Главная » Полезные советы

Полезные советы


Sochlar barvaqt oqara boshlasa…


50 yoshdan keyin soch oqarishi tabiiy holat hisoblanadi. Lekin 20 yoki 30 yoshda sochning oqara boshlashi tashvishlanishga arziydigan sabab bo‘lishi mumkin.

Jigar faoliyatining izdan chiqishi, qalqonsimon bez faoliyatining pasayishi, ruhiy zarba va asabning zo‘riqish holatlari sochning erta oqarishiga olib keluvchi sabablar hisoblanadi. Bu muammoni mutaxassis shifokor – trixolog yordamida bartaraf etish mumkin. Biz esa oqarib turgan sochlar ko‘rinishiga qanday yordam berish to‘g‘risida maslahatlar bermoqchimiz.

Agar sochlar och rangda bo‘lsa va oqargan sochlar 50 foizdan ko‘p bo‘lmasa, yaxshisi bunday sochlarni melirovka qilgan ma’qulroq. Agar sochlarni butunlay bo‘yashga to‘g‘ri keladigan bo‘lsa, och rangli bo‘yoqlarni tanlashingiz mumkin.

Agar sizda oqargan sochlar onda-sonda bo‘lsa to‘ldiruvchi bo‘yoqlardan foydalangan ma’qul.

Oqargan sochlar uchun xina ham ishlatish mumkin. O‘tmishda buvilarimiz xinadan tabiiy bo‘yoq sifatida foydalanishgan. Lekin xina yordamida oldimizdagi vazifamizning 70 foizinigina bajara olamiz va oqargan sochlar avvalgidek ajralib ko‘rinib qoladi.

Bundan tashqari, hozirgi vaqtlarda kosmetika ishlab chiqaruvchilar oqargan sochlar ildizini yashiruvchi ko‘plab vositalarni taklif qilmoqda. Masalan, L’Oreal ishlab chiqargan vosita yordamida 3 daqiqada oqargan sochlarni bo‘yash mumkin.

Manba: “Health.passion.ru”


Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 15.02.2017 | 437 |


Milliarderlardan unumdorlikning 10 siri


The Obstacle Is The Way kitobining muallifi Rayan Xolidey mashhur tadbirkor, rejissor, aktyor va biznes-maslahatchilar tomonidan berilgan bir nechta tavsiyanomalarni to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.

Barcha maslahatlar unumdorlikni yuzaga keltiruvchi sharoitlar ya’ni, ish uchun vaqtni qanday taqsimlash, kundalik muammolarni hal qilishda qanday odatlarga ega bo‘lish mavzusiga bag‘ishlangan.

Kundalik yozuvlar uchun daftarcha tuting. Unga o‘z fikrlaringizni, kuzatishlaringizni, tasodifan yodingizda qolgan voqealarni yozib boring. Daftarchani har doim yoningizda olib yuring.
Qiladigan ishlaringiz ro‘yxatini tuzing. Shu ro‘yxat asosida ishlaringizni bajarishga harakat qiling.
Kasbingizga doir adabiyotlardan olingan parchalar qayd qilingan kartoteka yuriting. Bu kartoteka o‘zingizga qulay elektron yoki qog‘oz shaklida bo‘lishi mumkin.
Ish uchun hech qanday messenjerlar (Telegram, WhatsApp) ishlatmang. Tomonlarga qulaylik yaratish maqsadida faqat elektron pochtadan foydalanishingiz mumkin.
Agar ish yuzasidan assistent yoki yordamchi olish zarur bo‘lib qolsa, avvalo uning yoshi sizdan kattaroq va mas’uliyatliroq ekanligiga ishonch hosil qiling. Yosh xodim dunyodagi barcha muammolarni yechishda rahbarga yordam beradi deb o‘ylash xatodir.
Agar siz matn bilan ishlasangiz, boshqa mualliflar asarlarining o‘zingizga yoqqan parchalarini yozib olishga o‘rganing. Bu sizning so‘z boyligingizni oshirish bilan birga, kelajakda kerak bo‘ladig ... Читать дальше »


Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 15.02.2017 | 259 |


Mikroto‘lqinli pechda chips tayyorlaymiz


Ko‘pchiligimiz chipslar to‘g‘risida unchalik foydali bo‘lmagan yegulik sifatida tasavvurga egamiz. Lekin aql bilan tayyorlangan chipslar yordamida bu fikrni o‘zgartirish mumkin.

Mikroto‘lqinli pechda pishirilgan chipslar o‘z foydali xususiyatlarini ham, ta’mini ham saqlab qoladi.

Masalliqlar:

– 0,5 kg kartoshka, sabzi, lavlagi, sholg‘om, petrushka ildizi — umuman olganda, xohlagan sabzavotlaringizni xohlagan miqdorda olishingiz mumkin
– 2 osh q. zaytun yoki kungaboqar yog‘i
– ½ ch.q. tuz
– ta’bga ko‘ra ziravorlar

Tayyorlanishi:

1. Sabzavotlarni yaxshilab yuvib archiymiz va yupqa qilib to‘g‘raymiz.
2. Yog‘, tuz va ziravorlarni yaxshilab aralashtiramiz.
3. To‘g‘ralgan sabzavotlarni kattaroq idishga solamiz va yog‘li-ziravorli aralashmani ustiga qo‘yib aralashtiramiz.
4. Sabzavotlarni bir qavat qilib idishga joylashtiramiz.
5. Mikroto‘lqinli pechda 2-3 daqiqa davomida avval bir tomonini, so‘ng esa ikkinchi tomonini alohida-alohida pishirib olamiz.
6. Tayyor bo‘lgan chipslarni quritish va sovitish uchun qog‘oz sochiqqa o‘rab qo‘yamiz.

Yoqimli ishtaha!

Manba: All recipes


Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 15.02.2017 | 147 |




Правила чата
Пользователи онлайн
Мини-чат
+Мини-чат
0
Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0