Главная » Полезные советы

Полезные советы


Imtihonga Tayyorlanish Vaqtida Dangasalik Tutsa..


Dangasalik juda qo‘rqinchli vaziyat. Ayniqsa hal qiluvchi paytlarda hujum qilib qolsa. Masalan, sessiya payti imtihonlar oldidan.

Eng qizig‘i shundaki, psixologiyada “dangasalik” degan tushuncha umuman yo‘q. Ruhshunoslarning aytishicha, dangasalik motivatsiyaning yo‘qligini bildiradi. Demak, lozim bo‘lgan ishni bajarishga majbur qiladigan, o‘ziga xos va shaxsiy sabab (motiv)ni topish muhim hisoblanadi.

Qiziqish

Sabablar har xil bo‘ladi. Va albatta, bulardan eng samaralisi — qiziqish. O‘zingizni siz uchun qiziqarli va yaqin bo‘lgan fanni o‘rganishga majbur qilish osonroq.

Jazolash va mukofotlash

Har birimiz uchun bolalikdan eng ta’sirli hisoblangan sabablardan biri – jazolanishdan qo‘rqish. Albatta bu siz uchun sabab bo‘lolmaydi. Bunga teskari bo‘lgan sabab – mukofotlash. Har bir yodlangan bo‘lim yoki o‘nta yechilgan masala uchun o‘zingizni xursand qiladigan biron-bir sabab o‘ylab toping.

Aniq reja

Tartib hamma narsada muhimdir. Reja tuzing va bajarilgan bandlarni o‘chirib boring. Har bir o‘chirilgan band sizni yangi jasoratlarga boshlaydi.


Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 19.02.2017 | 220 |


Esnash Foydalimi ?


Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, odamlar charchashdan, zerikishdan yoki havo yetishmasligidan emas, balki bosh miya haroratini rostlash uchun esnar ekan.

Esnash qachon foydali bo‘lishi mumkin?

Fikrlashni tezlashtirish uchun. Imtihonga kirishdan yoki muhim suhbatdan oldin miya faoliyatining unumdorligini oshirish maqsadida bir necha marta esnash kifoyadir. Agar siz diqqatingizni bir joyga to‘play olmayotgan bo‘lsangiz bir-ikki marta esnash katta yordam beradi.

Kayfiyat va muomalani yaxshilash uchun. Esnash xursandchilik, dilkashlik hissiyotlari bilan bog‘liq dopamin neyromediatori darajasini oshirishga yordam beradi.

Soat mintaqasi o‘zgarishiga moslashish uchun. Uzoq uchishlardan so‘ng samolyotdan tushganingizda avvalo 5 marta esnab oling. Tetiklashganingizni sezasiz va o‘zdan-o‘zi yana esnay boshlaysiz.

Bo‘shashish uchun. Chuqur va davomli esnash tanani bo‘shashtirishga yordam beradi. Uyqu oldidan bir necha marta chuqur esnash tez uxlashga yordam beradi.


Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 19.02.2017 | 179 |




Правила чата
Пользователи онлайн
Мини-чат
+Мини-чат
0
Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0