У нас новинки

 | Загрузок: 30 Комментариев: 0 | Скачать |  |  | Загрузок: 96 Комментариев: 0 | Скачать |  |  | Загрузок: 29 Комментариев: 0 | Скачать |  |  | Загрузок: 26 Комментариев: 0 | Скачать |  |  | Загрузок: 31 Комментариев: 0 | Скачать |  |  | Загрузок: 22 Комментариев: 0 | Скачать |  |  | Загрузок: 20 Комментариев: 0 | Скачать |  |  | Загрузок: 26 Комментариев: 0 | Скачать |  |  | Загрузок: 29 Комментариев: 0 | Скачать |  |  | Загрузок: 20 Комментариев: 0 | Скачать |  |
Кино
Новости
Sizning baxtli hayotingiz, unumdorlik va ishdagi muvaffaqiyatlar diqqatni nazorat qilish va yo‘naltirish qobiliyatingiz bilan chambarchas bog‘langan.
Diqqat-e’tiboringizni bekorga sarflamasdan, uni o‘zingiz uchun muhim bo‘lgan ishlarga yo‘naltirishning uch usuli to‘g‘risida aytmoqchimiz.
1.Ongli ravishda meditatsiya qilish Meditatsiya qilish stressni kamaytiradi, tanani bo‘shashtirishga va sizni barcha chalg‘ituvchi omillardan uzoqlashishga yordam beradi. Hammasi juda oddiy: siz o‘tirasiz va diqqatingizni biron-bir narsaga qaratasiz, ko‘pincha o‘zingizning nafas olishingizga.
2. Bir vazifalilik Ko‘p vazifalilik unchalik samarali emas, ayniqsa gap aqliy mehnat haqida borganda. Bundan tashqari u miyaga zarar keltiradi. Siz har gal diqqatingizni bir ishdan boshqasiga qaratganingizda, miya ortiqcha stressni boshdan kechiradi, diqqatni yangi vazifaga qaratish qobiliyati esa pasayadi.
Bir vazifalilik unumliroq ishlashga yordam beradi va diqqatni bir narsaga uzoqroq qaratishga o‘rgatadi. U samarasiga ko‘ra meditatsiyaga o‘xshaydi: siz qancha ko‘proq mashq qilsangiz, shuncha yaxshiroq bajarasiz, diqqatingizni kerakli ishga ongli ravishda yo‘naltirish shuncha oson bo‘ladi.
3. Muntazam ravishda uzoqlashish Ijtimoiy tarmoqlarga kirish uchun telefonni olishda sizning ongingiz har keyingi takrorlanishlarda mustahkamlanib boradigan odatlar halqasini hosil qiladi.
Aynan shuning uchun raqamli m... Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 13.01.2018 | 140 | | Dam olish kunlari yaxshilab dam olish, vaqtichog‘lik qilish va hatto vaqtingizni foydali ishlarga sarflash uchun sizda hamma imkoniyatlar mavjud.
Tug‘ilgan shahringizni yaxshiroq o‘rganish Dam olish kunlari — shahar bo‘ylab ekskursiyaga chiqish, o‘lkashunoslik muzeyiga borish yoki o‘zingizga notanish bo‘lgan ko‘chalarda sayr qilish uchun juda yaxshi imkoniyat hisoblanadi.
Do‘stlarni to‘plash Sovuq paytlari har doim qor ostida yoki shamolda sayr qilish hammaga ham yoqavermaydi. Bundan chiqish yo‘li — hech qanday sabab va bahonalarsiz uyingizda do‘stlaringizni yig‘ish.
Eski buyumlarni ajratish va sotish Ko‘pchiligimizning uyimizda chang bosgan keraksiz eski buyumlar to‘planib qoladi. Bu buyumlarni muhtoj kishilarga tarqatish yoki internet orqali sotish mumkin. Dam olish kunlari shu ishlar bilan shug‘ullanish uchun juda mos keladi.
Fotosessiya uyushtirish Bir umrlik esdalik bo‘lib qolishi uchun hayotingizning yoqimli lahzalarini rasmga tushirishga harakat qiling.
Biron-bir o‘ziga xos taom tayyorlash Biroz murakkabroq, ajoyib taomni tanlang va tayyorlashni boshlang. Taomni restorandagidek bezang, shamlarni yoqing. Dam olish kunlari — har doim siz bilan birga bo‘ladigan bayram hisoblanadi.
6. Bolalar bilan birga vaqt o‘tkazish Bolalar bilan birga yangi multfilm ko‘rish uchun kinoteatrga, bolalar teatriga, zooparkka, planetariyga yoki muzeyga borishingiz mumkin. <... Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 13.01.2018 | 130 | | Tanish vaziyat: ona dam olishni (biroz ishlashni, qahva ichishni) juda xohlaydi, lekin bola unga yopishib oladi va birga o‘ynashni talab qiladi. Biz bolani kattalar ishtirokisiz mashg‘ul qiladigan bir nechta usullarni to‘pladik.
Dukkakli donlarni ajratish Mayda narsalarni ajratib olish juda foydali, qiziqarli va maroqli. Boshida mashg‘ulotni bola bu mayda va silliq donlarni tatib ko‘rmasligiga ishonch hosil qilish uchun bir-ikki marta u bilan birga bajarib ko‘ring.
