Главная » Полезные советы

Полезные советы


Par kurtkani to‘g‘ri yuvishni o‘rganamiz


Qishning sovuq kunlarida par kurtka eng sevimli kiyimingizga aylanadi. Biroq u avvalgi chiroyini yo‘qotgan va uni tozalash talab etilsa, u o‘z vazifasini bajarishni davom ettirishi uchun qanday yuvish kerak?

Par kurtkani yuvishni boshlashdan oldin unga mos keluvchi yuvish vositasini aniqlab olish kerak. Ularni oddiy quruq kukun bilan yuvish mumkin emas. Shuningdek, xlor kabi vositalardan uy sharoitida foydalanish ham taqiqlanadi. Buning uchun par matolarni yuvish uchun maxsus mo‘ljallangan rangsiz suyuq sovun yoki shampundan foydalanish mumkin.

Yuvishni boshlashdan avval kurtkaning yechib olish mumkin bo‘lgan qismlari va mo‘ynasini olib qo‘ying. Olinmaydigan bezaklarni esa suv o‘tkazmaydigan plyonka bilan o‘rab qo‘yish mumkin.

Par kurtkalarni qo‘lda yuvishni tavsiya etamiz. Agar unda bittagina dog‘ bo‘lsa, uning o‘zini yumshoq shampun va yaxshi cho‘tka yordamida tozalash mumkin.

Agar uni to‘liq yuvish talab etilsa, quyidagi yo‘riqnomaga amal qilishni tavsiya etamiz:

– par kurtkani vannadagi kiyimosgichga ilib qo‘ying;

– dush yordamida uni yuqori qismidan ehtiyotkorlik bilan namlang;

– uni sovunlay turib, tirsak, manjet, cho‘ntak, zanjirsimon yopqich va yoqa qismlariga e’tibor qarating;

– yaxshi cho‘tka yordamida yuqoridagi qismlarini ishqang;

– ko‘pikni yana dush yordamida yuving, par kurtkaning ichki to‘ldirgichini juda ho‘l qilib yubormaslikka harakat qiling; ... Читать дальше »


Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 09.02.2017 | 197 |


Stressni yengish usullari


Kundalik hayotda stress bizni doim ta’qib qiladi. Kechikish, vaziyat ustidan nazoratni yo‘qotish — bularning barchasi keskinlikning oshishiga sabab bo‘lishi mumkin. Stress bilan qay tarzda kurashish kerak?

Oq-qora fikrlashdan voz keching

Narsalarni faqat oq va qoraga ajratmang. Bizda bu kabi fikrlash bolaligimizdan shakllanadi. Bunday fikrlashdan kattalarga xos “rangli” fikrlash foydasiga voz keching. U sizga vaziyatdan chiqish yo‘llarini izlab topishga yordam beradi.

Stressni ijobiy tajriba sifatida qabul qiling

Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, stress sog‘liq uchun zararli ekanligi haqidagi qat’iy ishonch vaziyatni boshqara olish qobiliyatimizda aks etadi.

Hamma narsani nazorat qila olmasligingizga ko‘niking

Hech qanaqasiga ta’sir ko‘rsata olmaydigan voqealarni oldindan aytish yoki rejalashtirishga urinib, juda ko‘p kuch sarflashingiz mumkin. Oxir-oqibatda bu sizni faqat holdan toydirib, o‘zingizga nisbatan ishonchsizlikni yuzaga keltiradi. Faqat o‘z-o‘zimizni nazorat qila olishimizni tan olish — stressdan qutulish uchun eng to‘g‘ri yo‘l.

O‘tmishni unuting

“Nega bu aynan men bilan yuz berdi?” — har birimiz o‘zimizga shu savolni berib turamiz. Bu kabi salbiy fikrlarga to‘xtalmang. O‘tmishda o‘ralashib qolishingizga yo‘l qo‘ymang. Yaxshisi kelajakdan nimalarni kutayotganligingiz haqida xayol suring. Istagan natijalaringizga erishishingizni tasavvur qiling.

Muloqo ... Читать дальше »


Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 09.02.2017 | 237 |


Uyni ta’mirlashda yo‘l qo‘yiladigan eng katta xatolar


Ko‘pincha uyni ta’mirlash ishlari kutilgan natijani bermaydi. Bu maqolamiz sizda bunday hol yuz bermasligi uchun ta’mirlash paytida qanday xatolarga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida yozilgan.

1-xato – dizayn-loyihadan voz kechish

Remont boshlanishidan oldin har xil uslubdagi ko‘plab variantlarga va narxi, sifati turlicha bo‘lgan materiallarga duch kelasiz. Hatto siz nimani va qanday qilishni aniq bilsangiz ham dizayn-loyihadan voz kechib xato qilasiz. Chunki bu loyiha sizga materiallarning aniq sonini va sarf-xarajatlarni hisoblashga yordam beradi.

2-xato – materiallardan iqtisod qilish

Materiallardan iqtisod qilish remont qilish jarayonida va keyinchalik yangi kvartirada yashayotganingizda ham ko‘pgina muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

3-xato – boshlang‘ich pardozlashga e’tiborsizlik

Boshlang‘ich pardoz remont ishlarining ko‘p vaqt va kuch talab qiladigan qismi bo‘lgani uchun ko‘pchilik bu ishga unchalik e’tibor bermaydi. Lekin har qanday notekisliklar yoki yaxshi tozalanmagan yuzalar materiallarning tez buzilishiga va eskirishiga olib kelishi mumkin.

