‘rniga ishlatishadi. Haqiqat shundaki, u bir muncha foydaliroq.


Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 01.03.2017 | 307 |


Moda Haqida Qiziqarli Faktlar


Eski poyabzallardan qurilgan sport maydonlari borligini bilasizmi? Bizning maqolamiz modalar dunyosidagi qiziqarli va g‘ayrioddiy faktlar haqida.

Shimlardagi chiziqlar

Ishlab chiqarish sanoati davrigacha shimlarda chiziqlar bo‘lmagan. XIX asr yarmida tikuv fabrikalari rivojlangani sari katta miqdordagi mollarni dengizda tashish yo‘lga qo‘yildi. Buklanib qolgan shimlardagi chiziqlarni tekislash iloji bo‘lmay qolganidan bu chiziqlar modaga kira boshladi.

Este Lauderning tadbirkorligi haqida afsona

Ishlari uncha yurishmayotgan miss Lauder katta parfyumerlik do‘koniga kelib o‘zining atir shishasini go‘yo bexosdan yerga tushirib sindiradi. Xaridorlar bu atirning yoqimli hidiga qiziqib qoladi va bu do‘kon egasi Este Lauder bilan atirlarini sotib olish haqida shartnoma tuzishga majbur bo‘ladi.

Eski krossovkalardan sport maydonlari

1990-yillarning boshida Nike kompaniyasi bugungacha amalda bo‘lgan Reuse-A-Shoe dasturini ishga tushirdi. U eski krossovkalarni qayta ishlab, sport maydonlari uchun materiallar ishlab chiqarishni o‘z ichiga oladi.


Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 01.03.2017 | 407 |




Правила чата
Пользователи онлайн
Мини-чат
+Мини-чат
0
Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0