Главная » Полезные советы

Полезные советы


Kelin-Kuyovlar Uchun Munosib To'y Sovg'asi


Do‘stlar yoki qarindoshlarimizning to‘yiga yo‘l olar ekanmiz, har doimgidek, nima sovg‘a qilsam ekan, degan savol paydo bo‘ladi. Sovg‘a foydali va yodda qolarli, yaqinlarimizda ajoyib taassurot uyg‘otishini istaymiz. Shuni unutmaslik lozimki, kelin-kuyov uchun sovg‘aning qiymati emas, e’tiboringiz birinchi o‘rinda turadi.

Agar yoshlar oilaviy hayotini noldan boshlayotgan bo‘lsa, har qanday maishiy texnika, mebel yoki interyer buyumi ularga asqotadi.

Barcha davrlarda yoshlarga to‘y sovg‘asi sifatida idishlar hadya qilingan. Yosh oila uchun zanglamaydigan po‘latdan ishlangan kastryulkalar to‘plami, keramik qoplamli idishlar to‘plami, stol anjomlari to‘plami, shuningdek, chinni yoki issiqqa chidamli oynadan ishlangan stol servizini xarid qilish mumkin.

Zamonaviy maishiy texnika an’anaviy idishlarni biroz chetga chiqardi. Bugun to‘ylarda oshxona kombayni, mikser, dazmol, qahva tayyorlaydigan mashina va boshqalar ko‘plab sovg‘a qilinmoqda.

Pul — zamonaviy to‘ylardagi eng ommabop sovg‘a. Pul shaklidagi sovg‘aning sira yomon tomoni yo‘q. Bu holatda yoshlar o‘zi uchun eng kerakli narsani xarid qilishi mumkin. Agar pul hadya qilish bilan birga esda qolarli sovg‘a qilishni istasangiz, maishiy texnika supermarketi, mebellar saloni yoki zargarlik do‘konining sovg‘a sertifikatini xarid qilishingiz mumkin.dengi

Agar pulingiz uncha ko‘p bo‘lmasa, lekin haqiqatda unutilmas sovg‘a qilishni istasangiz fotosessiya uchun sertifikat ... Читать дальше »


Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 12.02.2017 | 254 |


Bosh Terisining Quruq Seboreya Kasalligi


Seboreya – teri yog‘ qatlamining tuzilishi va miqdori o‘zgarishi natijasida terining yallig‘lanish kasalligi.

Quruq seboreyaning asosiy belgilari – bosh terisi va sochlar quruqlashib qoladi, bosh terisida qazg‘oq, uncha katta bo‘lmagan yoriqlar paydo bo‘ladi. Bunday belgilar paydo bo‘lsa darhol mutaxassis shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Agar o‘zingizda bu kasallikning yengilroq belgilari paydo bo‘lganini sezsangiz, davolashni uy sharoitida boshlaganingiz ma’qul.

Kasallik paytida qurib qolgan bosh terisini namlash uchun efir va o‘simlik yog‘laridan foydalanish mumkin.

Quruq seboreyani har xil shifobaxsh o‘simliklar qaynatmasi yordamida ham davolash mumkin.

Ayniqsa petrushka, piyoz po‘stlog‘i va jambil o‘tlarining qaynatmalari bosh terisini davolashda foydali hisoblanadi.


Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 12.02.2017 | 607 |


2017-Yilning Eng Kutilayotgan Kompyuter O'yinlari


Biz siz uchun 2017-yilda chiqarilishi rejalashtirilgan eng yangi kompyuter o‘yinlari ro‘yxatini tayyorladik. O‘tkazib yubormang!

S.T.A.L.K.E.R. 2

Chiqish vaqti: 2017-yil 31-dekabr.

Ma’lum bo‘lishicha, bu o‘yinni ishlab chiqarishda turli mamlakatlar dizaynerlari va dasturchilari qatnashmoqda.

Vampyr

Chiqish vaqti: 2017-yil 31-dekabr.

Bu o‘yin bosh qahramoni – sobiq bemorining tishlab olishi oqibatida qorog‘i tomonga o‘tib ketgan shifokor.

Titanfall 2

Chiqish vaqti: 2017-yil 31-mart.

O‘yinchining vazifasi – Titanlar deb nomlanuvchi robotlar bilan jangda omon qolish.

Shenmue III

Chiqish vaqti: 2017-yil 31 dekabr.

Otasining o‘limi uchun o‘ch olmoqchi bo‘lgan 18 yoshli o‘smir Re Xadzukining sarguzashtlari.


Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 12.02.2017 | 363 |


Bosh Og'rig'i Sabablari


Bosh og‘rig‘i ko‘plab kasalliklarning belgisi, biroq sog‘lom bo‘lishingizga qaramasdan, bunday og‘riqlar sizni bezovta qilsa, buning sabablarini aniqlab olishingiz zarur. Quyida bosh nega bezovta qilishi va bu bilan qanday kurashish mumkinligini tahlil qilamiz.

1-sabab: Organizmga suv yetishmasligi

Bosh og‘rig‘ining eng ko‘p tarqalgan sababi organizmga suyuqlik yetishmasligidir. Oqibatda tomirlarda aylanib turgan qon hajmi kamayadi va bu arterial bosimning tushib ketishiga olib keladi. Natijada ensadagi og‘riq, umumiy darmonsizlik bezovta qila boshlaydi. Yetarlicha suv iste’mol qilayotganingizni nazorat qilib boring.

2-sabab: Kam harakat hayot tarzi

Uzoq vaqt davomida bir joyda o‘tirganingizda gravitatsiya ta’sirida qon oyoqlarga quyiladi va yurakka kamroq hajmda qaytadi. Oqibatda o‘rningizdan turishingiz bilan bosimning tushib ketishi va chakkadagi sanchiqlar kuzatiladi. Buning oldini olish uchun bir necha soat oralig‘ida stoldan turib, kichikroq sayrlar qilib turish tavsiya etiladi.

3-sabab: Homiladorlik

Bosh og‘rig‘i — homilador ayollar uchun odatiy holdir. Ularning 80 foizi ushbu shikoyatga duch keladi. Yoqimsiz hisni kamaytirish uchun keskin harakatlar qilish va umurtqaning kuchli egilishidan saqlanishni tavsiya etamiz.

4-sabab: Qonda shakar miqdorining kamayishi

Bosh miya quvvat ishlab chiqarishi uchun unga glyukoza kerak bo‘ladi. Organizmning boshqa hujayralaridan fa ... Читать дальше »


Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 12.02.2017 | 579 |




Правила чата
Пользователи онлайн
Мини-чат
+Мини-чат
0
Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0