Qisqa audioertaklar tinglash Bu usul eshitishni biladigan va yaxshi ko‘radigan bolalarga mos keladi. Agar sizda ertakning rangdor rasmli kitobchasi va audio-treki bo‘lsa yanada yaxshiroq bo‘lar edi. Bu mashg‘ulot sizga o‘z ishlaringiz bilan 20 daqiqagacha shug‘ullanish imkonini beradi.
Xamir bilan o‘ynash Xamir haqiqiy yoki tuzli bo‘lishi mumkin. Asosiysi, bu xamir stolga yoki polga tekis qilib yoyilishiga tayyor bo‘ling.
Oshxonadagi idish-tovoqlar bilan o‘ynash Bolalar buni juda yaxshi ko‘radi – lekin sizning asablaringiz uchun oson bo‘lmaydi. Variant sifatida, har xil kattalikdagi bir nechta plastik idishlar va yog‘och kurakchalar sotib olsangiz ham bo‘ladi.
Chizish Bu yerda ba’zi tayyorgarliklar talab qilinadi. Poli oson yuviladigan, devorlariga esa yetish qiyinroq bo‘lgan xonani tanlash lozim bo‘ladi. Polga kleyonka to‘shaladi, uning ustiga bir-ikki varaq vatman qog‘ozi qo‘yiladi (ular skotch yordamida polga yopi... Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 13.01.2018 | 113 | | Bugun sizga Live Kitchen pazandalik studiyasi oshpazining tezroq va mazaliroq tayyorlashga yordam beruvchi bir necha sirlarini oshkor qilmoqchimiz.
1. Pomidorning po‘stini pichoq bilan oling
Ba’zan retseptlar uchun po‘sti olingan pomidorlar talab qilinadi. Ayniqsa qaylalar yoki pyure-sho‘rvalar masalasiga kelganda: po‘stloq tarkibni o‘zgartiradi yoki bundan ham yomonrog‘i taxir qiladi va ta’mini buzadi. Uni olib tashlash uchun pichoq va biroz epchillik kerak bo‘ladi.
Pichoqni o‘tkirlang. Po‘stlog‘i oson olinishi uchun u o‘tkir bo‘lishi kerak. Pomidorlarni tayyorlang. Ularni yuving va sochiqcha bilan artib quriting. Pomidorlarni bo‘laklarga ajrating. Ularni ishlov beruvchi taxta ustiga po‘stini pastga qilib qo‘ying. Ehtiyotlik bilan, etiga tegizmasdan po‘stini kesing. Keyin urug‘larini olib tashlang. 2. Qiymaga sariyog‘ qo‘shing
Yog‘ bo‘tqani va kotletlarni ham buzmaydi. Bu masalliq tufayli ular shirador va mazali chiqadi.
Bir bo‘lak sariyog‘ oling. 1 kg qiymaga 100 g yog‘ qo‘shish kerakligini hisobga oling. Yog‘ bo‘lagini yirik qirg‘ichda qiring. Yog‘ni qiymaga qo‘shing va aralashtiring. 3. Ziravorlarni tovada qovurib oling
Taomlarga quruq o‘tlar va ziravorlar qo‘shuvchilar uchun maslahat. Bevosita tayyorlash oldidan xushbo‘y hidini kuchaytirish uchun ularni quruq tovada qovuring.
4. Tayyorlash oldidan shampinyonlarni yuvmang
... Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 18.06.2017 | 254 | | Odatda biz yangi terilgan sabzavotlar, mevalar va rezavor mevalarni afzal ko‘ramiz. Bizga muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida foydali mikroelementlar kamaygandek bo‘lib ko‘rinadi. Bu haqiqatan ham shundaymi yoki yo‘qligini ko‘rib chiqamiz.
Oziq-ovqatlarning ta’mini va yangiligini saqlab qolish uchun ko‘pchilik muzlatishga urinib ko‘rdi. Birinchi bo‘lib XX asr boshlarida kashfiyotchi Klarens Byordsay bunga erishishga muvaffaq bo‘ldi.
Bugungi kunda muzlatishdan oldin sabzavotlar ustidan qaynoq suv quyiladi. Oziq-ovqatlar haroratning bunday tarzda o‘zgarishi natijasida tarkibidagi ba’zi foydali elementlarni yo‘qotadi.
Lekin shuni esda tuting:
Yangi oziq-ovqatlarga hech qanday ishlov berilmasa ham ular tarkibidagi ozuqaviy moddalarning bir qismidan ajraladi.
Masalan, yashil no‘xat terilganidan keyin 24–48 soat davomida tarkibidagi C vitaminining deyarli yarmini yo‘qotadi.
Kaliforniya Universiteti xodimlari muzlatilgan va yangi sabzavotlar tarkibidagi ozuqaviy moddalarni o‘zaro solishtirib ko‘rdi, lekin hech qanday jiddiy farq topa olmadi.
Masalan muzlatilgan makkajo‘xori, qorag‘at va qo‘zoqli loviyalarda C vitamini yangi uzilganlariga qaraganda ko‘proq ekanligi aniqlandi. Shuningdek, muzlatilgan brokkoli tarkibida B2 vitamini ko‘proq saqlanar ekan.
Olimlar boshqa tadqiqotlar doirasida muzlatilgan va yangi terilgan oziq-ovqatlar tarkibidagi kletchatkalar, magniy, rux, ... Bu haqda "Daryo" nashri xabar beradi| 18.06.2017 | 322 | |
|
Пользователи онлайн
−Мини-чат
+Мини-чат
0
Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0