4-xato – o‘z vaqtingizni sarf qilish

O‘zingizning asosiy ishingizga ajratilishi kerak bo‘lgan vaqtni remont ishlariga sarflasangiz moddiy tomondan yutqazgan bo‘lasiz.

5-xato – professional bo‘lmaganlarga ishonish

Agar o‘z ishining ustasi bo‘lgan mutaxassislarni tanlasangiz ishingiz osonlashadi. Leki ... Читать дальше »


Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 09.02.2017 | 210 |


Noodatiy nikoh uzuklari qanday ko‘rinishga ega?


Nikoh uzugi nega aynan nomsiz barmoqqa taqilishi sababini bilasizmi? Bunga Qadimgi Gretsiya olimi Plutarx shunday izoh beradi: qadimgi greklar uzukni chap qo‘l jimjilog‘i yonidagi barmoqqa taqqan. Ayni shunday odat rimliklarda ham bo‘lgan. Bunga Misrga xos odam jasadini yorish odatini amalga oshirish davomida aynan ushbu barmoqdan chiqqan juda nozik asab tomiri yurakkacha yetib borishi aniqlanganligi sabab bo‘lgan. Shuning uchun bu bezakni aynan nomsiz barmoqqa taqish ma’qul deb topilgan.

Nikoh uzuklarini tanlash to‘yga tayyorgarlikning muhim qismlaridan biridir. Bugun barcha narsaga, jumladan, nikoh uzuklari tanlashga ham kreativ yondashish urfda. Xo‘sh, noodatiy nikoh uzuklari qanday ko‘rinishga ega?

Ko‘pchilikdan ajralib turishning eng oddiy usuli — kvadrat shaklidagi g‘aroyib uzuk taqish. Ular g‘ayriodatiy ko‘rinsa-da, taqish uchun juda qulay.kvadrat uzuklar1

Agar siz va sevimli insoningiz vaqt bilan hamnafas odimlayotgan odamlar sirasiga kirsangiz yonib turuvchi logotiplarga ega uzuklar tanlashni tavsiya etamiz. Bunday uzuklarning erkaklar uchun mo‘ljallangan varianti to‘y kunini eslatib turish vazifasini ham bajara oladi.

Barcha narsadan yashirin ma’no izlovchi kelin-kuyovga ba’zi zargarlik uylari boshqotirma uzuklarni taklif qilmoqda. Ularda faqat kelin-kuyovga ma’lum maktub shifrlab qo‘yilgan.

Bu nomlanish qanchalik g‘alati eshitilmasin, ma’lum bir rakursdan qaraganda uzukning ichki tomonida kelin-kuyovn ... Читать дальше »


Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 09.02.2017 | 479 |


O‘qishni istamaydigan bolalar bilan qanday yo‘l tutish lozim?


Tan olish kerak, maktab ko‘ngilochar muassasa emas. Bolalar bog‘chasidan farqli ravishda bu yerda bolani ovqatni oxirigacha yeb qo‘yganligi yoki uxlagani uchun maqtashmaydi ham. Bolalar maktabga bilim olish uchun boradi va bu jarayon ko‘chada o‘ynash yoki multfilm tomosha qilish kabi maroqli emas.

Agar farzandingiz o‘qishni istamasligini ma’lum qilsa, buning sabablarini aniqlab, muammo yechimini topishga harakat qilishingiz lozim. Axir bola uchun hech narsaning qizig‘i bo‘lmasligi mumkin emas. Uning maktabdan tashqari biror qiziqarli mashg‘ulotini aniqlang va uni maktab fanlari bilan bog‘lang.

Masalan, o‘g‘il bola kompyuter o‘yinlariga qiziqsa, uni dasturlashga qiziqtirish, modaga qiziqqan qizlarni esa o‘z “modalar jurnali”ni yaratishga qiziqtirish mumkin. Bu orqali qizlarda tasviriy san’atga, qolaversa, savodxonlikka bo‘lgan qiziqishni oshirish mumkin. Axir jurnallarda bexato yozish talab etiladi.

O‘qishni istamaslikning yana bir sababi ma’lumotlarni o‘zlashtirishdagi qiyinchilik bo‘lishi mumkin. Agar bola darslarda gap nima haqida borayotganligini tushunmasa, u zerikish, noqulaylikni his qiladi. Shu sababdan ma’lum bir fanni ham yoqtirmay qoladi!

Bu vaziyatni uning o‘qituvchisi bilan muhokama qilib ko‘ring. Qo‘shimcha mashg‘ulotlar uchun repetitor xizmatidan foydalanishingiz ham mumkin.

O‘quv jarayoniga qiziqishning yo‘qolishiga buning aksi — bilimlarning juda oson o‘zlashtirilishi ham sabab bo‘lishi mumkin. M ... Читать дальше »


Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 09.02.2017 | 299 |




Правила чата
Пользователи онлайн
Мини-чат
+Мини-чат
0
Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0