Главная » Полезные советы

Полезные советы


Internetga qaramlikdan qanday qutulish mumkin?


Kimlardir boshqalar hayotini zimdan kuzatishga muhtoj emas va ular haqiqiy hayot zavqini surib yashaydi. Ba’zilar esa tarmoq qaramligiga qarshi kurashib yashaydi.

Haqiqatan ham u bormi? U shunchalik xavflimi? Uni qanday yengish mumkin? Bu savollarga javob berishga harakat qilamiz.

Ijtimoiy tarmoqning yomonligi nimada?

Ijtimoiy tarmoqni juda yovuz deyish noto‘g‘ri, albatta. Aksincha undan to‘g‘ri foydalanish biz uchun keng imkoniyatlarni yaratib beradi.

Achinarlisi shundaki, undan aql bilan foydalanish hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi.

Qaramlik qanday paydo bo‘ladi?

Tibbiyotda rasmiy jihatdan tan olinmagan bo‘lsa ham bu qaramlik mavjud. Uning belgilari ruhshunoslar ko‘p tilga oladigan “addiksiya” termini ma’nosiga ko‘ra, begona postlarni o‘qish va baholashdan o‘zini tiya olmaslik, onlayn-kenglikda ma’nosiz safsata sotishlar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.

Ozodlik tomon 5 qadam

Bu usul qaramlikdan qutulishni istovchilardan anchagina ma’naviy kuch talab qiladi.

Birinchi qadam — ijtimoiy tarmoqlarda juda ko‘p muhim “hayotiy” vaqt va kuch sarf qilinganini anglab yetish va bu haqiqatni qabul qilish.

Ikkinchi qadam — muhimlik darajasini qat’iy tartibga solish: birinchi navbatda asosiy ishlarni bajarish, so‘ngra belgilangan tartibda ijtimoiy tarmoqlarini ko‘rish.

Uchinchi qadam — munosabatlarni butunlay hayotiy aloqaga o‘tkazish. Bo‘sh vaqtin ... Читать дальше »


Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 13.02.2017 | 418 |


Yashil Loviya Yordamida Ozamiz


Yashil loviya tarkibida organizm uchun muhim hisoblanuvchi ko‘p miqdorda nutriyentlar borligi va ozish jarayoniga ijobiy ta’siri sababli parhez taomlar tayyorlashda ko‘p ishlatiladi.

100 gramm yashil loviya bor-yo‘g‘i 23 kaloriyani tashkil qiladi. Shuning uchun bu mahsulot parhezli taomlarning mukammal qismi hisoblanadi.

Yashil loviya tarkibida katta miqdorda askorbin kislota, B1 va B2 vitaminlari, kundalik ovqatlanishda foydali moddalarni barqarorlashtirib turuvchi kaliy, kalsiy, magniy va fosfor elementlari mavjud.

Bu mahsulot kimyoviy tarkibi jihatidan ham sog‘liq uchun juda foydali. Uning tarkibidagi qattiq tolalar ichaklarni yengil tozalash bilan hazm qilish tizimi faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, yashil loviya tarkibidagi kletchatkalar muntazam ravishda iste’mol qilinishi natijasida qondagi xolesterin va shakar miqdorini barqarorlashtiradi.

Tarkibidagi kremniy suyak va birlashtiruvchi to‘qimalarni mustahkamlaydi, antioksidantlar esa qarish jarayonini sekinlashtiradi va immunitetni oshirishga yordam beradi.


Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 13.02.2017 | 234 |




Правила чата
Пользователи онлайн
Мини-чат
+Мини-чат
0
Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0