Главная » Полезные советы

Полезные советы


Yangi Siqilgan Sharbat Foydalimi Yoki Zararli ?


Yangi siqilgan sharbatni ko‘pchilik foydali deb hisoblaydi. Bu sharbatlarni har doim va hamma ham ichsa bo‘ladimi? Bizning maqolamiz shu haqda.

1-qoida. Yangi siqilgan sharbatni och qoringa ichish mumkin emas

Shuni esda tutingki, yangi siqilgan sharbat — bu o‘t pufagi va oshqozon osti bezi faoliyatiga yomon ta’sir ko‘rsatuvchi meva kislotalariga to‘yingan suyuqlik.

Och qoringa bir necha marta iste’mol qilish natijasida hazm qilish organlarida surunkali kasalliklar paydo bo‘ladi.

Yaxshisi, sharbatga 1/3 qism miqdorida suv qo‘shib ichgan ma’qul. Bunday yo‘l tutish hazm organlarining shilliq qavatlariga bo‘lgan zararli ta’sirni kamaytiradi.

2-qoida. Har bir sharbatning o‘ziga xosligini hisobga olish zarur

Lavlagi sharbati iste’mol qilish qoidalari eng murakkab bo‘lgan sharbatlarga kiradi. Tarkibida to‘yingan aktiv moddalar juda ko‘p bo‘lgani uchun siqilgandan so‘ng fermentlanishi uchun uni 1-2 soat sovutgichda saqlash tavsiya qilinadi. Albatta lavlagi sharbatiga 1/3 miqdorda suv aralashtirib ichish lozim.

3-qoida. Ba’zilar uchun sharbatning zararli ta’sirlari

Olma sharbati daraxtlar gulchangiga allergiyasi bo‘lgan kishilarda reaksiya chaqirishi mumkin.
Pomidor va lavlagi sharbati buyragida tosh paydo bo‘lishga moyilligi bor ayollarda sistit kasalligini keltirib chiqarishi mumkin.

C vitaminiga boy bo‘lgan sharbatlarni ko‘p iste’mol qilish ham xuddi shu reaks ... Читать дальше »


Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 11.02.2017 | 253 |


Yotoqxona interyerini bezatish bőyicha ģoyalar


Yotoqxona qanday bo‘lishi kerak? Bir tomondan qulay va osoyishta, boshqa tomondan shinam va zamonaviy. Quyida yotoqxona interyerini bezatish bo‘yicha bir nechta aktual variantlarni e’tiboringizga havola etamiz.

Skandinaviyaga xos oddiylik

Skandinaviyaga xos uslubni soddalik, materiallar tabiiyligi va issiq ranglar tufayli ma’qul ko‘rishadi. Bu variantda yotoqxonaning karavot bosh tomonidagi devori yog‘och panel bilan bezatiladi. Kontrast hosil qilish uchun xonaga yog‘och yoki to‘qilgan mebel joylashtiring. Uning rangi devor rangidan ochroq bo‘lishi lozim. Mebel uchun tabiiy materiallardan mato tanlang. Bunday yotoqxona xotirjam dam olish uchun juda mos keladi.

Qulay klassika

Yashil rangdagi mayin yotoqxona va katta shinam karavot zamonaviy romantiklar uchun mos keladi. Yonida vaqt o‘tkazish yoqimli bo‘lgan sun’iy kamin xonaga iliqlik bag‘ishlaydi.

Tabiiy daraxt

Daraxt yotoqxonaga iliqlik va shinamlik beradi. Shiftni to‘sinlar bilan original bezatish xonaga o‘ziga xoslik va yangilik kiritadi. Uni yog‘och panellar, aylana stol va stullar hamda javonlar bilan bezatish esa xonada yaxlitlik hosil qiladi. Mebel uchun mayda rasmli pastel rangdagi matolarni tanlashni tavsiya etamiz.

Qahva xushbo‘yligi

Achchiqqina qahvani xush ko‘ruvchilar qahva-qaymoq ranglarida ishlangan yotoqxonani munosib baholaydi. Bu uslubning nomlanishi o‘ziyoq yotoqxonaga iliqlik bag‘ishlaydi. Qahva rangli r ... Читать дальше »


Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 11.02.2017 | 422 |


Shamollashni Efir Yoģlari Yordamida Davolash Yőllari


Yilning sovuq mavsumi o‘zi bilan olib keluvchi turli shamollash xastaliklarini nafaqat dori vositalari, balki tabiiy vositalar, masalan, efir yog‘lari yordamida davolash ham mumkin. Ular bakteriyalarni o‘ldirish xususiyatiga ega ekanligi, shuningdek, immun tizimi faoliyatini faollashtirishi tufayli shamollashni juda tez bartaraf etadi.

Shamollashga qarshi eng samarali efir yog‘lari evkalipt, lavanda va choy daraxti yog‘lari bo‘lib, dorixonadan aynan ularni xarid qilishni tavsiya etamiz.

Shamollashdan xalos bo‘lishga ko‘mak beruvchi eng kuchli vositalardan biri efir yog‘lari bilan ingalyatsiya qilishdir.

Ingalyatsiya qilish uchun choynakni qaynatib, unga tanlagan yog‘dan 3—4 tomchi qo‘shing. Qalin qog‘ozdan naycha yasab, uni choynak burniga kiygizing va issiq havoni naycha orqali burun yoki og‘zingiz bilan yuting. Juda issiq havoga kuyib qolmaslik uchun bug‘ni ehtiyotkorlik bilan yutish lozim. Ingalyatsiyadan so‘ng darhol issiq to‘shakda o‘ranib yotish tavsiya etiladi.

Choynak o‘rnini qadimiy usul ham bosa oladi. Issiq suvni kastryulka yoki tarelkaga quyib, kerakli yog‘dan tomizing va boshingizni sochiq bilan o‘rab, yuzingizni bug‘ga tuting.

Shamollashga qarshi vositalardan yana biri badanni yog‘ bilan ishqalashdir. Buning uchun nafaqat efir yog‘i balki boshqa, asos yog‘ ham kerak bo‘ladi. Istalgan o‘simlik yog‘idan foydalanish mumkin. Biroq zaytun yog‘i ko‘proq foydali xususiyatlarga ega hisoblanadi.

... Читать дальше »


Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 11.02.2017 | 390 |




Правила чата
Пользователи онлайн
Мини-чат
+Мини-чат
0
Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0