Главная » Полезные советы

Полезные советы


Avtomobillar To'g'risida Haqiqatga To'g'ri Kelmaydigon 5ta Uydurma


Internet tarmoqlarida avtomashinani yanada tejamli va quvvatliroq qilish yo‘llari to‘g‘risida ko‘plab maslahatlarni uchratish mumkin. Ko‘pincha hamma ishonadigan bunday maslahatlar yolg‘on bo‘lib chiqadi. Bu maqolada biz avtomashinalar to‘g‘risidagi eng ko‘p tarqalgan 5 ta uydirmani to‘pladik.

1.Yo‘ldagi kuzatish kameralarini aldash mumkin

Eng ommabop variantlar: davlat raqami ko‘rinmasligi uchun uni soch laki bilan bo‘yab qo‘yish yoki old tomondagi peshoynasiga lazer diskini o‘rnatish. Ming afsuski, bu usul befoyda.

2. “Mukofot” yoqilg‘i avtomashinani quvvatliroq qiladi

Ko‘pgina AYoQShlar avtomashina quvvatini oshirishga yordam beradigan va ekologik xususiyatlarini yaxshilaydigan “o‘zgacha” benzinlarini taklif qiladi. Lekin neftni qayta ishlash zavodlarining bunday benzin ishlab chiqarmasligini ko‘pchilik bilmaydi.

3. Ochiq oyna konditsionerdan arzonroq

Konditsioner ishlatilganda 1 soatda 0,5 litr yoqilg‘i sarflanishini ko‘pchilik haydovchilar yaxshi bilsa kerak. Lekin oynasi ochiq mashina 1 soatda 1 litrdan ziyod yoqilg‘i sarflaydi.

4. Hamma ishni professionallar qilishi kerak

Ko‘pchilik vazifalarni, masalan shinalarni o‘rnatish, moyni tekshirish va almashtirish ishlarini bemalol mustaqil ravishda bajarish mumkin.

5. Qarshiqanot avtomashina aerodinamikasini yaxshilaydi

Aerodinamikaning foydasi kichkina tezliklarda emas balki, 80 km/soat tezlikdan ... Читать дальше »


Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 17.02.2017 | 212 |


Kelajakda Uylar Qanday Bo'ladi


Afsuski, texnologiya jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan bir davrda qurilayotgan uylarimiz mukammal darajada unga hamnafas deb ayta olmaymiz. Yaxshiyamki ba’zi tashabbuskor mutaxassislarimiz qurilishning ekologiyaga zararini kamaytirish va qulaylik darajasini oshirish ustida ish olib boryapti. Oxirgi yillarda bu yo‘nalish bo‘yicha kelajakda biz uchun haqiqatga aylanadigan ko‘plab texnologiyalar ishlab chiqarildi.

Sovitish vazifasini bajaruvchi 3D g‘ishtlar

O‘ziga xos tuzilishga ega bo‘lgan 3D g‘ishtlar suv va bug‘lanish texnikasi tufayli xonani sovitishga yordam beradi.

Zaharli havoni “yeydigan” bino

Muhitni zaharli havodan tozalaydigan bino bo‘lishiga ishonish qiyin albatta. Kelajakda binolarning bunday vazifani bajarishida biodinamik betondan qilingan “ekzoskelet” yordam beradi.

O‘z-o‘zini tiklovchi beton

Gollandiyalik mutaxassislar tirik bakteriyalar va kalsiy laktatidan foydalanib, mustaqil ravishda o‘zini tiklaydigan sementning yangi turini ishlab chiqdi.

Tom uchun shisha cherepitsa

Shvetsiya kompaniyasi SolTech uy tomi uchun isitishga yordam beradigan chiroyli shisha cherepitsalarni ishlab chiqardi. Bu cherepitsalar isitish tizimidagi suvni qizdirishga yordam beruvchi quyosh yorug‘ligini o‘tkazadi.

Manba: “Hi-news.ru”


Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 17.02.2017 | 296 |


Yotoqxona Uchun Choyshab Tanlash Qoidalari


Xar birimiz sog‘lom uyquning muhim ahamiyatga ega ekanligini yaxshi bilamiz. Uyqu jarayonini sog‘lom va sifatli qilish uchun nimalar qila olamiz? Choyshabni to‘g‘ri tanlay olamizmi? Quyida shirin uyqu uchun qulay choyshab tanlashda nimalarga ahamiyat qaratish lozimligini hikoya qilamiz.

Choyshab xarid qilish uchun yo‘l olar ekansiz, albatta uning o‘lchamlarini oldindan aniqlab olishingiz zarur. Chunki hozirgi “standart” o‘lchamlarga ishonib bo‘lmaydi. Shuningdek, mato yuvilgandan so‘ng kirishishi mumkinligini hisobga oling. Sifatli choyshabda bu unchalik sezilmasa ham, bichish qoidalariga rioya etilmagan choyshab o‘lchamining 15 foizini yo‘qotishi mumkin. Shuning uchun sifatsiz tovarni qaytarish mumkin bo‘lgan maxsus savdo muassasalaridan xarid qilishni tavsiya etamiz.

Choyshab tanlashdagi ikkinchi muhim qoida — faqat tabiiy matolarni tanlaymiz! Choyshab uchun tanlangan mato havoni albatta yaxshi o‘tkazishi va namlikni yuta olishi zarur. Bundan tashqari, u bir necha marta yuvgandan keyin cho‘zilib ketmaydigan sifatli matodan tikilgan bo‘lishi lozim.

Paxta yoki xomsurp choyshab komplekti qimmatlik ham qilmaydi, yuqoridagi talablarga ham javob beradi. Satin esa qo‘shimcha estetik jihatlarga ega. U chiroyliroq ko‘rinish bilan birga, badan uchun yoqimli va kamroq g‘ijimlanadi.

Ipak choyshab nafisligidan tashqari teri va sochlar uchun foydali hamdir. Biroq yozning issiq kunlarida mayin salqinlik bergan ipak matoda qish kunlari mu ... Читать дальше »


Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 17.02.2017 | 229 |




Правила чата
Пользователи онлайн
Мини-чат
+Мини-чат
0
Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0